O‘rta maxsus professional ta`limi I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi



Download 1,44 Mb.
bet87/109
Sana29.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#594436
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
Bog'liq
Kimyo

Mavzu-7: Tuzlar gidrolizi
Reja:
1.Tuzlar gidrolizi nima .
2.Kuchli asos kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar gidrolizi.
3.Kuchli kislota kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar gidrolizi
4.Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar gidrolizi

Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv orasida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” – suv, “lizis” – ajralish degan ma’noni bildiradi.


Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.
Alyuminiy nitrat tuzi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Alyuminiy nitrat tuzining gidrolizlanganini indikatorlar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin. Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH– ionlari Al3+ ioni ga birikib dissotsiatsiyalanmaydgan ion Al(OH2+ ni hosil qiladi. Natijada
eritmada H+ ionlari ortiqcha bo‘lib qoladi. Eritmada H+ ionlarining ortiqcha bo‘lib qolishi muhitni kislotali qilib qo‘yadi. Bu jarayonda Al3+ ioni AlOH2+ ioniga, AlOH2+ ioni esa yana bitta OH- ionini biriktirib Al(OH)2 + ioniga aylanadi. Jarayon davom etib Al(OH)3
ni hosil qilmasligiga sabab eritmada yig‘ilib borayotgan H+ ionlari suvni dissotsiatsiyalanishini to‘xtatib qo‘yadi. Al3+ Al(OH) 2+ Al(OH)2 + Al(OH)3 jarayonni oxirigacha olib borish
uchun H+ ionlarini yo‘qotib turish kerak. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi. 3. Natriy karbonat tuzi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviy
jarayon sodir bo‘ladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki indikatorlar rangini o‘zgarishidan muhitni ishqoriy ekanligini bilamiz. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda: Kuchsiz kislota anioni suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan
H+ ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan HCO3 – ionini hosil qiladi.
– ioni navbatdagi H+ ionini biriktirib H2CO3 ni hosil qilishi kerak. Ammo bu jarayon sodir bo‘lmaydi (H2CO3 → H2O + CO2). Buning sababi eritmadagi OH– ionlari suvning navbatdagi molekulasining dissotsiatsiya dissotsiatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gidroliz jarayonini oxirigacha davom ettirish uchun eritmadagi ortiqcha OH– ionlarini yo‘qotib turish kerak.
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda, eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. 4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar to‘liq gidrolizga
uchrab kuchsiz asosni va kuchsiz kislotani hosil qiladi. Al2S3 + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3H2S
Eritmaning muhiti esa hosil bo‘lgan asos bilan kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo‘lgan asos kuchliroq bo‘lsa kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo‘lsa kuchsiz kislotali bo‘ladi, hosil bo‘lgan asos va kislotaning kuchi teng bo‘lganda neytral muhitda bo‘ladi.
Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir.
Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ion hosil bo`ladi.
Misol HCN ning 0,04 M eritmasi pH qiymatini toping.
Yechish: HCN kuchsiz bo‘lganligi uchun uning dissotsiatsiyasi tenglamasi: HCNH++CN- bo‘ladi. Unga massalar ta’siri qonuni tatbiq etilsa: (9.9) hosil bo‘ladi. K ning qiymatini 2-ilovadan olamiz, u 6,210-10 ga teng. [HCN]=0,04[H+] bo‘lib, uni amalda 0,04 Mdeb olish mumkin, chunki HCN kislota juda kuchsizdir. Muvozanatdagi [H+]=[CN-] bo‘lganligi uchun (9.9) tenglamani
deb olib, uni shaklda yozsak va tegishli qiymatlarni qo‘ysak:

hosil bo‘ladi. Bundan: .
Olingan qiymat (9.6) tenglamaga qo‘yib, yechilsa:
pH=lg[H+]= lg510-6=60,7=5,3.

Vodorod ko‘rsatkich. (pH)


Suv juda kuchsiz elektrolit bo‘lib, juda oz miqdorda vodorod va gidroksid ionlariga ajraladi. Suvning ionlanish tenglamasini quyidagicha yozamiz: H2O ↔ H+ + OH–. Bu ionlarning teng miqdorda bo‘lishi neytral muhitni ta’minlab beradi.
Eritmada H+ ionlari ko‘p bo‘lsa, muhit kislotali bo‘ladi. Aksincha, OH– ionlari ko‘p bo‘lsa muhit ishqoriy bo‘ladi. Kimyo fanida eritma muhiti quyidagi jadval yordamida ifodalanadi. Bu jadval H+ ionlari miqdoriga asoslangan bo‘lib, pH ko‘rsatkichi yordamida ifodalanadi.

Tibbiyotda pH ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom organizmdagi suyuqliklarning pH qiymati quyidagicha: Qonning pH ko‘rsatkichi 7,4 ga, hazm jarayonida oshqozonning pH 1,5-2 ga, so‘lakda esa tinch holatda pH 5–8 ko‘rsatkichlari orasida o‘zgaradi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi inson tanasida ma’lum bir kasallik borligini ko‘rsatadi.



Ayrim tuzlarning suvdagi eritmasining indikatorlarga munosabati:


Mavzuni mustahkamlash
1.Tuzlar gidrolizi nima? 2.Qanday tuzlar gidrolizga uchraydi?
2.pH ko‘rsatgichni aniqlang?

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish