86-mashq. Husnixatdan ruhiyatga. Kimligingizni bilmoqchi bo‘lsangiz, bir varaq qog‘oz oling. Fikringizni bir joyga jamlab, unga bir-ikki jumla yozing. So‘ng matndan quyidagilarni aniqlang:
1. Harflarning o‘lchami:
a) juda kichkina — 3 ball;
b) kichkina — 7 ball;
d) o‘rtacha — 17 ball;
e) katta — 20 ball.
2. Harflarning og‘ishi:
a) chapga og‘gan — 2 ball;
b) biroz chapga og‘gan — 5 ball;
d) o‘ngga og‘gan — 14 ball;
e) keskin o‘ngga og‘gan — 6 ball.
3. Satrning yo‘nalishi:
a) satr yuqoriga yo‘nalgan — 12 ball;
b) satr to‘g‘riga yo‘nalgan — 16 ball;
d) satr pastga yo‘nalagan — 1 ball.
4. Qalamni bosish darajasi:
a) yengil — 8 ball;
b) o‘rtacha — 15 ball;
d) juda kuchli — 21 ball.
5. So‘zlarni yozish usuli:
a) harflarni va so‘zlarni bog‘lashga intilish bor — 11 ball;
b) harflarni bir-biridan uzishga intilish bor — 18 ball;
d) aralash uslub — 15 ball.
6. Umumiy baho:
a) xat qunt bilan yozilgan, harflar aniq — 13 ball;
b) xat paydar-pay yozilgan, ba’zi harflarni o‘qib bo‘lmaydi — 9 ball;
d) xat yomon yozilgan,o‘qish qiyin — 4 ball.
Endi olingan natija bo‘yicha o‘zingizning kimligingizni aniqlang.
38—51 ball. Bunday husnixat odatda sog‘lig‘i yomonlashgan, keksaroq kishilarda bo‘ladi.
52—63 ball. His-tuyg‘ulari va kayfiyati ancha turg‘un bo‘lgan, sekin harakat qiladigan, yuz tuzilishidan biror ma’no o‘qish qiyin bo‘lgan, og‘ir, vazmin odamlar shunday yozishadi.
64—75 ball. Bunday husnixat egalari qat’iyatsiz, yumshoqko‘ngil bo‘lishadi. Ular soddaroq bo‘lsalar-da, o‘z qadr-qimmatini bilishadi.
76—87 ball. Dilkash va ta’sirchan, ochiq va ko‘nglidagini yuziga aytadigan kishilarga xos.
88—98 ball. Bu husnixat haqiqatgo‘y va intizomli, kuchli turg‘un ruhga ega bo‘lgan, tashabbuskor, har ishda hisobli, qat’iyatli odamlarga xos.
99—100 ball. Individualistlarning husnixati shunday bo‘ladi. Ular tez jahli chiqadigan yoki tez xursand bo‘ladigan o‘tkir aql sohibidirlar. Fikrlashda va faoliyatda boshqalardan o‘ta mustaqilligi bilan farq qiladi. Bunday odamlar tez xafa bo‘ladilar. Ular bilan muloqotda bo‘lish mushkul. Qobiliyatli va ijodga moyil odamlarga xos.
101—121 ball. Bunday husnixat egalarida mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi hamda ular intizomsizlik, qo‘pollik va o‘ziga bino qo‘yish xislatlariga ega.
87-mashq. «Mafkura — millat tug‘i», «Navro‘z tonggida», «Mas’uliyat va burch» mavzularining biri bo‘yicha matn yozing. Yozgan matningizdagi unlilarning ifodalanishiga e’tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |