O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi» kasbi bo’yicha



Download 6,12 Mb.
bet10/23
Sana18.02.2017
Hajmi6,12 Mb.
#2788
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.10

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



Tikuvchilik texnologiyasi
fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchilar:

X.babaxonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi













Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, PFN
















M.Nabiyeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi.














Kirish

Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiy fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini tanlash O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridir. Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunlariga muvofiq holda tuzilgan bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta`lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlarga asoslangan hamda yuksak umumiy kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka intiladigan, istiqbol vazifalarni hal etishga qodir kadrlarni tayyorlashga yo`naltirilgan.

Milliy dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tiklash va puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishni, davlat va oila oldida javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

Uzluksiz ta`lim tizimi turi bo`lgan kasb-hunar kollejlari tegishli davlat ta`lim standartlari doirasida o`rta maxsus kasb-hunar ta`limini beradi. O`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, tanlangan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisosni tanlash imkoni yaratiladi.

Pedagogika kasb-hunar kollejini bitirib chiqayotgan har bir bo`lajak to`garak tashkilotchisi maxsus puxta kasb tayyorgarligiga ega bo`lishi kerak. Bichish-tikish to`garagini olib boruvchi rahbarning kasbiy tayyorgarligi mutaxassislik qobiliyatiga bog`liq. “Tikuvchilik texnologiyasi” fani mana shu qobiliyatni shakllantirishda mutaxassislik fani hisoblanadi.

Bu fanning asosiy maqsadi bo`lajak to`garak rahbarlarining kasbiy mahoratlarni egallashlarini ta’minlash, ya`ni yengil kiyimlarni bichish-tikish sirlarini o`rgatish, tikuvchilikda qo`llaniladigan qo`l ishlari uchun asbob-uskuna, moslamalar, tikuv mashinalaridan, dazmollash uskunalaridan unumli foydalanishni bilish, to`garak a`zolarini har tomonlama tarbiyalash, badiiy didini o`stirish, mehnatga ijodiy munosabatda bo`lishini ta`minlashdir. Bu fan bo`yicha bo`lajak to`garak rahbarlari mutaxassislik bo`yicha tayyorgarlik darajasiga, ya`ni “Tikuvchilikda yagona ta`rif-mutaxassislik ma`lumotnomasi”da ko`rsatilgan bilim, ko`nikma, malakalarga ega bo`lishi kerak.

Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha bilimlar berishda ayollar kiyimi tikuvchisiga oid kasbiy tayyorgarlik berish asoslariga tayaniladi. O`quvchilar tikuvchilik sanoatining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, yakka buyurtma, xususiy korxonalar faoliyati kelgusida rivojlanish rejalari, mehnatni ilmiy tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish omillari, har xil ish qurollari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari, tikuvchilik buyumlarini tikish ketma-ketligi jarayoni bilan tanishtiriladi va grafik ko`rinishini chizish va o`qish o`rgatiladi. Tikuvchilik texnologiyasi darslarida o`quvchilarning dastlabki ko`nikma, malakalarini hosil qilishda ishlab chiqarish qiymatiga ega bo`lmagan gazlama bo`laklari orqali amalga oshiriladi. Masalan: qo`l qaviqlari, mashina choklari, cho`ntak qopqoqlari, yoqalar, cho`ntaklar, vitochkalar, yenglar, bo`yin o`yindisiga ishlov berish usullari, ko`ylak bel qismiga ishlov berish usullari, kiyim bezaklari, belbog`lar, bog`ichlar, kamar tutgichlar tikiladi, detal qirqimlariga ishlov berish usullari, yubka etagi va shimning pochasini tikish usullari bajariladi. Fanni o`qitishda asosan rejada ko`rsatilgan buyumni tikishni o`rgatishda tikilayotgan buyum eskizini chizish, tasnif yozish, tikish bosqichlarinini tanlash, andaza va gazlamani bichishga tayyorlash, tikish texnologiyasi ketma- ketligi xaritasini tuzish, buyum maketini tayyorlash ishlari bajariladi. Bu vaqtda o`quvchilarda kiyim tikish texnologiyasi asoslari bo`yicha ko`nikma hosil bo`ladi. “Tikuvchilik malakalarini takomillashtirish” o`quv amaliyoti jarayonida ko`nikma malakaga aylanib, yana ham mustahkamlanadi. O`quv rejasiga asosan 3 bosqichda o`quv yili davomida 180 soatlik o`quv amaliyoti o`tkaziladi. Bu davrda o`quvchilar “Tikuvchilik texnologiyasi”fanida egallagan ko`nikmga asoslanib, o`quv amaliyotida ko`rsatilgan buyumlarni o`z o`lchamlarida tikishni o`rganish orqali ko`nikmalarni mustahkamlab, malaka hosil qilish imkoniyati yaratiladi.

Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- Ayollar kiyimini tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi ishlarni bajara olishi;

- texnik shartlari bo`yicha yangi texnika va texnologiyani, ish qurollari, moslamalarini qo`llagan holda barcha turdagi ayollar yengil kiyimlarining namunalarini tayyorlay olishi;

- tikuvchilik mashinalari, kerakli ish qurollari va moslamalarining tuzilishi, ishlash texnologiyasini bilishi va ularda ro`y beradigan kichik nuqsonlarning sababini aniqlab, tuzata olishi;

- dazmolning qizish darjasini aniqlay olishi va gazlamaga moslashtirishi;

- tayyor mahsulotning sifatini aniqlay olishi;

- kiyimdagi nuqsonlarni topa olishi va bartaraf etishi;

- tikuvchilik kiyimlarini tikishda tayyor buyumlarda uchraydigan nuqsonlarni, ularning kelib chiqish sababini aniqlay olishi va shu nuqsonlarni bartaraf etish usullarini tanlay olishi;

- ayollar, bolalar yengil kiyimlari, ich kiyimlari, bayram liboslarini bichib – tika olishi va jarayon jadvallarini tuza olishi;

- tikish qirqimlarini grafik ko`rinishini chiza olishi kerak.


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- qo`lda, mashinada, namlab-issiqlik ishlovi berish ishlari atamalarini;

- kiyim detallariga ishlov berish usullarini;

- kiyim mayda detallariga ishlov berish qoidalarini;

- tikuvchilik buyumlarini tikish bosqichlarini;

- bolalar kiyimlarini tikish talablarini;

- belli, yelkali, milliy kiyimlarni tikish bosqichlari va xususiyatlarini;

- bayram kiyimlarini tikish xususiyatlari, ketma-ketlik asosida tikish texnologiyasi talablarini;

- ayollar va bolalar buyumlarini bichish-tikishda rioya qilinadigan texnik me`yorlarni bilishi.
Fanning o`quv rejasidagi hoshqa fanlar bilian o`zaro bog`liqligi, uslibiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligi

Bu fan o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan uzviy bog`liq. Ushbu fanni yaxshi o`zlashtirish uchun umumta’lim fanlardan matematika, anatomiya, tasviriy san’at, chizmachilik, umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan tikuvchilik materialshunosligi, tikuvchilik jihozlari, tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat muhofazasi va boshqalar.

Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash loyihalash fanida tayyorlangan tikuvchilik buyumlari andazalari tikuvchilik texnologiyasi darslarida qo`llaniladi, tikish bosqichlari tanlanib, ketma-ketlik jarayoni xaritasi tuzdiriladi. “Tikuvchilik texnologiyasi” fani jarayonida buyum yoki buyum uzeli maketi tiktirilsa, aynan shu buyum “Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyoti jarayonida tiktiriladi. Bu 3 ta fan bir - biri bilan juda bog`liq. Bu tajriba yaxshi natija beradi.

Dastur yozishda bu fanlar bo`yicha o`rgatiladigan buyum xillarini aynan bir xil olishga harakat qilindi. Dasturga kiritish imkoniyati bo`lmagan buyum xillarini amaliyot va mustaqil ish dasturiga kiritiladi.

Dasturga kiritilgan buyum xillarini o`quvchilarning takliflari, zamon yo`nalishi, milliy kiyimga bo`lgan ehtiyojlarga ko`ra o`zgartirib, fan kafedra yig`ilishida ko`rib chiqib, pedagogika kengashida tasdiqlanib, qo`llashga ruxsat etiladi.

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar

Ta’lim O`zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi. Ilm-fan, texnika taraqqiyotining juda tez rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko`payib borayotganligi, ulardan ta’lim - tarbiya jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim jarayoniga texnologik yondashish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Mana shularni hisobga olgan holda tikuvchilik texnologiyasi fanini o`qitishda, tikuvch kasbini sirlarini o`rgatishda hozirgi zamon texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini qidirish kerak. Bo`lajak to`garak rahbarlari ushbu fan bo`yicha axborot texnologiyalari haqida ma’lumotga ega bo`lishlari, buyum tayyorlashda uning zamonaviyligi, ishlov berish texnologiyasini, tikuv mashinasini to`g`ri tanlash, ketma- ketlik jarayonini to`g`ri tuza olishlarini o`rgatish nazarda tutiladi.

-Tikuvchilik texnologiyasi fanini o`qitishda albatta zamonaviv tikuv mashinalari, kerakli jihozlar, moslamalar, ko`rgazmali qurollar bo`lishi kerak.

-Tikuvchilik texnologiyasi fanidan amaliy ish bajarishda albatta turli xildagi ko`rgazmalardan foydalanish, internet tarmog`idan olingan manbalarga asoslanish, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti bilan o`zaro uzviy bog`langan holda olib borilishi lozim.

-Ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan - slaydalar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.

-Ta’lim berish jarayonida o`qituvchi ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Oqituvchi tomonidan berilayotgan ma’lumotlar o`quvchlarni ijodiy ishlashga, fikrini to`liq bayon etishga qaratilib, kasbiy bilim, konikma va malakalarini, tashabbuskorlik faoliyatlarini rivojlantirish omili bo`lishi kerak.

-Ta’lim berish jarayonida o`qituvchi o`quvchini qiziqtira olish, ichki hissiyotini oshirishi, material hajmini oshirib borishi, mustaqil ishlash mazmunini va o`quv jarayonining sifat samaradorligini oshirish, o`quvchi ishtirokining mas’uliyatini oshirib borish+, kasbiy bilimlarni chuqur egallashlariga yordam berishi kerak.

-Ta’lim berish jarayonida berilayotgan axborotlar o`quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotgani albatta bilim samaradorligi yuqori bo`layotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Dastur mazmuni

I qism. Tikuv buyumlari texnologiyasi.


  1. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Texnika xavfsizligi qoidalari.

  2. Qo`lda bajariladigan ishlar, ularning atamalari.

Amaliy ish. Yo`l-yo`riq texnologik kartasini tuzish

Qaviq va qaviqqatorlar turlari, texnik shartlari. Oddiy qaviqlarnu bajarish.

Murakkab qaviqlarni bajarish.

Mustaqil ish. Bezak –pardoz choklar asosida ijodiy ish tikish (sochiq tikish)


  1. Mashinada bajariladigan ishlar, atamalari, bajarilish.

Amaliy ish. Kichik mexanizatsiya vositalari.

Birlashtiruvchi choklarni tikish.

Ziy choklarini tikish.

Bezak- pardoz choklarini tikish




  1. Tikuvchlik buyumlarini namlab-isitib ishlash.

Tikuvchlik buyumlarini namlab-isitib ishlash.


  1. Kiyim detallarini yelimlab, payvandlash usullari

Kiyim detallarini yelimlab, payvandlash usullari


  1. Kiyim mayda detallariga ishlov berish;

Amaliy ish. a)belbog`, belbog`tutgich, cho`ntak qopqoqni tikish.

Mustaqil ish. Cho`ntak qopqoq, bezak chok bilan tikish. Bajarilgan ishni albomga joylashtirish

Amaliy ish: b)Vitochkalarga ishlov berish.

Amaliy ish: d) Bezaklar, qo`yma burma, volan, ryush tayyorlash.

Mashina bufflarini tikish



Mustaqil ish. Tikuv buyumlarida ishlatiladigan bezak materiallarini to`plash albomga joylashtitish.(jiyak, sutaj, lenta, to`r)

e) Koketkalarga ishlov berish. Koketka turlari, ishlov berish usullari.

Koketkalarga ishlov berish. Koketka turlari, ishlov berish usullar.



Amaliy ish: To`g`ri burchakli koketkalarni tayyorlash.

Koketkalarni asosiy qismga ulash.



Mustaqil ish. Gazlama bo`laklarida murakkab koketkalarni tikish.

f) Chontak turlari, ishlov berish usullari.

Chontak turlari, ishlov berishusullari.



Amaliy ish: Qoplama chontaklarni to`r qo`yib tikish tayyorlash.

oplama chontaklarni mag`iz chok bilan tikish.

amkali qirqma chontak tikish.

g) Bortlarga va taqilmalarga ishlov berish usullari.

Bort va taqilmalarga ishlov berish usullari.



Amaliy ish: Yaxlit va plankali bortni tikish.

Bitta mag`izli ,“molniya” tasmali taqilmalarni tikish.



h) Bo`yin o`yindisiga ishlov berish usullari

Bo`yin o`yindisiga ishlov berish usullari



Amaliy ish: Bo`yin o`yindisini adip, planka bilan ishlov berish.

Bo`yin o`yindisini mag`iz chok bilan ishlov berish.



Mustaqil ish. Murakkab shaklli bo`yin o`yindisiga ishlov berish. Bajarilgan ishni albomga joylashtirish.

i)Yoqalarni tayyorlash va o`yindiga o`tkazish usullari.

Yoqalarni tayyorlash va o`yindiga o`tkazish usullari.



Amaliy ish: O`tkazma yoqalarni ag`darma chok bilan tikish.

O`tkazma yoqalarni mag`iz chok bilan tikish.

O`tkazma yoqani bo`yin o`yindisiga o`tkazish.

Mustaqil ish. Alohida bichilgan ko`tarmali yoqani tayyorlash va o`yindiga o`tkazish. Bajarilgan ishni albomga joylashtirish.

j) Yenglarga ishlov berish va o`mizga o`tkazish usullari

Yenglarga ishlov berish va o`mizga o`tkazish usullari



Amaliy ish: Manjetsiz, yeng uchiga ishlov berish.

Manjetli yeng uchiga ishlov berish.

Yengni yeng o`miziga o`tkazish.

Mustaqil ish. Qo`yma burmali, yeng uchiga ishlov berish.Yengni yeng o`miziga o`tkazish. Bajarilgan ishni albomga joylashtirish.
7.Chaqaloq bolalar yaktakchasi, qalpoqchasi, va so`lakchasini tikish

Amaliy ish: Chaqaloq bolalar yaktakchasi, qalpoqchasini bichish.

Chaqaloq bolalar yaktakchasi, qalpoqchasini tikish, taxlash.



Mustaqil ish. Chaqaloq bolalar uchun qishki ko`ylakcha, ishtonchasini bichlb- tikish.

8. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagini tikish texnologiyasi.

Amaliy ish: Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagi modeli tanlash, tavsif yozish.

Qiz bolalar ko`ylagi uchun dazlama sarfini aniqlash.

Qiz bolalar ko`ylagini tikish ketma- ketligi haritasini tuzish.

Mustaqil ish. Tayyor andaza bo`yicha maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagini tikish.
9. O`g`il bolalar sho`rtigini tikish texnologiyasi.

Amaliy ish: O`g`il bolalar shortigi uchun model tanlash,tavsif yozish.

Shortik tikish ketma- ketligi haritasini tuzish.



Mustaqil ish. O`g`il bolalar shortigini tikish.
10. To`g`ri bichimli yubka tikish texnologiyasi.

Belli kiyimlar haqida ma`lumot.Yubka turlari.



Amaliy ish:To`g`ri bichimli yubka modeliga tavsif yozish,andaza tayyorlash, dazlama sarfini aniqlash.

Yubka tikish texnologiyasi ketma- ketligi haritasini tuzish.


11. Bo`lakli yubka tikish texnologiyasi.

Bo`lakli yubka turlari, tikish bosqichlari.



Amaliy ish:Bo`lakli yubkani andazasini tayyorlash,bichish.

Bo`lakli yubkani tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.


12. Tungi ko`ylak bichish, tikish texnologiyasi.

Tungi ko`ylak uchun model,gazlama tanlash xususiyatlari.



Amaliy ish: Tungi ko`ylak modelini tanlash, tavsif yozish,gazlama sarfini aniqlash.

Tungi ko`ylak tikish texnologiyasi ketma- ketligi haritasini tuzish.


13. O`smir yoshdagi qiz bolalar ovro`pacha ko`ylagini tikish texnologiyasi.

O`smir yoshdagi qiz bolalar ovro`pacha ko`ylagini modellari xususiyatlari.



Amaliy ish: O`smir yoshdagi qiz bolalar ovropacha ko`ylagi uchun model tanlash.

Ko`ylakni andazasini tayyorlab,tikish bosqichlarini aniqlash.

Qiz bolalar ko`ylagini tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.
14.Bluzka tikish texnologiyasi.

Bluzka modellari xususiyatlari,bezaklari,



Amaliy ish: Bluzkani andazasini tayyorlash, dazlamaga joylashtirish.

Bluzkaga gazlamani sarfi, tikish bosqichlarini aniqlash.

Bluzkani tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.
15. Ayollar xalatini bichib, tikish texnologiyasi.

Ayollar xalati modeli va ularni tanlash xususiyatlari.



Amaliy ish: Xalatga model tanlash, tavsif yozish, andaza tayyorlash.

Gazlamani bichishga tayyorlash, xalatni bichish.

Xalat uchun gazlama sarfini, tikish bosqichlarini aniqlash.

Ayollar xalatini tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.


16. Reglan, yaxlit bichimli ko`ylaklarni tikish texnologiyasi xususiyatlari

Reglan, yaxlit bichimli ko`ylaklarni modellari. Reglan, yaxlit bichimli ko`ylaklarni tikish texnologiyasi xususiyatlari.



Mustaqil ish. Yaxlit bichimli ko`ylak modeli maketini M2:3 tikish.
17. Milliy ko`ylakni bichish, tikish texnologiyasi.

Milliy ko`ylak tarixi. Modellari xususiytlari



Amaliy ish: Milliy ko`ylak uchun gazlama tanlash, andaza tayyorlash.

Milliy ko`ylakni tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.



18.Milliy lozimni bichish, tikish texnologiyasi.

Amaliy ish: Milliy lozim tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.
19.Ayollar shimini tikish texnologiyasi.

Ayollar shimi modellari,gazlamalarini tanlash xususiytlari.



Amaliy ish:Ayollar shimi bichish- tikish bosqicilarini aniqlash.

Ayollar shimini tikish texnologiyasi ketma-ketligi haritasini tuzish.



Mustaqil ish. M2:3 da ayollar shimini maketini tikish.
20. Ayollar astarli jaket-yubkasini bichish – tikish texnologiyasi.

Ayollar astarli jaket-yubkasini xillari, modellarini tanlash xususiyatlari.



Amaliy ish: Modelini tanlash, tavsif yozish,andaza tayyorlash.

Ayollar astarli jaket-yubkasini maketini bichish yollar astarli jaket maketini tikish.

Ayollar astarli jaket maketini tikish.

Ayollar yubkasini maketini tikish.

Ayollar astarli jaket-yubkasini tikish ketma-ketligi haritasini tuzish.

Yakuniy nazorat. O`tilgan mavzular bo`yicha dasturlashgan testlar.
Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil

ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar

Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchilar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi va reja berish maqsadga muvofiq. Amaliy ish jarayonida o`rganilayotgan byumga tavsif yoziladi, andaza va gazlamani bichishga tayyorlaniladi, andazani gazlama ustiga joylashtiriladi. M1:4 da. Har bir buyumni gazlama sarfi aniqlanadi. Buyumni tikish jarayoni haritasi tuziladi va ay`rim buyumni maketi M 3:2 da tikiladi. Maket tikishda o`rgatilayotgan byuymni kerakli uzelini tanlab olinadi. Buyum bichig`i esa shu fan bo`yicha o`quv amaliyoti jarayonida tikiladi.Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishlarni tashkil etish o`quvchilarning amaliy ishlarining davomi bo`lishi kerak. Mustaqil ish mazmuni, bajarilishi tushuntiriladi va o`quvchilar tomonidan darsdan tashqari vaqtda mustaqil bajariladi.Belgilangan muddatda torshiriladi va baholanadi.Albatta mustaqil ishni baholashda o`quvchilarning ijodiy faoliyatlariga alohida e’tibor beriladi. Mustaqil ish natizasida bajarilgan ishlar ko`rgazma zallariga qo`yiladi yoki xonada ko`rgazma sifatida ishlatiladi.



Namunaviy mavzular rejasi



Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Labaratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

I qism. Tikuv buyumlari texnologiyasi

1

Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Texnika xavfsizligi qoldalari

2

2

2
















2

Qo`lda bajariladigan ishlar, atamalari. Yo`l-yo`riq texnologik kartalarini tuzish. Qaviq va qaviqqatorlar turlari, texnik shartlari. Oddiy qaviqlarnu bajarish. Murakkab qaviqlarni bajarish.

10

6

1

5










4

3

Mashinada bajariladigan ishlar, atamalari. Birlashtiruvchi choklar-ni tikish. Ziy choklarini tikish. Bezak-pardoz choklarini tikish.

8

8

1

7













4

Tikuvchilik buyumlarini namlab-isitib ishlash.

2

2

2
















5

Kiyim detallarini yelimlab, payvandlash usullari

2

2

2
















6

a) Kiyim mayda detallariga ishlov berish; a)belbog`, belbog`-

tutgich, cho`ntak qopqoqni tikish


6

2


2











4


b)Vitochkalarga ishlov berish

2

2




2













d) Bezaklar; qo`yma burma,volan, ryush tayyorlash.Mashina bufflarni tikish.

8

4




4










4

e) Koketkalarga ishlov berish

10

6

2

4










4

f) Cho`ntaklarga ishlov berish

8

8

2

6













g) Bort va taqilmalarni tikish.

6

6

2

4













h) Bo`yin o`yindisiga ishlov berish

10


6


2


4











4


i) Yoqani tayyorlash va o`yindiga o`tkazish

12

8

2

6










4


j) Yenglarga ishlov berish va o`miziga o`tkazish.

12

8

2

6










4


7

Chaqaloq bolalar yaktakchasi, qalpoqchasi, so`lakchasini tikish.

11

4

-

4










7

8

Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagini tikish texnologiyasi

12

6

-

6










6

9

O`g`il bolalar shortigini tikish texnologiyasi

10

4

-

4










6

10

To`g`ri bichimli yubka tikish texnologiyasi

6

6

2

4













11

Bo`lakli yubka tikish texnologiyasi

6

6

2

4













12

Tungi ko`ylak bichish, tikish texnologiyasi

6

6

2

4













13

O`smir yoshdagi qiz bolalar ovro`pacha ko`ylagini tikish texnologiyasi

8

8

2

6













14

Bluzka tikish texnologiyasi

8

8

2

6













15

Ayollar xalatini bichib, tikish texnologiyasi

10

10

2

8













16

Reglan, yaxlit bichimli ko`ylaklar-ni tikish texnologiyasi xususiyatlari.

14

4

2

2










10

17

Milliy ko`ylakni bichish, tikish texnologiyasi

6

6

2

4













18

Milliy lozimni bichish, tikish texnologiyasi

2

2

-

2













19

Ayollar shimini tikish texnologiyasi

16

6

2

4










10

20

Ayollar astarli jaket-yubkasini bichish-tikish texnologiyasi.

Yakuniy nazorat



14

14

2

12
















Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish