Matematikadan sinfdan tashqar ishlar. 2 s.
Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari va turlari. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish xususiyatlari, ular uchun topshiriqlar tanlash, matematika rivojiga qomusiy olimlarimiz qo`shgan ulkan hissalaridan o`quvchilarni xabardor qilish.
Umumiy takrorlash. 2 s.
Manfiy bo`lmagan butun sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish. Matnli masalalarni yechishni o`rgatish. Misollar yechish. Yakuniy nazorat ishi.
Boshlang`ich matematika nazariyasi va metodikasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Boshlang`ich matematika nazariyasi va metodikasi fani bo`yicha amaliy ishlar har bir bob yakunida tavsiya etiladi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |