O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Hikmatlarni o‘qing. Undosh tovushlarga tavsif bering



Download 0,51 Mb.
bet46/135
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740669
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Bog'liq
Hozirgi ozbek 1-bosqich

75-mashq. Hikmatlarni o‘qing. Undosh tovushlarga tavsif bering.

Donishmanddan so‘radilar:


— Qalblarni nima birlashtiradi?
— Muhabbat.
— Muhabbat nimadir?
— Ochiqqo‘llik va xushfe’llik.


* * *

Quloqlaring va og‘zing o‘rtasida ishni adolatli taqsimla. Qulog‘ing ikkita, og‘zing esa bitta. Demak, sen kam gapirib, ko‘p eshitishing kerak. «Hamma balo tildan keladi», degan naqlni unutma.




* * *

Ikki narsaning qadriga yo‘qotilgandan keyin yetiladi. Ular yoshlik va sog‘liq.




* * *

Buzrugmehr shunday deydi: «Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo‘lsa, bu — sog‘liq, o‘limdan ham qo‘rqinchliroq narsa bor bolsa bu — kasallik, hayotga teng narsa — boylik, o‘lim bilan barobar narsa — faqirlik».




76-mashq. She’rni o‘qing. Undosh tovushlarga tavsif bering. She’r­dagi g‘oyaga munosabat bildiring.

VATANINGNI o‘STIR...


Bir so‘z bor — yuksak tug‘ — iftixorimda,


Tirigimda — nomus, o‘lganimda — sha’n.
Bir so‘z bor —jon uning ixtiyorida,
Xudoday ulug‘ bir so‘z bordir —VATAN.
VATAN! Taqdiringning toshi bemiqdor,
Aytgin, fido bo‘lay qaysi bir toshga?
Birovning do‘stlar-u xorijlari bor,
Mening hech kimim yo‘q — o‘zingdan boshqa.
Aziz zamondoshim, ruhing — beorom,
Ammo ishonchingdan ziyo taralsin —
Har tong «Yo, VATAN» deb sachranib uyg‘on,
Dilingda «Qur’onday» — VATAN yaralsin.

Shubha shayton ishi. Ishonch bilan yur,


Ana, bobolarning sobit yo‘llari...
Avval VATANingni yuragingda qur,
So‘ng yerga ko‘chirsin uni qo‘llaring.
O‘stir VATANingni bog‘ kabi tuyg‘un.
Ishongin-u uni shu aziz yerga —
Hushyor bo‘l — beega qoldirma bir zum —
Farzandingdan boshqa hech kimga berma.
(Usmon Azimov)


Savol va topshiriqlar

1. Undosh tovushlarning hosil bo‘lishini tushuntirib bering.


2. Undosh tovushlar qanday tasnif qilinadi?
3. Undosh tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?
4. Undosh tovushlarni tasniflab bering.
5. Ong, tong, manglay, arang, kelinglar so‘zlari tarkibida kelayotgan ng tovushiga izoh bering.
6. Jon, jonajon, ajdar, g‘ijjak, jahon so‘zlari tarkibidagi j tovushining aytilishi va yozilishini tushuntirib bering.
7. Jarangli undoshlarni sanab bering.
8. Jarangsiz undosh tovushlarning xususiyatlari haqida gapiring.


FONEMA VA HARF

Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar ketma-ketligidan tashkil topadi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish