O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi


Bo‘lim va mavzularning nomi



Download 0,68 Mb.
bet15/17
Sana25.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#264248
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
fizika dastur 2016

Bo‘lim va mavzularning nomi

Umumiy yuklama, soat

Darslar turi bo‘yicha soatlar taqsimoti
(auditoriya yuklamasi)



hammasi



jami

nazariy



amaliy mashg‘ulotlar

laboratoriya ishi

seminar (ekskursiya)



*mustaqil ish

1

Kirish

2

1

1










1

2

Amaliy astronomiya asoslari

10

7

5

2







3

3

Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining harakati

7

5

5










2

4

Kosmonavtika asoslari

7

4

4










2

5

Astrofizik tadqiqot metodlari

7

4

4








2

6

Quyosh sistemasi jismlarining fizik tabiati

11

7

5

2







4

7

Yulduzlar

11

6

4

2







3

8

Koinotning tuzilishi va evolyustiyasi

6

2

2










2

Jami

59

36

30

6







19



Dasturning mazmuni


Kirish (1 soat)
Astronomiya fani va uning zamonaviy yo‘nalishlari haqida. Astronomiyaning boshqa fanlar orasida tutgan o‘rni, uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Olam tuzilishi haqida hozirgi zamon tushunchalarning shakllanishi haqida tarixiy ocherk. Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshi, Ulug‘bek va Ali Qushchilarning astronomiyaning rivojiga qo‘shgan xissalari.
Amaliy astronomiya asoslari (7 soat)
Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko‘rinma aylanishi. Yulduz turkumlari. Eng yorug‘ yulduzlarning arabcha nomlari haqida Beruniy) Osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko‘rinma aylanishi. Ekliptika. Zodiak soha. Osmon koordinatalari. Gorizontal va ekvatorial koordinatalar sistemalari. Yulduz xaritalari. Yulduz kattaliklari haqida tushuncha. Olam Qutbining gorizontdan balandligi va kuzatish joyining geografik kenglamasi orasidagi bog‘lanish. Turli kenglamalarda yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminao‘iyalari va kulminastiya balandliklari. Ma’lum joyda Quyoshning sutkalik ko‘rinma aylanishining yil davomida o‘zgarib borishi.
Vaqtni o‘lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari. Vaqt tenglamasi. Mahalliy, dunyo, poyas va dekret vaqtlari haqida tushuncha. Kalendarlar (Yulian Grigorian va Hijriy taqvimlar) haqida tushuncha. Umar Xayyom kalendari. Oyning harakati va fazalari. Quyosh va Oy tutilishlari. Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kenglamasini aniqlash.
Demonstrastiyalar
1. Osmon sferasining modeli.
2. Yulduzlar osmoni aks etgan yulduzlar xaritasi, atlasi.
3. Yulduzlarning surilma xaritasi.
4. Yulduzlar va Quyoshning turli kenglamalarda sutkalik ko‘rinma aylanishi aks ettirilgan chizma - plakatlar.
5. Oyning harakati, fazalari va davrlari (modelda yoxud chizmada).
6. Quyosh va Oy tutilishlarining sxemalari.
Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining harakati (5 soat)
Olam tuzilishi haqida gelioo‘entrik ta’limot. Quyosh sistema-sining tarkibi va o‘lchamlari. Planetalarning konfigurao‘iyalari va ko‘rinish shartlari. Planetalarning siderik va sinodik davrlari. Kepler qonunlari. Osmon jismlarining massalarini hisoblash. Sutkalik parallaks. Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni hisoblash.
Astronomiyada uzunlik o‘lchovi birliklari. Erning radiusini aniqlash usullari. Xorazmiy va Beruniylarning bu sohadagi ishlari. Quyosh sistemasi jismlarining o‘lchamlarini hisoblash usullari.
Demonstrastiyalar
1. Quyosh sistemasining dinamik modeli.
2. Planetalarning konfigurao‘ion holatlari aks ettirilgan sxema.
3. Sutkalik parallaks va Quyosh sistemasi jismlarining chiziqli o‘lchamlarini o‘lchashga oid chizmalar.
4. Er radiusini Beruniy metodi asosida hisoblashga oid chizma.
Kosmonavtika asoslari (4 soat)
Kosmonavtika predmeti va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Uchish paytida sun’iy yo‘ldoshga(SY) ta’sir etuvchi kuchlar. Vaznsizlik. Tortishishning markaziy maydoni. Tortishishning markaziy maydonida jismning xarakati. Kosmik tezliklar. Osmon jismining ta’sir sferasi va sun’iy yo‘ldoshlar traektoriyalarini taxminiy hisoblash. Er sun’iy yuldoshlarining orbita elementlari. Oyga uchish traektoriyalari. Oyga qo‘nish. Planetalarga uchish traektoriyalari. Er SY lari va kosmik stano‘iyalardan ilmiy va xalq xo‘jaligi yo‘nalishlarida foydalanish, uning istiqbollari.
Demonstrastiyalar
1. Er sun’iy yo‘ldoshlarining orbita elementlari va aks ettirgan sxemalar (chizma, plakat yoki diapozitivlar)
2. Turli maqsadlarda o‘chirilgan SY larning (qutbiy, ekvatorial, geostao‘ionar yo‘ldoshlar) Er atrofi orbitalarining chizmalari.
3. Orbital va planetalararo kosmik stano‘iyalarning sxemalari, fotografiyalari, diapozitivlari.
4. Kosmik apparatlarnig Oyga va planetalarga uchirish orbitalarining sxemalari (chizma va fotorasmlarda)
Astrofizik tadqiqot metodlari (4 soat)
Osmonni elektromagnit nurlanishlarda kuzatish-keng talqinli astronomiyaning asosidir. Optik va radioleskoplar, ularning xarakteristik kattaliklari. Er atmosferasining turli nurlanishlar uchun “tiniqlik” darajasi. Er atmosferasidan tashqi astronomiya. Osmon jismlarining fizik tabiatlari va harakat tezliklarini ularning spektrlariga ko‘ra aniqlash metodlari.
Demonstrastiyalar
1. Elektromagnit nurlanishlarning to‘lqin shkalasi.
2. Optik va radioteleskoplar(maktab optik teleskoplari, yirik teleskoplar - fotorasmlarda)
3. Teleskoplarda nurning yo‘li (sxema)
4. Spektroskop va spektrograflarning ishlash prino‘ipini o‘zida aks qilgan sxemalar.
5. Ulug‘bek rasadxonasi qoldiqlari (fotografiya)
6. O‘zbekiston Respublikasi FA Astronomiya instituti va filiallarining teleskoplari va spektral qurilmalari (fotografiyalar)
Quyosh sistemasi jismlarining fizik tabiati(7 soat)
Quyosh - eng yaqin yulduz. Quyosh atmosferasining tarkibi. Fotosfera va undagi ob’ektlar (donadorlik, mash’allar va dog‘lar). Xromosferada kuzatiladigan ob’ektlar (protuberanneo‘lar va xromosfera chaqnashlari). Quyoshning radionurlanishi. Quyosh aktivligi haqida tushuncha. Er tipidagi planetalarning fizik tabiatlari. Gigant planetalar. Oy va planetalarning yo‘ldoshlari.
Kosmik apparatlar tomonidan olingan planetalarning relefi, atmosferasi va magnitosferasiga tegishli ma’lumotlar. Mayda planetalar (asteroidlar). Quyosh sistemasining mayda jismlari: kometalar. meteorlar, bolidlar va meteoritlar. Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari. Quyosh sistemasi jismlarga tegishli muhim xususiyatlardagi fizik umumiylik.
Demonstrastiyalar
1. Quyosh va planetalar haqida umumiy ma’lumotlar jamlangan jadval.
2. Quyosh fotosferasining donadorligi, mash’allari va dog‘lari (fotografiyalar).
3. Protuberano‘lar va Quyosh toji (fotografiya)
4. Planetalar va ularning yo‘ldoshlarining kosmik apparatlar (KA) yordamida olingan rasmlari.
5. Oyni va Erni KA yordamida olingan rasmlari.
6. Kometalar va meteoritlar, meteor va bolidlarning rasmlari
Yulduzlar (6 soat)
Yulduzlar - Koinotda keng tarqalgan jismlardir. Yillik parallaks. Yulduzlargacha masofalarni aniqlash. Nurlanish qonunlari (Vinning siljish qonuni, Stefan - Bolo‘man qonuni) asosida yulduzlarning temperaturalarini hisoblash. Absolyut yulduz kattaligi. Yulduzlarning spektrlari, temperaturalari, yorqinlik-lari va ular orasida bog‘lanish. Spektr – yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning massalari va radiuslarini hisoblash haqida tushuncha. Yulduzlarga tegishli kattaliklar - yorqinlik, radius va massa orasidagi bog‘lanish. Gigant va mitti yulduzlar. Qo‘shaloq yulduzlar. o‘zgaruvchi, nostano‘ionar yulduzlar. Yulduzlarning ichki tuzilishi va energiya manbalari haqida tushuncha. yulduzlarning evolyustiyasi. Neytron yulduzlar (pulsarlar) va “qora o‘ralar” haqida tushuncha.
Demonstrastiyalar
1. Turli spektral sinflarga kiruvchi yulduzlarning spektrlari (fotografiyalarda).
2. Spektr – yorqinlik diagrammasi (plakatda yoki diapozitivda).
3. Qo‘shaloq yulduzlarning ravshanlik egriliklari (chizmada).
4. Turli tipdagi o‘zgaruvchi yulduzlarning ravshanlik, nuriy tezlik va temperaturalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafiklari (chizma).
5. O‘tayangi yulduzning portlash jarayoni, qoldig‘i (Qisqichbaqasimon tumanlik - fotografiya).
Koinotning tuzilishi va evolyustiyasi (2 soat)
Koinotning tuzilishi va evolyustiyasi - moddiy dunyo uchun fizik qonuniyatlarning amalda namoyon bo‘lishidir. Galaktikamizning tuzilishi: tarkibi va strukturasi. Galaktikamizning aylanishi, unda Quyosh sistemasining o‘rni. Kosmik radionurla-nishlar. Tashqi galaktikalar, sinflari va ularning to‘dalari. Koinotning ulkan masshtabli strukturasi. Olam tuzilishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar, ularning dunyoqarash va ekologik aspektlari.
Demonstrastiyalar
1. Galaktikamizninig tuzilishi (yon tomondan va qutbi tomonidan ko‘rinishlari) va unda Quyosh sistemasining o‘rni.
2. Yulduz to‘dalari, gaz-chang tumanliklarning fotografiyalari.
3. Turli tipdagi (spiral, elliptik va noto‘g‘ri formadagi) galaktikalar.
4. Koinotning yirik masshtabli strukturasi (mahalliy galaktik to‘dalar, o‘tagalktikalar va metagalaktika - sxema).
Yakuniy (obzor) ma’ruza (1 soat)
1. Koinotda aqlli mavjudotlar bormi?
2. Noma’lum uchar ob’ektlar haqida fan.
3. Koinotni tadqiq etish istiqbollari - insoniyatning hayotiy muammolarini hal qilish yo‘lida.
4.Kosmonavtika kecha va bugun.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish