O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Ma`ruza №5 Mavzu. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari



Download 1 Mb.
bet18/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Ma`ruza №5
Mavzu. Vaqtni o’lchash. Yulduz va Quyosh vaqtlari.

Kalendarlar (taqvimlar)
Reja:

  1. Vaqtni o’lchashning asoslari.

  2. Kalendarlar (taqvimlar).

  3. Umar Xayyom kalendari.


Tayanch so’z va iboralar:

Yulduz sutkasi, Quyosh sutkasi, kuliminatsiya, ekliptika, Quyosh vaqti, atom saotlari, aniq vaqt, astronomiya institutlari, vaqt xizmati, mahalliy vaqtlar, dunyo vaqti, grinvich meridiani, poyas vaqti, xalqaro kelishuv, Oy kalendarlari, Oy fazalari, tropik yil, Sinodik davr, Quyosh kalendarlari, yulduzlar foni, musulmonlar taqvimi, hijriy taqvimlar, Qadimgi Misr, yulian kalendari, grigorian kalendari, Umar Xayyom kalendari, Malikshox zijji, Navro’z, kabisa yili, Jaloliy kalendari, Quyosh-hijriy taqvimi/
Amalda biz ishlatadigan vaqtni o’lchashda, Yerning o’z o’qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to’la aylanib chiqish vaqti-Quyosh sutkasi asos qilib olinadi. Quyosh sutkasi deb, Quyoshni ikki marta ketma-ket yuqori kulminasiyasidan (boshqacha aytganda - tush paytidan) o’tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi.

Bu vaqt, aslida doimo bir hil bo’lmay, bir oz o’zgarib turadi. Buning sababi, Quyoshning ekliptika bo’ylab ko’rinma harakatining notekisligidadir. Shu sababdan amalda sutkaning uzunligi uchun Quyosh sutkasining o’rtacha qiymati olinadi va u 24 soat qilib belgilanadi.

Quyosh vaqtini aniqlash va soatlarni tekshirish uchun Quyoshning kulminasiyadalik momentini (ya’ni tush paytini) belgilash muxim. Biroq Quyoshning diametri kattagina burchak (30) ostida ko’ringanidan, uning markazining kulminasiyada bo’lish vaqtini aniq belgilash mushkul. Shuning uchun ham astronomlar Quyosh o’rniga yulduzlardan ihtiyoriy birining kulminasiyasini belgilab olib, keyin unga tayangan holda, Quyoshning aniq kulminasiya vaqtini topadilar. Buning uchun tanlangan yulduzning va Quyoshning kulminasiyasida bo’lishi vaqtlarining farqi, istalgan vaqt uchun, astronomlar tomonidan oldindan xisoblanib, jadval ko’rinishida tuzib ko’yilgan bo’ladi. Shu jadval asosida, unda keltirilgan biror yulduz kulminasiyada bo’lganda, unga ko’ra Quyoshning kulminasiya vaqti (tush payti) aniqlanadi. Keyin bu ma’lumotga tayanib, Quyosh vaqti oson topiladi.

Astronomlar tomonidan topib berilgan aniq vaqtni "asrash" uchun, mahsus atom soatlaridan foydalaniladi. Bunday soatlarning yurishi, atomda o’zgarmas chastotali tebranma jarayonlarga tayanganidan, juda yuqori aniqlikka ega bo’ladi.

Aniq vaqtni belgilash, uni "asrash" va uni vaqti-vaqti bilan yulduzlarga qarab to’g’rilab turish bilan Astronomiya institutlari (yohud observatoriyalari) qoshida tashkil etilgan "Vaqt hizmati" bo’limlari shug’ullanadi. Hususan Toshkent Astronomiya instituti qoshida ham shunday bo’lim mavjud bo’lib, u mamlakatimiz va hatto dunyo ahliga aniq vaqt hizmatini ko’rsatishda ko’p yillardan beri aktiv ishtiroq etadi.

Ma’lum joylarning aniq mahalliy vaqtlarini bilish, bu joylarning geografik uzunlamalarini aniqlash uchun ham zarurdir.

Ihtiyoriy 1 va 2 uzunlamalarga ega bo’lgan punktlarning mahalliy vaqtlari –T1 va T2 orasida ko’yidagicha bog’lanish mavjud: 1-2= T1 - T2.

Dunyo vaqti: uzunlamasi nolga teng bo’lgan meridianning (ya’ni Grinvich meridianining) mahalliy vaqti, shartli ravishda, dunyo vaqti – T0 qilib olingan.

Ihtiyoriy  uzunlamaga ega bo’lgan punktning mahalliy vaqti - T, dunyo vaqti– T0 orqali qo’yidagicha topiladi:

T =T0+.

Poyas vaqti: Yer sharida cheksiz ko’p meridian o’tkazish mumkin bo’lib, ularga tegishli mahalliy vaqtlar ham cheksiz ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham amalda mahalliy vaqtdan foydalanib bo’lmaydi. Shu boisdan, Halqaro kelishuvga muvofiq, Yer shari 24 ta poyasga bo’lingan. Har bir poyas, bir-biridan uzunlamalari o’rtacha 15 farq qiluvchi meridianlar bilan chegaralanadi va ular tartib bilan, 0 dan 23 gacha (0, 1, 2, 3, 4. . . 23) nomerlanadi. Shuningdek har bir poyas chegarasida yotgan bittadan meridian asosiy meridian qilib tanlanadi. Asosiy meridianlarning uzunlamalari mos ravishda 0h, 1h, 2h, 3h, 4h. . . 23h qilib qabul qilingan. Bunda uzunlamasi 1h bo’lgan meridian esa –1 poyas o’rtasidan o’tadigan qilib olinadi.

Ihtiyoriy N-nomerli poyas chegarasida yotgan va m uzunlamaga ega bo’lgan punktning mahalliy (Tm) va poyas (Tp) vaqtlari orasidagi bog’lanish qo’yidagicha ifodalanadi:

m - as= Tm – Tp chunki as – mazkur poyasning o’rtasidan o’tgan asosiy meridianning uzunlamasini, Tp – esa shu meridianga tegishli mahalliy vaqtni ifodalaydi.

Aslida as=Nh bo’lganidan, bu ifoda ko’pincha m-Nh=Tm – Tp ko’rinishida yoziladi. Bu tenglama, poyas vaqti (Tp) berilgan bo’lsa, mahalliy vaqtni (Tm ) topishga (yoki aksincha) imkon beradi, ya’ni:

Tp = Tm- m + Nh yoki Tm = Tp+ m - Nh


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish