O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Reja: Mayda planetalar . (asteroidlar)



Download 1 Mb.
bet67/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Reja:

  1. Mayda planetalar . (asteroidlar)

  2. Kometlar.

  3. Metorlar.Meteoritlar.


Tayanch so’z va iboralar:

Mayda planetalar , asteroidlar, serera, Pallada, Vesta, Gigeya, Ikar, Germes, Eros, Adonis, kometa, dumli yulduzlar, yadro, koma, kometaning boshi, Mo’jizalar tarixi, meteorlar, uchar yulduzlar, Drakonid meteor yomg’iri,meteoritlar, bolid, kraserlar.

Mayda planetalar (asteroidlar)

1596- yili bosilgan «Kosmografiya sirlari» asaridayoq, Iogann Kepler Mars bilan Yupiterning orasida yana bir planeta bo'lishi kerak degan gumon bilan chiqqan edi. Keplerning bu gipotezasi ikki asrdan so'ng planetalaming Quyoshdan o'rtacha uzoqliklarini ifodalovchi ajoyib empirik (bevosita kuzatishlardan aniqlangan) qonuniyatning ochilishi bilan tasdiqlandi. 1772- yili vittenberglik astronom Iogann Titsius planetalaming astronomik birliklarda ifodalangan katta yarim o'qlari quyidagi munosabatdan topilishini aniqladi:



a = (0,4 + 0,3 • 2") a.b.,

bu yerda n -°°, 0, 1, 2, 3, 4, ... qiymatlami oladi.

Quyidagi jadvalda, planetalar orbitalari katta yarim o'qlaming yuqoridagi formula yordamida topilgan qiymatlari, ularning Quyoshdan haqiqiy uzoqliklari bilan solishtirilgan.

Titsiusning kashfiyotidan xabar topgan berlinlik astronom logann Bode bu empirik munosabatni qayta ko'rib, to'g'riligiga ishonch hosil qildi va uni keng targ'ib qilishda katta xizmat ko'r-satdi. Shundan so'ng bu qonuniyat Titsius—Bode qonuni nomi bilan dunyoga mashhur bo'ldi. Natijada, bu qonuniyatga ko'ra Mars bilan Yupiterning oralig'ida Quyoshdan o'rtacha 2,8 astro-nomik birlik masofada yana bir planeta bo'lishiga endi ko'pchilik astronomlar shubha qilmaydigan bo'lishdi.

To'rt yillik sistemali qidiruv ijobiy natija bermadi. Birinchi bo'lib, Quyoshdan taxminan 3 a.b. masofadan joy olgan planetani Palermo (Sitsiliya) observatoriyasining direktori Juzeppe Piatssi 1801-yilning 1-yanvar kechasi Savr yulduz turkumidan topdi.

Piatssi planetani bir oycha kuzatgach, yanvarning oxirlarida o'z kashfiyoti haqida Berlinga va Milanga (Italiya) xat yo'lladi. Bu davrda Napoleon urushi avjga chiqqani bois, uning xatlari martning oxiri, aprelning boshlarida ko'zlagan manzillariga zo'rg'a yetib bordi. Biroq bu oylarda Piatssining topgan birinchi mayda planetasi Quyoshga yaqinlashib, uning shafag'ida ko'rinmay qoldi. Ko'p urinishlardan so'ng, 1801- yilning oxirgi tuni yana yangi yil kechasi «yo'qolgan» bu planetani nemis astronomi Olbers Sunbula yulduz turkumidan qayta topdi. Unga Serera deb nom qo'yishdi. 1802-yil 28- martda berlinlik astronom Olbers Sererani qayta kuzatayotib, uning yaqinida yana bir tanish bo'lmagan yulduzchaga ko'zi tushdi. Ikki soatlik kuzatish bu obyektning yulduzlar fonida siljishini ma'lum qildi. Natijada Quyosh oilasiga yana bir mayda planeta qo'shildi va u Pallada deb nom oldi. Garchi Pallada orbitasining katta yarjm o'qi ham 2,8 a.b. kattalikka ega bo'lsa-da, biroq uning orbita tekisligi Yer orbitasi tekisligiga juda katta burchakka - 34° ga og'ishgan holda ekanligi ma'lum bo'ldi.

1804-yil 2-sentabrda Hut yulduz turkumida astronom Garding keyinchalik Yunona deb nomlangan mayda planetani, 1807- yil 29- martda esa Olbers to'rtinchi asteroid — Vestani topdi.

Shundan so'ng, Mars bilan Yupiterning oralig'ida qadimda noma'lum bir planeta halokatga uchragan degan gipotezaga astro-nomlar yanada ko'proq ishonch hosil qila boshladilar. Bu esa, o'z navbatida, hali Mars bilan Yupiter oralig'ida «tesha tegmagan» mayda planetalar ko'p degan xulosani berdi. O'nlab astronomiya ishqibozlari tunlarni bedor o'tkazib, mitti planetalarga «qarmoq tashlashda» davom etdilar. Biroq bu urinishlarning ко'pi befoyda ketdi. Faqat 1845- yilga kelib 15 yillik tinimsiz izlanishlar astrono­miya «ishqibozi» — pochta chinovnigi Karl Genkeni yangi asteroid bilan mukofotladi. Beshinchi, bu mayda planeta Astrei deb nom-landi. Bu hodisadan so'ng mitti planetalarning ochilishi tezlashib ketdi. Keyingi o'n yilda ularning soni 36 taga, 1890- yilga kelib esa 302 taga yetdi.

Dastlab mayda planetalar qadimgi rim afsonalarining qahra-monlari, xudolarning nomlari bilan yuritildi. So'ngra ularning soni juda ko'payib ketgach, ular 45- sidan boshlab, oddiy ayollarning nomi bilan, keyinroq esa asteroidlarga Filosofiya, Geometriya, Yusti-tsiya kabi faniy nomlar hamda geografik nomlar beriladigan bo'ldi.

Urush yillarida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan Semeiz (Qrim) observatoriyasi xodimi, professor G.Neuymin topgan asteroidlardan biriga (1351- sonlisiga) «O'zbekistoniya» deb nom bergan.

Mayda planetalarga tegishli yana bir qiziq gap shundaki, ularning ko'pi topilgach, orbitalarini hisoblashga ulgurmay turib yo'qotib qo'yiladi. Shu xilda «yo'qolgan» mitti planetalarning soni mingdan ortiq. XX asrning birinchi besh yilligi (1901—1905-y.) oralig'ida topilgan 300 ta mayda planetadan 179 tasi yo'qotib qo'-yildi, 1936—1940-yillar davomida topilgan 1176 asteroiddan esa ro'yxatda atigi 136 tasi mustahkam joy oldi.

Buning oldini olish uchun 1873- yildayoq Berlin hisoblash instituti tashkil etildi va u, to 1945- yilga qadar mitti planetalarni tadqiq qilish markazi bo'lib xizmat qildi. Urushdan keyin bu vazifani 1920- yilda tashkil etilgan Sankt-Peterburg nazariy astro-nomiya instituti o'z zimmasiga oldi. Bu institutning osmon jismlari orbitalarini hisoblashga tegishli jadvallari butun dunyo astronomik observatoriyalari tomonidan foydalaniladi.

Orbitalari hisoblanib, mayda planetalarning ro'yxatidan mustah-kam joy olgan asteroidlaming soni hozirga kelib 2000 dan ortib ketgan.

Asteroidlar ichida eng yiriklarining o'lchamlari ham Yer ra-diusi bilan solishtirganda juda kichik chiqadi (100- a rasm). Ulardan eng yiriMari — Serera (ko'ndalang kesimi -1000 km), Pallada (610 km), Vesta (540 km) va Gigeya (450 km). Faqat 14 ta mayda planetaning ko'ndalang kesimi 250 km dan ortiq, qolganlari esa ancha kichik, eng kichigining kesimi 1 km atrofida (Germes). Asteroidlaming massalari 1,4- 1021 kg dan (Serera), ya'ni Yer massasidan 4,4 ming marta kichik, to 1012 kg (Germes) gacha borib, o'rtacha zichligi 2 g/sm3 dan (toshli asteroid) to 7—8 g/sm3 gacha (temir-nikelli asteroid) boradi. 100-Z>rasmda bir guruh asteroid­laming Quyosh atrofidagi orbitalarining o'zaro joylashishi tasvirlangan.

Asteroidlardan Ikar, Germes, Eros va Adonislar Yerga davriy ravishda yaqinlashib turadi. Bunda ular Yerga 6 mln. km dan 23 mln. km gacha yaqinlashib, Yer uchun katta xavf tug'diradi.

Biroq asteroidlarning Yerga, davriy ravishda bunday yaqin-lashib turishidan tashvishga tushishga hojat yo'q. Chunki bun-day asteroidlarning orbitalarining hisob-kitobi bilan Xalqaro Astro-nomik Ittifoqning bir guruh olimlari doimiy shug'ullanishadi. Binobarin, planetamiz bilan biror asteroidning to'qnashish ehti-moli ro'y benshini ular bir necha yil oldindan ogohlantira oladilar. Bunday ogohlantirish asosida, planetamiz Yerni asteroid bilan halokatli uchrashuvdan asrab qolishning turli yo'llarini olimlarimiz allaqachon topib qo'yganlar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish