O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi



Download 0,68 Mb.
bet13/17
Sana25.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#264248
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
fizika dastur 2016

ASTRONOMIYA
(36 soat)


fanidan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun
o‘quv dasturi
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016- yil ______dagi
- sonli qarori asosida qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi
Kengashining 2016- yil ____dagi -sonli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2016- yil ___dagi -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi va amaliyotga joriy
etildi.


Tuzuvchilar:
M.Mamadazimov - fizika-matematika fanlari nomzodi, dostent
S.N.Nuritdinov - fizika-matematika fanlari doktori, professor


Taqrizchilar:

M.M.Zakirov - fizika-matematika fanlari doktori, professor


M.M. Mo‘minov - fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
M.A. Fattaxov - TTESI qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi


Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a’zolari:

1. D.Po‘latova - TDYuI qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi


2. S.Murotov - Toshkent yuridik kolleji oliy toifali o‘qituvchisi
3.G.Igamberdieva - TIMI qoshidagi akdemik litsey o‘qituvchisi
Toshkent-2016
Tushuntirish xati
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun astronomiya kursi, o‘quvchilarda, eng avvalo ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni va ularga olamning bir butunligini anglatishni barcha astronomik hodisalarning kechishi tabiatning universal qonunlari (birinchi navbatda, fizik qonunlar) asosida ro‘y berishni hamda bu hodisalarning tabiatini ilmiy nuqtai nazaridangina o‘rganishni maqsad qiladi.
Astronomiya kursi fizika, matematika stikliga kiruvchi o‘quv predmetlaridan hisoblanib, mazkur o‘quv predmetining mazmuni o‘quvchilarning IX yillik o‘rta umumta’lim maktablarida “Atrof olam”, “Tabiat”, ”Geografiya” hamda fizika va matematikadan erishgan bilimlariga tayanadi. Mazkur kurs akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini koinotning tuzilishi haqidagi tasavvurlar, osmon jismlarining kelib chiqishi va evolyustiyasiga oid ilmiy nazariyalar hamda ularning fizik tabiatlariga doir bilimlar bilan qurollantiradi. Bu predmet o‘quvchilarda, shuningdek, yulduz xaritasi, jumladan, osmonning surilma xaritalari, yulduzlar atlasi va globuslaridan hamda maktab astronomik kuzatish asboblaridan (durbin, teleskop, teodolit va boshqalar) mustaqil foydalanish, xususan ular yordamida osmon jismlarini (quyosh, Oy, planetalar va yulduzlarni) kuzata olish malakasi va ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Tavsiya etilayotgan astronomiya kursining ushbu dasturidan uning barcha bo‘limlarining asoslari hamda zamonaviy yutuqlari haqidagi zaruriy bilimlar mazmuni o‘rin olgan. Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismlarining harakati bo‘limi planetalarning Quyosh atrofidagi harakati, ularning davrlari va Kepler qonunlari haqida tushunchapar beradi. Amaliy astronomiya bo‘limi osmon koordinatalari, osmon jismlarining harakatlari, olam qutbining balandligi va shu
asosida, mazkur kuzatish joyining geografik koordinatalarini topish, vaqtni aniqlash va ayni paytda qo‘llaniladigan turli taqvimlar yulian, grigorian, shamsiy va qamariy hijriy kalendarlar haqida tushunchalar beradi. Ushbu bo‘lim, o‘quvchilarni osmon jismlarigacha bo‘lgan masofalarni topish, ularning chiziqli o‘lchamlarini hisoblash usullari bilan tanishtiradi.
Oxirgi yillarda kosmanavtikaning shaxdam odimlar bilan rivojlanayotganini hamda uning XXI asrda ilmiy–tadqiqot va xalq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha ulkan rejalarini (Oyda ilmiy -texnik stanstiya qurish, Marsni o‘zlashtirish, Oy orbitasida qurilishi mo‘ljallanayotgan ulkan kosmik mustamlaka - Quyosh fabrikasi va boshqalar) e’tiborga olib, dasturdan “Kosmanavtika lementlari”ga ham o‘rin berildi. Mazkur bob 5 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, kosmanavtika asoslarining mazmunini o‘zida aks ettirgan.
Keyingi o‘n yilliklarda astrofizikaning keskin rivojlana-yotganligini e’tiborga olib, astronomiya dasturi, kursning astrofizika yo‘nalishi mazmunini kuchaytirishni ham maqsad qilgan. Dastur, zamonaviy keng to‘lqinli astronomiyaning metodlari va kuzatish asboblari, astronomiyaning fizika, texnika va kosmanavtikaning rivojlanishlaridagi alohida roli, shuningdek, raketa - kosmik texnikasi yordamida osmon jismlarining fizikasini o‘rganishning, fan va xalq xo‘jaligidagi uning muhim ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni ham o‘zida aks ettirgan. Astronomiya dasturi, Quyosh sistemasi jismlarining yulduzlar va ularning yirik masshtabli strukturalari va fizik tabiatlari haqidagi tushunchalar va nazariy bilimlar bilan yakunlanadi.
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk sharq allomalaridan Al -Xorazmiy, AlFarg‘oniy, Beruniy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy va Ulug‘beklarning astronomiya tarixidagi tutgan o‘rinlari va salmoqli ilmiy meroslari ham ushbu dastur mazmunidan keng o‘rin berilgan bo‘lib, bu mavzular o‘qitishning tarbiyaviy aspektini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv yili davomida, astronomiya kursining o‘qitilishi jarayonida, har bir bo‘lim uchun o‘tkazilishi zarur bo‘lgan Demonstrastiyalarning ro‘yxati dasturda mos bo‘lim mavzularida so‘ng sistemali ravishda keltirilgan.Mazkur demonstrastiyalarni tashkil etish va o‘tkazish vaqtini, sharoitga qarab, o‘qituvchining o‘zi tanlashi tavsiya etiladi. Imkoni b o‘lganda, ayrim Demonstrastiyalarni planetariy yoxud astronomik muassasalarda uyushtirilishi, bunday amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini yuqori darajada ta’minlaydi
\ Dasturda, o‘qituvchi rahbarligida, o‘quvchilar bilan vizual kuzatishlarni uyushtirish, maktab teleskoplarining kattalashtirishi va ravshanlashtirishi kabi xarakteristik kattaliklarini hisoblash, olam qutbining balandligiga ko‘ra joyning geografik kenglamasini aniqlash kabi amaliy stronomiyaning elementlari ham etarlicha yoritilgan.
O‘qituvchi rahbarligida qurollanmagan ko‘z va teleskoplar bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan astronomik kuzatishlarning ro‘yxati va ularning tarkibiy qismlari (strukturasi va vazifalari) dastur so‘ngida keltirilgan. Amaliy mashg‘ulotlar va kuzatishlar uchun tavsiya etilgan olti soatli vaqtning ikki soati (kunduzgilari) Quyoshni kuzatishga, qolganlari (kechqurungilari) Oyni, planetalar va ularning yo‘ldoshlarini hamda yulduzlarini (yulduz turkumlari va ulardagi eng yorug‘ yulduzlar, qo‘shaloq va fizik o‘zgaruvchi yulduzlar, yulduz hujlari hamda qo‘shni galaktik tumanliklar) o‘rganishni nazarda tutadi.Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun astronomiya kursi,
o‘quvchilarning fizika va matematikadan erishgan bilimlariga tayanilgan holda o‘rganiladi. Binobarin uning o‘qitilishi, uchinchi kurslarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish