IX bob
T O'QIMALARNING UZOQ BOSILISH SINDROMI
9 .1.To'qimalarnmg uzoq bosilish sindromi va uning turlari
Bu sindrom oyoq-qo'llar yoki butun tananing uzoq vaqt davomida bosilib yotishi natijasida yuzaga keladi. Ko'p adabiyot-larda bu sindrom Krash sindromi, tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi, toksik shok, travmatik toksikoz, gemoglobin uremik nefroz atamalari bilan ham yuritiladi. Bu sindromning asosida ezilgan, majag'langan to'qimalardan katta miqdordagi miogemoglobin va boshqa toksik mahsulotlaming qonga o'tishi yotadi. Qon bosimining tushib ketishi, hushning yo'qolishi, siydik va axlatning beixtiyor ketib qolishi, keyinchalik oyoq-qo'llarning shishishi, kuchli og'riq, siydik miqdorining juda kamayib ketishi, rangining qizarishi bilan xarakterlanadi.
Bu sindrom shaxta qulaganda, yer qimirlashlar oqibatida ■ odamlarning uylar, tuproqlar tagida qolib ketishi natijasida sodir bo'ladi. Mast, behush kishilar uzoq vaqt — 8 soat bir holatda yotganda yoki yotqizilganda ham shu sindrom kuzatiladi. Bundan tashqari, uzoq vaqt oyoq, qo'lga jgut qo'yilgan bo'lsa, uni bo'shatgandan keyin ham shu sindromni kuzatish mumkin. Bu turniket shok (turniks jgut) yoki ozod qilish sindromi deb ham ataladi.
Uzoq bosilish sindromi o'ta og'ir kechib, uning quyidagi formalari mavjud:
Og'ir formasi ikki va undan ko'p segmentlarning 3—4 soat davomida bosilib turishidan yuzaga kelib, o'tkir nafas yetish-movchiligi, chuqur zaharlanishlar, o'tkir buyrak yetishmoy-chiligi, oligoanuriya, anuriya bilan kuzatiladi. Bu formasida o'lim 50—80 % ni tashkil qiladi.
O'rtacha og'ir formasi qo'l yoki oyoqlardan birining kamida 4 soat davomida bosilib qolishi natijasida kelib chiqib, yuqoridagi belgilar kuzatiladi. Oligoanuriya 5—12 kun davom etib, 2—2,5 oy davolaniladi. Bunda o'lim holati 20—30 % ni tashkil qiladi. Bu formasini davolasa bo'ladi.
Yengil formasi organizm segmentlaridan birining 3—4 soat davomida bosilib qolishida yuzaga kelib, oligoanuriya 1—7 kun davom etadi.
Patogenezida, asosan, uchta omil salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni, og'riq omili, plazmaning yo'qolishi, toksik omil.
O'tkir buyrak yetishmovchiligida zarar ko'rmagan a'zo qolmaydi, birinchi navbatda buyraklar ishi buziladi. Og'riq tomirlar spazmi, asablarning qisilishi, to'qimalarning shishishi, qonning quyuqlashishi natijasida kelib chiqadi. Toksemiya esa dekompres-siya qilgandan keyin sodir bo'lib, 75 % miogemoglobin, 66 % kaliy, 75 % fosfatlar hisobiga bo'ladi. Bosilib qolgan segment shishishi natijasida plazmayo'qolib, 80 % o'lim giperkalemiya hisobiga sodir bo'ladi.
Laboratoriya ko'rsatkichlarida kasallikning boshlanish davrida qon quyuqlashadi, gematokrit ko'payadi, giperkalemiya, gipernatremiya, fosfatomiya, gipoproteinemiya kuzatiladi; gemoglobin hisobiga siydik qon aralash keladi; siydikda mochevina miqdori 18—25 mg/mol va undan yuqori; siydikda silindrlar, oqsillar va eritrotsitlar ko'rinadi, solishtirma og'irligi past bo'ladi.
Biologik o'limda organizmda hayot uchun zarur bo'lgan bar-cha a'zolar faoliyati pasayadi. Yurak urishi to'xtaydi, bosh miya to'qimasi o'ladi, nafas olish to'xtaydf, hayotga qaytarishning iloji bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |