136
va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu uch omil
bir-biriga mutanosib ravishda miqdor
va sifat jihatidan oshsa,
tovarlar va xizmatlar hajmi ham shunga mos ravishda ko‘payadi.
Agar biz jamiyatda yaratilgan daromadni bu fikrga asoslanib, aholi
daromadlari shakllantirilishida tamoyil sifatida foydalanadigan
bo‘lsak, uning hozirgi davrga mos kelmaydigan kamchiligi mavjud
ekanligini ko‘ramiz. Bu kamchiliklar shundan iboratki,
Sey va
Klark kapital va yer, tovar nafliligini yaratishda qatnashsa-da,
ular mustaqil ravishda qiymat yarata olmasliklarini ayta olmagan,
bu omillar ishlab chiqarish
jarayonida eskirishiga teng, ya’ni
amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga o‘tkazadi,
xolos. Yangi qiymatni esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishi-
ni e’tiborga olishmagan. Klark tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan
qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni ham
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan turli omillarning bir-
biriga mos kelishining zarurligini hisobga olmagan holda bayon
qilingan. Bu holat hisobga olinmay xarajatlar oshirib borilganda,
qo‘shimcha omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng
bo‘lishi kerak, ya’ni qo‘shimcha jalb etilgan ishchilar tomonidan
yaratilgan daromad ularga to‘langan ish haqiga, qo‘shimcha jalb
etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu
kapitalni sotib olish narxiga teng bo‘lishi kerakligini unutgan.
Yuqorida keltirilgan Sey va Klark yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni
hisobga olib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda yaratilgan milliy
mahsulotning hammasi bu uch omilning miqdori va unumdorligiga
qarab taqsimlanmaydi. Balki hozir amaliyotda kapital va yer omillari
uchun amortizatsiya ajratmalari, ya’ni fondlar tashkil qilinadi, so‘ngra
qolgan qismi bu omillarga qarab, uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Biz yuqorida faqat jamiyatda
daromadlarning taqsimlanishi
to‘g‘risidagi ayrim iqtisodchilar nazariy fikrlariga to‘xtaldik, xolos.
Aslida iqtisodiy adabiyotlarda bu mavzuda turli xil fikrlar ko‘p.
Shundan kelib chiqqan holda jamiyatdagi mavjud amaliy tajribalar-
ni hisobga olib yaratilgan daromadni taqsimlashning ayrim asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, daromadlarni taqsimlash
mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki har qanday
iqtisodiy faoliyatning moddiy asosini mulkchilik,
uning turli xil
shakllari tashkil etadi. Shu sababli mamlakatimizda yer davlat mulki,
kapital esa turli shaklda ish kuchining egasi alohida shaxs bo‘lib
turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari, ya’ni davlat,
137
jamoa, xususiy shaxslar o‘rtasida taqsimlanadi. Quyida milliy
mahsulotni taqsimlashning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Òaqsimot munosabatlari, eng avvalo, umumjamiyat manfaat-
laridan kelib chiqishi zarurligidan daromadlarning bir qismi davlat
ixtiyoriga kelib tushadi va ular turli xil tabiiy ofat va boshqa turli
xil tasodifiy hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun
zaxira
hamda
ijtimoiy himoya fondlarini tashkil qilish, davlatni boshqarish,
mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va
mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim
tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun ajratiladi.
Ular, odatda, soliqlar va boshqa xil yig‘imlar shaklida bo‘ladi.
So‘ngra shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish
vositalarining qiymati, ya’ni amortizatsiya summasi ajratiladi, chunki
bu summa asosiy kapitalni qayta tiklash uchun kerak bo‘ladi. Nihoyat,
qolgan qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital,
yer va ishchi
kuchi egalari o‘rtasida taqsimlanadi, ya’ni jamiyat a’zolarining
ixtiyoriga kelib tushadi. Bu jarayonda ishlab chiqarishda qatnashgan
har bir omil egalarining milliy mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda
ularning omilli daromadlari hisoblanadi va ular ish haqi, foiz, renta,
foyda, dividend shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: