O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Soliq tizimining vujudga kelishi. Soliqlarning mohiyati



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.13. Soliq tizimining vujudga kelishi. Soliqlarning mohiyati
Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi sanaladi.
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida milliy boylikning muayyan
qismining davlat ehtiyojlari uchun jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Soliqlar jamiyatdagi mavjud
taqsimotga oid munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida bozor
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv
iqtisodiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi va shu tufayli ijtimoiy-
iqtisodiy xarakterga egadir.
Soliqlar ijtimoiy mazmunga ega ekanligi tufayli uning davlat
tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanishi unga
yuridik ma’no-mohiyat kashf etadi. Shuning uchun yuridik ma’noda
soliqlar deganda qonun bilan belgilangan, majburiy, tekinga, haq
to‘lanmasdan hamda qaytarilmaslik sharti bilan jismoniy va yuridik


295
shaxslar tomonidan davlat foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar
nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, soliqlar moddiy mohiyatga ham ega bo‘lib,
davlat ehtiyojlariga ajratilayotgan aniq pul summasini o‘zida aks
ettiradi. Bu esa soliqlarning moliyaviy kategoriyasi sifatida o‘ziga
xos funksiyalarni ado etishi bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi.
Soliqlarning funksiyalari
Fiskal (xazina to‘plash) funksiyasi. Uning yordamida davlatning
normal va bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan
davlat pul jamg‘armalari vujudga keltiriladi. Milliy daromadning
muayyan qismini ijtimoiy zaif qatlamlar foydasiga qayta taqsimlash
imkonini beradi. Davlat iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning fiskal
funksiyasi orqali ishtirok etadi.
Òartibga solish funksiyasi. Soliqlar vositasida davlat takror ishlab
chiqarish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazadi, uning sur’atlarini jadal-
lashtiradi yoki sekinlashtiradi, kapital jamg‘arilishini tezlashtiradi
yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lovga qobiliyatini kengaytiradi
yoki toraytiradi, mamlakat mintaqalari taraqqiyotida muvozanatni
ta’minlaydi. Òartibga solish funksiyasi fiskal funksiya bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Soliq mexanizmi deganda soliq solishning tashkiliy-huquqiy
me’yorlari va soliqqa tortishning boshqarish usullari yig‘indisi
nazarda tutiladi. Davlat soliq qonunchiligi orqali soliq mexanizmiga
yuridik shakl beriladi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning
jamiyatdagi o‘rnini aks ettiradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi. Jamiyat tomonidan yaratilgan
moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar va xodimlar),
davlat va jamiyat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, ular davlat va
jamiyat taraqqiyoti maqsadlari va xalq moddiy turmush farovon-
ligining yuksaltirilishiga yo‘naltiriladi. Soliqlar vositasida davlat
iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakat mintaqalari, kichik
va xususiy biznesning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy funksiya. Soliqlar va majburiy yig‘imlar tarzida to‘p-
langan moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy vazifalar hal etilishiga, aholi
muhtoj qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilini-
shiga, ijtimoiy infratuzilma faoliyati samarali tashkil etilishiga
imkon beradi.


296

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish