25-mashq. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»dan olingan so‘zlar va ularning izohlariga diqqat qiling. Mazkur o‘quv dargohlarida olib boriladigan ona tili ta’limining mushtarak tomonlari haqida fikr yuriting.
Akademik litsey — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradigan, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi uchun chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchi o‘rta maxsus o‘quv dargohi.
Kasb-hunar kolleji — tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradigan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini hisobga olgan holda ulardagi bilim va ko‘nikmalar chuqur rivojlantiriladigan, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradigan o‘rta maxsus o‘quv yurti.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
26-mashq. Quyidagi so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib oling va ularning izohlarini toping.
monitoring —
injenering —
muqobil xizmat —
raqobatbardoshlik —
printer —
beysik tili —
fayl —
uyali telefon aloqasi —
marketing —
sammit —
menejment —
diler —
27-mashq. Hikmatli so‘zlarni o‘qing. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» bilan uyg‘un tomonlarini belgilang.
G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini targ‘ibot etish zarur. (Avgustin) Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur. (Mahmudxo‘ja Behbudiy) Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. (Imom al-Buxoriy) Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat. (Suqrot) Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. (Amur Temur) Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu faoliyatdir. (Bernard Shou) Odamlar o‘qishdan to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar (Deni Didro). Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur. (Monteskye) Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar. (Bedil) Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. (Nizomiy Ganjaviy)
Do'stlaringiz bilan baham: |