O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Download 1,11 Mb.
bet12/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Jadal parvarish qilish ham reanimatsiyaning davomi hisoblanadi. Chunki og'ir holatga tushgan bemor bunday parvarishga muhtojdir, uning organizmi infeksiyaga va boshqa tasodifiy asoratlar sodir bo'lishiga juda moyil bo'lib, noxushlik holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Jadal kuzatish va jadal parvarish qilishga koma, shok holatida yotgan bemorlar juda muhtoj bo'ladilar. Ular uchun dori-darmondan ko'ra parvarish muhim ro'l o'ynaydi.
1.4. Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash bo'limining vazifalari
Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash xizmatining asosiy funksional tuzilishini anesteziologiya-reanimatologiya bo'limi tashkil qiladi.
Kasalxonalar, anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash bo'limlarining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 445- sonli buyrag'ida ko'rsatib o'tilgan bo'lib, quyidagilardan iborat:

  • reanimatsiya va jadal davolashga muhtoj bo'lgan bemorlarning, zamonaviy davolash usullarini qo'llab, hayot uchun zarur bo'lgan a'zolarining ish faoliyatini tiklash;

  • rejali va shoshilinch kelgan bemorlarni og'riqsizlantirishga tayyorlash va og'riqsizlan-tirish usullarini aniqlash;

  • tashxis qo'yish, turli nil tekshirishlar va muolajalarda hamda tug'uruqlarda og'riqsizlan-tirishni tashkil qilish;

  • kasalxonadagi tibbiyot xodimlarining reanimatsiya sohasidagi malakalarini oshirish;

  • boshqa bo'limlardagi reanimatsiya va jadal davolashga muhtoj bemorni reanimatsiya bo'limiga ko'chirish va ularni og'ir holatdan chiqarishda jadal davolash va reanimatsiya usullarini qo'llash, ahvoli yaxshilangandan so'ng kerakli bo'limga ko'chirish;

  • reanimatsiya bo'limidagi bemorlarning hayot uchun zarur bo'lgan a'zolarining ish faoliyatini tiklanishiga qadar reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llash;

  • qabulxonaga og'ir holatda keltirilgan bemorlarga reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llab, terminal holatga tushmaslik choralarini ko'rish;

— harakatdagi reanimatsiya xodimlari bilan doimiy aloqada bo'lib, zarur bo'lganda tashkiliy va nazariy hamda amaliy tarzda yordam berish;

  • operatsiya paytida organizmni turli xil shikastlardan asrash va og'riqsizlantirish va operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish;

  • kasalxona bo'limlarida o'tkazilgan muolajalar natijasida kelib chiqqan asoratlarni, noxush holatlarni o'rganib, shifokorlar konferensiyasida ma'ruza qilib, oldini olish choralarini ko'rish.

Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limining katta hamshirasi vazifasiga bo'limdagi hamshiralardan tajribalisi, ishini biladigan va o'z kasbiga javobgarlikni sezadigan, vijdonli, boshqalarga qaraganda bilimdon, talabchan, oliy toifali yoki malakali hamshi­ralardan bin tayinlanadi. Katta hamshiraga bo'limdagi hamma o'rta va kichik tibbiyot xodimlari bo'ysunadilar.
Katta hamshiraning vazifalari quyidagilar:
— ish davomida kasalxona va bo'limga taalluqli bo'lgan ko'rsatma va buyraqlarga bo'ysungan holda ishni tashkil qiladi;
— bo'lim boshlig'i bo'lmaganda, javobgar anesteziolog-reanimatologga bo'ysunadi;

  • reanimatsiya bo'limi vazifalariga asoslangan holda bo'limdagi o'rta tibbiyot xodimlarining ish jadvalini, o'rganiladigan mavzular jadvalini tuzadi va bo'lim boshlig'i bilan birgalikda tasdiqlaydi;

  • bo'limdagi mehnat intizomi va texnika xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena holatining to'g'ri saqlanishini ta'minlaydi;

  • bo'limdagi apparatlar, asbob-uskunalarning saqlanishi, ishlatilishi va ta'mirlanishini nazorat qiladi;

  • bo'limdagi dori-darmonlarning saqlanishi, sarf bo'lishi va ta'minlanishini hamda ularning yaroqli muddatini nazorat qilib boradi;

  • bo'limdagi narkotik dori-darmonlarning saqlanishi va qo'llanilishini nazorat qiladi;

  • bo'limda ishlatiladigan asboblar va anjomlarning yuqumsizlantirilishini nazorat qiladi;

  • bo'lim hamshiralarining bilimini oshirish yuzasidan amaliy ishlar qiladi va konferensiya mavzularini bo'lim boshlig'i bilan tuzadi. Uni jadval asosida o'tishini nazorat qiladi.

Katta hamshira hamma o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga ko'rsatmalar beradi, bo'lim boshlig'iga yaxshi ishlagan xodimlar ro'yxatini taqdim etadi, kasalxonadagi hamshiralar kengashida qatnashadi, bundan tashqari uch yilda bir marta o'qib o'z bilimini oshiradi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish