O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Loyiha risklari va ularning tasnifi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

13.8. Loyiha risklari va ularning tasnifi
Loyihaviy risklar — bu investitsion loyihalarni amalga oshirishga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va uning samaradorlik darajasini pasay-
tiruvchi risklar (xavf-xatar) majmuyiga aytiladi.
Loyihaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:

loyihaviy faoliyatning bosqich va jarayonlariga ko‘ra;

investitsion loyihalarni tuzish jarayonidagi risklar;

investitsiya (qurilish) jarayonidagi risklar;

ishlatishga tayyorgarlik jarayonidagi risklar;

ishlab chiqarish jarayonidagi risklar.
Loyihada qatnashish imkoniyatidan kelib chiqqan holda:

ichki;

tashqi risklarga bo‘linadi.
Tashqi risklar darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ular orasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy-iqlim risklarni
alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Òashqi risklar investitsion loyiha-
ning barcha jarayonlarida ishtirok etishini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida, tashqi sabablarning namoyon bo‘lish shakllariga
quyidagilar kiradi:

moddiy-texnika ta’minoti;
1
È.È. Ìàçóð, Â.Ä. Øàïèðî, Í.Ã. Îëüäåðîããå. Óïðàâëåíèå ïðîåêòàìè.
Ó÷åáíîå ïîñîáèå (Ïîä îáùåé ðåäàêöèåé È.È. Ìàçóðà). 3-å èçä. Ì.,
«Îìåãà-Ë», 2004.


249

atrof-muhitni qo‘riqlash tadbirlari;

loyihaviy normativlarning o‘zgarishi;

ishlab chiqarish me’yorlarining o‘zgarishi;

eksport-import tartibining o‘zgarishi;

baholarni shakllantirish mexanizmining o‘zgarishi;

soliqqa tortish tizimidagi o‘zgarishlar;

loyiha bo‘yicha pudratchilarning bankrot bo‘lishi;

banklarning inqirozi;

xomashyo va energiya bahosining oshishi;

iste’molchilar talablarining o‘zgarishi;

raqobatning kuchayishi;

valutalar almashuv kursining o‘zgarishi;

inflatsiyaning kuchayishi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi risklarni chizma
shaklida keltiramiz:
Risklar
Sof risklar
Sun’iy risklar
Tabiiy
risklar
Ekolo-
giya
risklari
Siyo-
siy
risklar
Trans-
port
risklari
Mulkiy
risklar
Ishlab
chiqa-
rish
risklari
Savdo
risklari
Moli-
yaviy
risklar
Tijorat risklari
Investitsiya risklari
Pulning to‘lov qobili-
yati bilan bog‘liq
risklar
Infla-
tsiya
risklari
Valuta
risklari
Likvid-
lilik
risklari
Boy beril-
gan foyda
riski
Daromad-
ning
kamayish
riski
Bevosita
moliyaviy
yo‘qotish-
lar riski
Foiz
riski
Kredit
riski
Birja
riski
Bankrotlik
riski


250
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda asosiy risklar bu
bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lgan risklardir.
Shu jumladan, moliyaviy risklar.
Moliyaviy risklarning eng ko‘p tarqalgani quyidagilar:

Kredit risklari — bu qarz oluvchi (loyiha egasi) tomonidan
kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya’ni kredit summa-
sining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning shartnomada
ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.

Valuta riski — agar kredit berilgan valuta, loyiha mahsuloti
realizatsiyasi valutalari bilan mos kelmaganda paydo bo‘ladi.
Masalan, loyiha mahsuloti realizatsiyasi milliy valutada bo‘lib,
uni moliyalashtirish uchun olingan kredit summasi chet el valu-
tasida bo‘lsa, bunda valutalar o‘rtasidagi tafovut valuta risklarini
keltirib chiqarishi mumkin.

Foiz stavkalarining o‘zgarish risklari — investitsion loyihalarni
o‘zgaruvchan kredit stavkalari bilan moliyalashtirilganda paydo
bo‘ladi. Bunda kreditlar bilan moliyalashtirilganda investitsion
loyihalar uchun ajratilgan kapital summasining o‘sib kelish ehtimoli
katta bo‘ladi va loyihaning rentabellik darajasi pasayib ketishiga
asosiy sabab bo‘lishi mumkin.

Mamlakat risklari — tashqi risklar turiga kiruvchi loyihaviy
risklar hisoblanadi. Uning ma’nosi shundaki, mamlakatdagi ijti-
moiy-siyosiy ahvol va davlat siyosati, shu mamlakatda loyihalashti-
rilayotgan investitsion loyihaga zarar yetkazishi va uning bekor
qilinishigacha olib boriladigan risklar tushunilishi mumkin.
Mamlakat risklarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin,
ular mamlakatning siyosiy va iqtisodiy risklaridir:

Siyosiy risklar tarkibiga hukumatning siyosiy tomonlari bilan
bog‘liq bo‘lgan risklar kiradi;

Iqtisodiy risklar esa, mamlakatning soliq, valuta, boj va boshqa
shunga o‘xshash iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir.
Ma’muriy risklar — tashqi risklar turkumiga kiradi. Bular
loyihaviy faoliyat olib borish uchun olinadigan litsenziya, ruxsatno-
malar va hukumat bilan kelishuv hujjatlari hisoblanadi.
Investitsion loyihalar risklarini pasaytirish uchun ularni boshqa-
rish zarur bo‘ladi. Nazariya va amaliyotda risklarni boshqarishning
to‘rt uslubi bor:


251

Risklarni o‘lchash. Bunda, asosan, risklarni tahlil qilish, ularni
tartiblash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Riskni bartaraf qilish va nazoratlash — bunda shunday
boshqaruv olib borish lozimki, ishtirok etuvchilar riskning paydo
bo‘lishiga maksimal darajada ta’sir etmog‘i kerak yoki riskni pasay-
tirishga harakat qilishi lozim. Riskni nazorat qilish o‘z ichiga
yo‘qotishlarni chegaralash bo‘yicha chora-tadbirlarni oladi.

Risklarni sug‘urtalash. Bu uslub, moliyaviy sug‘urta qoplama-
lari yordamida yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi.

Risklarni ko‘tarish. Bu uslubda risklilik darajasi kichik bo‘lgan
taqdirda, ularni ishtirokchilar tomonidan qoplanishini tushunish
mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish