O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Soliq nazorati va soliq tizimini boshqarish



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.17. Soliq nazorati va soliq tizimini boshqarish
Soliq nazorati va soliq tizimi faoliyatini boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va unga bog‘liq bo‘lgan organlar
tomonidan olib boriladi. Ularning faoliyati Soliq kodeksi, «Davlat
soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari
1
bilan
tartibga solinadi.
Davlat soliq organlari quyidagi shakllarda soliq nazoratini
amalga oshiradilar:

soliq to‘lovchilarni hisobga olish;

soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni
hisobga olish;

budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan
tushumlarni hisobga olish;

kameral nazorat;

naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;

soliq tekshiruvlari;

fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;

aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shu-
ningdek, ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy
etish;

davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish-
dan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va
to‘liq tushishini nazorat qilish;

boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshira-
digan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.
1
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan
yo‘riqnomalar.


301
15.18. Soliq imtiyozlari
Soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod etish, ular to‘laydigan soliq
miqdorini kamaytirish kabilar soliq qonunchiligida soliq imtiyozi
deb yuritiladi. Soliq imtiyozlari ko‘p hollarda biror ishlab chiqarish
sohasini, faoliyat turini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Soliq-
lar davlatning moliya resurslari miqdoriga ta’sir qiladi. Shuning
uchun agar davlatning moliya resurslarini oshirishga zaruriyat
bo‘lsa, soliq imtiyozlari kamaytiriladi.
Agar korxona va tashkilotlar faolligini oshirish zarur bo‘lsa,
soliq imtiyozlari kengaytiriladi. Lekin makroiqtisodiyot darajasida
soliq imtiyozlarining ko‘p berib yuborilishi soliq to‘lovchilarda
boqimandachilikka moyillikni keltirib chiqaradi. Qo‘shnisi soliqdan
ozod bo‘lgan korxona yoki fuqaro shunday imtiyozlarni olish uchun
hamma ochiq va taqiqlangan usullarni ishga solishi mumkin. Soliq
siyosatida davlat xilma-xil imtiyoz turlarini qo‘llaydi. Korxona,
birlashma va tashkilotlarga soliqlardan beriladigan imtiyozlarni
uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. Soliqdan batamom ozod etiluvchilar.
2. Soliqdan qisman va vaqtincha ozod etiluvchilar.
3. Soliqqa tortiladigan foyda (daromad) bazasini kamay-
tirish.
Masalan, korxonada ishlovchi xodimlar tarkibida 50 % dan
ortig‘i nogironlar bo‘lsa, bunday korxonalar soliqdan tamomila
ozod etiladilar.
Agar korxonaning eksportga sotgan tovarlari korxona ishlab
chiqargan mahsulot hajmining 30 % idan kam bo‘lmasa, bunday
korxonalar foyda (daromad) soliq stavkasi 2 marta kamaytirilgan
holda soliq to‘laydilar.
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birja, tayyorlov ulgurji, vosi-
tachi, savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) birinchi tuzilgan yili
25 % va ikkinchi yili 50 % belgilangan soliq stavkasidan soliq
to‘laydilar. Uchinchi yili 100 % soliq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy
to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq
imtiyozlari, shuningdek, ularning soliq to‘lovchi tomonidan
qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.


302
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Moliya iqtisodiy kategoriya;

mikromoliya;
1. Moliya va moliyaviy munosabatlarning kelib chiqish sabablari va zarurligi
nimalardan iborat?
2. Moliya tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?
3. Nima uchun moliya iqtisodiy kategoriya hisoblanadi?
4. Moliya munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati nimada?
5. Moliyaning funksiyalari nimalardan iborat?
6. Moliya tizimi haqida so‘zlab bering.
7. Davlat moliyasi, korxonalar moliyasi tushunchalari qanday farqlanadi?
8. Davlat moliyaviy faoliyati tushunchasining mazmuni nimani anglatadi?
9. Moliyaviy mablag‘larni to‘plash usullari qanday?
10. Moliya bozori qanday bozor?
11. Moliya bozori qaysi bozorlarni o‘z ichiga oladi?
12. Aksiyalarning qanday turlari mavjud?
13. Veksel qanday maqsadlarda chiqariladi?
14. Obligatsiyaning qanday turlari mavjud?
15. Obligatsiyaning aksiyadan farqi nimada?
16. Xazina majburiyatlarini kimlar muomalaga chiqaradi?
17. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar egasiga qanday huquqlarni beradi?
18. Fyuchers deganda nimani tushunasiz?
19. Fond birjasida qanday savdo o‘tkaziladi?
20. Soliqlarning zarurligi nimada?
21. Soliqlar qanday vazifalarni bajaradi?
22. Soliqlarning qanday turlari mavjud?
23. Soliq obyekti deganda nimani tushunasiz?
24. Soliq imtiyozlari nima?
25. Proporsional, regressiv va progressiv soliq stavkalarining bir-biridan farqi
nimada?
26. Budjetning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni nimada?
27. Budjetning vazifasi nima?
28. Budjetning tasnifini aytib bering.
29. Budjet tamoyillari nimalardan iborat?
30. Budjet tizimi tushunchasi nima?
31. Budjet daromadlari deganda nimalarni tushunasiz?
32. Dotatsiya va subvensiya tushunchalarini aytib bering.
33. Budjet jarayoni tushunchasini ayting.
34. Budjet jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
35. Budjet loyihasi tayyorlanishida nimalar asos qilib olinadi?
36. Budjetlar ijrosi deganda nimani tushunasiz?
37. Budjet ijrosini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
38. Davlat budjetining kassa ijrosi tushunchasini aytib bering.
39. Budjet krediti nima?

makromoliya;

moliya tizimi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish