271
lash tufayli hosil bo‘lgan 20 mlrd so‘mlik ish haqi fondining
5 mlrd so‘mi daromad solig‘i shaklida, 15 mlrd so‘mdan iborat
qolgan 4 mlrd so‘mi turli to‘lovlar shaklida davlatga tegadi. Davlat
o‘ziga tekkan 11 mlrd so‘mni
budjet orqali qayta taqsimlab,
uning 5 mlrd so‘mini ijtimoiy himoyaga, 5 mlrd so‘mini mudofaaga
va 1 mlrd so‘mini boshqaruv xarajatlariga ajratadi.
B) Nazorat funksiyasi. Moliyaning ushbu funksiyasi bozor
iqtisodiyoti amal qilishining muhim iqtisodiy ta’sir usuli sanaladi.
Bu orqali mamlakatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy
faoliyatlari hamda ular tomonidan soliqlar, yig‘imlar va boshqa
to‘lovlarning amaldagi qonunlar asosida to‘g‘ri to‘lanishi, tashkil
etilgan fondlar mablag‘larining belgilangan aniq maqsad bo‘yicha
ishlatilishining nazorati ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Moliya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.
Rag‘batlantirish vazifasi. Bunda moliyaviy vositalar bo‘lgan
soliq, subsidiya, subvensiya kabilar bilan iqtisodiy faoliyat qo‘llab-
quvvatlanadi.
Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib,
uning foydasi ortadi. Natijada korxonada foydani ishlab chiqarishni
rivojlantirishga sarflash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Boj pulini
kamaytirish orqali eksport rag‘batlantiriladi. Kerak bo‘lganda
zararni qoplash uchun subsidiya berish korxonani moliyaviy
sog‘lomlashtirish vositasi bo‘ladi. Davlat tomonidan korxona va
tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak
berish orqali ularning ishi
rag‘batlantiriladi.
2.
Ijtimoiy himoyalash vazifasi.
Ushbu vazifani bajarish ikki
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
aholiga bepul va imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sohalar bo‘lgan
xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport kabi sohalarni
moliyalashga sarflaydi. Chunki bu sohalar g‘oyat serxarajat sohalar
bo‘lib, bevosita yuqori foyda olish imkonini bermaydi. Shuning
uchun shu sohalarni boshqarishni davlat o‘z zimmasiga oladi va
ularning faoliyatini moliyalash uchun mablag‘larni budjetdan yoki
budjetdan tashqari maqsadli fondlardan ajratadi;
aholining nochor va yordamga muhtoj qatlamlariga pul bilan
ko‘mak berishga ishlatiladi. Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy
qatlamlar borki, ular o‘z daromadlari bilan o‘zlarini to‘la ta’minlay
olmaydi. Shuning uchun ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan
pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Masalan, ishsizlar uchun
272
ishsizlik nafaqasi, ko‘p bolali oilalar uchun bolalar nafaqasi, nogi-
ronlar uchun esa nogironlik nafaqasi davlat budjeti yoki budjetdan
tashqari maqsadli fondlar tomonidan to‘lanadi.
3.
Iqtisodiy axborot berish vazifasi. Moliyada iqtisodiy faoliyat-
ning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy ko‘rsatkichlar
shaklini
oladi, ularga foyda, rentabellik, korxona likvidligi, uning pul mab-
lag‘lari va qarzining miqdori kabilar kiradi. Shularga qarab firma-
ning moliyaviy ahvoliga baho beriladi. Moliyaviy ahvol haqida
axborotning ikki manbayi mavjud:
a) korxona va firmaning o‘zi e’lon qiladigan moliyaviy ko‘r-
satkichlar;
b) auditorlik xizmati korxona va firmaning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida bergan xolisona axboroti. Moliya va uning vazifalarini
chizma tarzida ifodalaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: