O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Matnni o‘qing. So‘z boshi, o‘rtasi va oxirida undoshlar ishlatilgan so‘zlarni toping. Ularga tavsif bering



Download 0,71 Mb.
bet62/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

109-mashq. Matnni o‘qing. So‘z boshi, o‘rtasi va oxirida undoshlar ishlatilgan so‘zlarni toping. Ularga tavsif bering.

NOBEL VA UNING VASIYATI


Alfred Nobel 1833-yili Shvetsiyaning Stokgolm shahrida iqtidorli kashfiyotchi Emmanuel Nobel oilasida tug‘ilgan. Bola 9 yoshga to‘lganda Nobellar oilasi Sankt-Peterburgga ko‘chib keladi. Ota o‘g‘lini o‘qitish uchun mablag‘ini ayamaydi. Irodasi kuchli, mehribon ona esa o‘g‘liga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Til o‘rganishga ishtiyoqi baland, o‘tkir zehn egasi bo‘lmish Alfred 17 yoshida Yevropa tillarining beshtasida bemalol so‘zlasha olardi. Ustozlaridan biri — Peterburg universiteti professori Nikolay Zininning bergan darslari Alfredning organik kimyo faniga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirdi. XIX asrning 30-yillarida oila boshlig‘i Emmanuel Nobelning suv osti minasi kashfiyotiga Rusiyada katta qiziqish bildirildi. O‘sha paytda «Nobel va o‘g‘illari» kompaniyasi gullab-yashnayot­gan, rus armiyasida esa zamonaviy texnikaga ehtiyoj oshib bora­yotgan edi. Shu bois buyurtmalarning keti uzilmas edi. Qrim urushidan ke­yin hammasi chappasiga o‘zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.


Kompaniya inqirozga uchragach, Alfredning ota-onasi Shvetsiyaga qaytib ketadi. Alfred esa akalari Lyudvig va Robert bilan Rusiyada qoladi. 70-yillarning boshlarida aka-ukalar Ijevsk shahridagi qurol-aslaha zavodlari ustidan nazorat qilishar edi. Keyinchalik ular Bokuda «Aka-uka Nobel­larning neft ishlab chiqarish shirkatini» (1879) tuzadilar. Bu kompaniya mahsulotlari juda tez fursatda o‘z xaridorlarini topdi. Shirkat neft qazib chiqarish, kerosin, benzin, parafin, soda mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanar edi.
Aka-uka Nobellar izlanardilar, kashfiyotlar qilardilar. Lyudvig dunyo­dagi eng birinchi tankerni loyihalashtirdi, birinchi sisternani qurdi, birin­chilardan bo‘lib neft quvurlarini ishlatdi. Alfred esa dinamit, portlatish detonatorini kashf qildi.
Shvetsiyada Boltiq dengizi bo‘yida tankerlar quriladigan korxona ishga tushadi. Astraxanda verf quradilar. Aka-ukalar Yevropa va Amerikaning eng ilg‘or texnika kashfiyotlaridan unumli foydalana olardilar.
XIX asr oxiriga kelib Nobellarning mablag‘i sezilarli darajada oshdi. Rusiya neftining 90% i ular nazoratida edi. Bu borada aka-ukalar Rokfeller­larning «Standard oyl» kompaniyasidan ilgari borardilar.
Alfredning mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, uddaburonligi o‘z meva­larini berdi, o‘limidan oldin u 355 patent, dunyoning yigirma mam­lakatida 90 ga yaqin korxona egasi edi.
Garchi Nobel hayoti davomida atrof-muhitni xarob qiluvchi ko‘pgina har xil portlovchi moddalarni kashf etgan bo‘lsa-da, u tinchlik tarafdori edi. Olim bo‘lishi bilan birga, u yaxshigina shoir ham edi. «Faqatgina adabiyot va fan insoniyat rivojining omili bo‘la oladi», — deb hisoblardi Alfred. Nobelning o‘limidan so‘ng undan to‘qqiz million dollarlik mablag‘ qoldi. Uning vasiyatiga binoan pullardan kelgan foyda kimyo, fizika, meditsina, adabiyot sohalariga ulkan hissa qo‘shgan insonlarni mukofotlash uchun mo‘ljallangan (keyinchalik iqtisod va tinchlik sohasida erishilgan ulkan yutuqlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo‘ldi). Mukofot 1901-yil­ning 10-dekabridan boshlab topshirilib kelinayotir. Har yilning shu kuni Stokgolm konsert zalida Shvetsiya qiroli Nobel mukofotiga munosib topilgan odamlarni mukofotlaydi.
(«Nobel mukofoti laureatlari» kitobidan)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish