Ekspress laboratoriya — reanimatsiya bo'limining asosiy qismlaridan hisoblanib bo'lim yonida yoki ichida bo'lishi ishda ancha qulaylik yaratadi, chunki ayrim bemorlardan har soat va har damda tahlillar olib turishga va shunga qarab ish tutishga to'g'ri keladi (laboratoriya yo'li bilan kuzatish). Bu qism xodimlariga ham reanimatsiya hamshiralari yoki xodimlariga qo'yiladigan talablar qo'yiladi. Laborant yetishmaganda bo'limdagi hamshira laborant vazifasini bajaradi. Laboratoriyaning jihozlanishir ish sharoitiga qarab, intensiv palatadan farq qiladi. Bulardan tashqari, bo'limda xo'jalikxonalari, yechinib-kiyinadigan xonalar, xodimlarning dam olishi, ovqatlanishi uchun maxsus xonalar, shifokorlar xonasi bo'lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |