O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Anesteziologiya va reanimatologiyada laboratoriya tahlillari va tashxislash usullari



Download 1,11 Mb.
bet17/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Anesteziologiya va reanimatologiyada laboratoriya tahlillari va tashxislash usullari. Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlarini tashkil qilishda ekspress laboratoriyaning tutgan o'rni juda muhim. Yuqorida qayd qilganimizdek, bu yerda ishlaydigan laborantlar maxsus tayyorgarlikdan o'tgan, yuqori toifali bo'lishlari kerak, chunki ularning bergan xulosasi davolash usulini aniqlab beradi. Boshqacha aytganda bemorning taqdiri ularning bergan ma'lu-motlariga bog'liq. Ekspress laboratoriya va uning xodimlari reanimatsiya bo'limiga bo'ysunib, ularning vazifalari shifokor reanimatolog va hamshiralarniki kabidir. Laboratoriya sutka davomida ko'pgina ko'rsatkichlar bo'yicha tekshirishlar o'tkazib berishi kerak.
Gemoglobin — qizil qon tanachalari tarkibida bo'lib, kislorod tashuvchi vazifasini bajaradi, uni aniqlash uchun chap qo'lning to'rtinchi barmog'idan qon olinib, xlorid kislotali gemometrga solinadi va suyultiriladi (standart eritmasiga qarab), javobi g/1 da beriladi.
Gemotokrit — qon zardobining eritrotsitlarga nisbati, yo'qotilgan qon miqdorini aniqlashga yordam beradigan ko'rsatkich. Uni aniqlash uchun maxsus shisha idish geparin eritmasi bilan chayqaladi, „P" belgisigacha barmoqdan qon olinadi va sentrafuga qilinadi, 30 daqiqadan so'ng javobi gr. foiz hisobida beriladi; normada 42—48 gr foizgacha bo'ladi. Ayol bilan erkaklar qoni tarkibidagi gemotokrit 3—4 gr foizga farq qiladi.
Qonning ivish tezligini aniqlash uchun to'rtinchi barmoqdan shisha plastinkaga qon olinadi va vaqt bo'yicha qonning ivishi aniqlanadi. Norma bo'yicha 3 daqiqadan boshlab 5 daqiqagacha iviydi.
Erkin gemoglobinni aniqlash uchun barmoqdan qon olinib, xlorid kislota eritmasiga qo'shiladi, o'ttiz daqiqa kutiladi; FEKda ham o'lchanadi. Normal holatda erkin gemoglobin bo'lmasligi kerak. Bu ko'rsatkichlarga qarab gemoliz va organizmning zaharlanish darajalari aniqlanadi.
Umumiy oqsil miqdorini aniqlash uchun, jigar funksiyasini aniqlash uchun ham bemor tomiridan 5 ml dan qon olinib laboratoriyaga yuboriladi. Laboratoriyada umumiy billirubin va fermentlar miqdori aniqlanadi.
Buyrakning ish faoliyatini aniqlash uchun siydikning umumiy tahlili, solishtirma og'irligi, oqsil miqdori, mikroskopiyasi, rangi va tiniqligiga e'tibor beriladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tahlil uchun berilgan idish toza bo'lishi kerak!
Qonda va siydikda qand miqdorini aniqlash uchun kasalning barmog'idan nahorda reaktiv ustiga qon olinadi, siydik ham yaqorida qayd qilganimizdek tekshiriladi. Normal holatda siydikda qon bo'lmasligi, qonda esa 5—5,5 mg % siydik bo'lishi kerak.
Bulardan tashqari, reanimatsiya amaliyotida gemo-kulturaga, Rayt-Xedelsonga hamda antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash maqsadida, qonning sterilligini aniqlash uchun ham tahlillar olishga to'g'ri keladi. Buning uchun maxsus tayyorlangan dori — qo'shimchalar (oziqalar) beriladi, uning ustiga steril sharoitni saqlagan holda 3—5 ml qon olinib, maxsus laboratoriyalarga yuboriladi.
Kislota va ishqorlar tengligini, qondagi kislorod miqdorini yoki PCO2 ni, ishqor va kislotalarni aniqlash uchun barmoqdan qon olinadi.
Orqa miya suyuqligini aniqlash uchun shifokorlar tomonidan olingan miya suyuqligi toza probirkalarga olinib laboratoriyaga topshiriladi; sitoz oqsil borligi, Panda reaksiyasi, qon bor-yo'qligi aniqlaniladi. Zarur bo'lganda qand miqdori aniqlanib, bir xulosaga kelinadi. Bulardan tashqari, tahlillar uchun balg'am, qorin bo'shlig'idan punksiya qilib va plevra bo'shlig'idan, turli xil gematomalardan yoki shishlardan suyuqliklar olinib, laboratoriyaga yuborilishi mumkin. Laboratoriya bergan javob yoki tahlil kasalni davolash uchun asos bo'ladi. Laboratoriya xodimlari o'z ishining ustasi, bilimdon, vijdonli bo'lishi, bajargan ishlarini to'g'ri tahlil qila olishlari, o'zgarishlar bo'lganda o'z fikrlari xususida shifokorlar bilan maslahatlasha olishlari kerak. Bilmaganlarini tajribali hamkasblaridan so'rab o'rganishlari, tajriba orttirishlari lozim.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish