Nazariy soat: 3 soat
Amaliy soat: 1 soat
Islom ta`limoti manbalarining bola shaxsini tarbiyalashda tutgan o`rni. Hadislarda yaxshilikning ulug`lanishi. Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni rejalashtirishda Qur`oni Karim oyatlari, hadislar namunalaridan ijodiy foydalanish.
Amaliy ish. Hadislarni tahlil qilish.
IV bo`lim. Sinf rahbari ishini tashkil qilish metodikasi.
11-mavzu. Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining
faoliyatini tashkil etish metodikasi
Nazariy soat: 2 soat
Mustaqil ish soat: 2 soat
Sinf rahbari ishining maqsad va vazifalari. Sinf rahbarining maktab ma`muriyati, mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyati. Sinf rahbari shaxsiga qo`yiladigan muhim talablar.
Sinf rahbari ishini rejalashtirishning asosiy usullari. Ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasini tuzishda foydalaniladigan omillar. Ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejasini tuzishga qo`yiladigan talablar.
Mustaqil ish: Ma’naviy – ma`rifiy ishlar rejasini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |