1 – amaliy mashg`ulot
-
Umumiy o`rta ta`lim DTS (Davlat ta`lim standarti)ning “Savod o`rgatish va nutq o`stirish” va “Husnixat”ga oid qismining tuzilishini o`rganish va tahlil qilish.
-
Savod o`rgatish uchun mo`ljallangan o`quv materiali tahlili.
-
Dasturdan o`zib o`qitish uchun didaktik materiallar tayyorlash.
-
Bilimlarni hisobga olib o`qitishni uyushtirish uchun mashq turlarini yig`ish.
5-mavzu Sinfda va sinfdan tashqari o`qish metodikasi
Sinfda o`qish darslarining vazifalari: bolalar adabiyoti vositasida axloqiy va estetik tomonlardan tarbiyalangan, layoqatli shaxsni yetishtirish, ularning atrof – muhit haqidagi tasavvurlarini shakllantirish, o`qish malakalarini mustahkamlash va mukammallashtirish.
I – IV sinf dasturi o`qish bo`limining mazmuni. O`qish jarayonida beriladigan bilim, ko`nikma va malakalar tartibi.
To`laqonli o`qish malakasining sifatini hosil qilish usullari.
O`quvchilar o`qishidagi xatolar oldini olish va ularni to‘g`rilash. Xatolarning sabablari va tuzatish usullari.
Badiiy asar tahlili jarayoni. Matn ustida ishlash turlari: tanlab o`qish, savolga javob berish va savol tuzishga o`rgatish, qayta hikoyalash va uning turlari, matnga reja tuzish va uni tasvirlash.
Tasvirlash turlari: matn uchun berilgan rasmlarni matn mazmuni bilan qiyoslash, grafik (chiziqlar bilan) aks ettirish, so`z bilan tasvirlash, diafilmlar ishlash.
O`quvchilarga matnni qismlarga bo`lish, unga reja tuzish ishlarini o`rgatishning izchilligi. Rasmli va mantiqiy rejalar tuzish, qismlarga ajratilgan matnga sarlavhalar topish.
Qayta hikoyalash turlari: to`liq, tanlab, qisqartirib va ijodiy.
O`qishdan uy vazifalar. Uy vazifalarning turli – tumanligi, imkoniyatrlari. Ularni tayyorlatish yo`llari.
O`qiladigan asarning turli janrda ekanligi: hikoya, masal, lirik sheʼr, ilmiy-ommabop maqola, qisqartirib olingan parchalar, ertak, dostondan parchalar, latifa, hadislar va iboralar ustida ishlash yo`llari.
KUGda turli janrlarni o`qitish yo`llari. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olish.
Sinfdan tashqari o`qish darslari. Ularni tashkil qilish va unga tayyorgarlik ko`rish usullari. Bolalar o`qishining mustaqilligi, ularning boshlang`ich maktabdagi ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi maqsadlari va vazifalari.
Hozirgi zamon kichik maktab o`quvchisi kitobxon sifatida. Mustaqil o`qishga o`rgatish jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarning kitobga qiziqishi, kitobni mustaqil o`qishi, shaxsiy kitobxonlikka qiziqishlari, mustaqil kitobxonligi – ularning shaxsiy shakllanishi va uning ruhiy-pedagogik,falsafiy darajalari, sharoiti va qonuniyatlari.
Sinfdan tashqari mashg`ulotlar va darslar. Ularga bo`lgan umumiy talablar. Sinfdan tashqari o‘qishning davr va bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |