Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari qanday shakllantiriladi?
2. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari qanday
sarflanadi?
2. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishini
nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini tushuntiring.
84
IV BO‘LIM QARIYALAR, YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY VA IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISH 8-mavzu: QARIYALAR VA O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ BO‘LGAN SHAXSLAR VA NOGIRONLARGA TIBBIY VA IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISH 8.1. Qariya va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs va nogironlar kategoriyasi tushunchasi Qariyalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va
nogironlarga tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqida so‘z yuritishda
bizningcha mazkur faoliyatning o‘zi haqida to‘xtalishdan olidin shu
faoliyat qaratilgan sub’ektlar to‘g‘risida so‘z yuritish maqsadga muvofiqdir.
Chunki biz fikr yuritayotgan masalada faoliyat to‘g‘ridan to‘g‘ri
sub’ektga yo‘naltirilgan. Sub’ekt deganda qariyalar, nogironlar va
o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslar nazarda tutilmoqda.
Masalan nogironlar. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «Nogironlarni
ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida
nogiron deganda aqliy yoki jismoniy nuqsoni borligi tufayli
mehnat faoliyati cheklangan va o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan
shaxslar tushunilishi aytib o‘tilgan.
Qariyalar deganda kimlar tushunilishi biron bir qonun xujjatida
muayyan kriteriyalar va me’yorlar bilan belgilab qo‘yilmagan, lekin
umumiy huquqiy va ijtimoiy jihatdan yondashilsa, erkaklar 60 yoshdan,
ayollar 55 yoshdan jismoniy imkoniyatlari tabiiy ravishda kamayib
boradi.
Shuni nazarda tutib fuqarolarning davlat pentsiya ta’minoti to‘g‘-
risidagi qonunda pentsiya yoshi sifatida alohida belgilab q’o‘yildi.
Demak biz shunga asoslanib qariyalik va boshqacha aytganda boshqalarning
ko‘proq e’tiboriga muhtojltk davrini shu davrdan boshlanadi
deyishimiz uqadar to‘g‘ri fikr bo‘lmaydi, chunki qariya va pensiya
yoshidagi shaxslarini yagona tushuncha sifatida qabul qilib bo‘lmaydi.
85
Ushbu fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, yuqoridagi shaxslar
jamiyatningh alohida ijtimoii muhofazaga muhtoj qatlami sifatida
e’tirof etish mumkin. Mazkur sub’ehktlarning maqomini belgilash
aniqlash tartibi quyidagi organlar tomonidan amalga oshhiriladi:
Nogironlikni belgilash — tibbiy mehhnat ekspertizasi komissiyasi
(TMEK) tomonidan aniqlanib ular tuman hokimliklari sog‘lihqni
saqlsh muassasalari, hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari bilan bihrgalikda ish olib borib va ularni moddiy texnik
bazasini shakllantirishda ishtirok etadi, shhuningdek homiylar yordami
va mablag‘i asosida yolg‘izlarning uyini ta’mirlash, moddiy hyordam
berish, protez ortopediya bilan ta’minlash, sanatoriya va dam olish
uylariga bepulh davolash uchun yuborish ularning salomatligini tiklash
bo‘yicha zarur chora tadbirlahrni amalga oshiradilar.
Mazkur ishlarni amalga hoshirish chog‘ida vujudga keladigan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish samahradorligini oshirish
maqsadida 2006 yil 7-sentyabrda qabul qilingan 459-sonli «2007-2010-
yillarda yolg‘iz keksalar va nogironlarni aniq ijtimoii muhofaza qilish va
ularga ijhtimoii xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora tadbirlari
dasturi to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
chiqarildi. Qarorda yolg‘iz keksa va nogironlharni yanada kuchliroq
ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takhomillashtirish,
ularni ijtimoii himoyalash uchun homiylar mablag‘larini
jalb qilish ko‘zda tutilgan.