1.3. Reanimatsiyada jadal kuzatish va jadal parvarish qilish
Reanimatsiyaga keltirilgan bemorga darhol tez yordam ko'rsatiladi. Buning uchun bemor ko'rsatkichlari (tomir urishi, arterial qon bosimi, organizm harorati, nafas olishlar soni va holati, drenajlardan chiqadigan suyuqliklar miqdori, quyilgan suyuqlik miqdori, undan keyin sodir bo'ladigan bemor holatini, ajralib chiqqan siydik miqdori, vaqti, rangi, agar fistulalar qo'yilganbo'lsa, ulardan ajraladigan suyuqlik miqdori, quyi venoz bosimi, ajralgan ter miqdori, boylamlar holati, bemorning o'zini qanday tutishi va ichirilgan suyuqlik miqdori yoki boshqa holatlar)ni reanimatsiya varag'iga yozib borib, navbatchilik tugagandan so'ng uni jamlashtirib yuqorida qilingan ishlarni o'z imzosi bilan tasdiqlab borishga jadal kuzatish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |