77
holda taklif o‘zgarmay qolishi, hatto qisqarib ketishi ham mumkin.
Chunki narx oshganida ishlab chiqarish sarf-xarajatlari ham ortib
borishi mumkin. Òovar narxi bilan xarajatlar bir xil o‘zgarsa, foyda
miqdori o‘zgarmay qoladi. Agar xarajatlar sekinroq o‘ssa, foyda
ortadi, bordi-yu, xarajatlar narxdan tezroq o‘sib ketsa, foyda
qisqaradi. Binobarin, narxga qarab taklifning o‘zgarishi tovarni
ishlab chiqarish naqadar foyda berishiga qarab yuz beradi. Òaklif
o‘zgaruvchanligiga tovar narxidan tashqari, boshqa omillar ham
ta’sir ko‘rsatadi:
1.
Resurslar narxi. Bozorda resurslar narxi oshib ketsa, tovar
ishlab chiqarish xarajatini o‘zgartirib,
korxonaning foydasini
kamaytiradi. Misol uchun, gazlamaning narxi oshib ketsa, tikuv-
chilik korxonalari oladigan foydasining pasayishiga olib kelishi
mumkin yoki aksincha, gazlamaning narxi pasaysa, ishlab chiqarish
xarajatlarini qisqartiradi, natijada tikuvchilik foydasi ko‘payib,
ularning taklifi ham ko‘payadi.
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Korxonalarda yangi texnolo-
giyalardan foydalanish resurslar, ya’ni xomashyo, yoqilg‘i va boshqa
materiallar qimmatlashgan sharoitda
ham resurslarni tejashni
ta’minlab, xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Misol uchun,
O‘zbekistonga so‘nggi yillarda mevalarni qayta ishlash yangi
texnologiyalari kirib kelishi, ya’ni ulardan sharbat tayyorlash, quri-
tish usullaridan foydalanish natijasida bu tovarlarning sifati
yaxshilanishi, ulardan samarali foydalanish imkoniyatini oshirdi,
bu tovarlarga qo‘shilgan qiymat hissasining ko‘payishiga olib keldi,
natijada mamlakatimizda bog‘dorchilik sohasining foydasi ortib,
taklif ham ortadi.
3.
Boshqa, ya’ni o‘rinbosar tovarlar narxi. Bozorga xilma-xil
tovarlar taklif qilinadi. Bular orasida bir-birining o‘rnini bosadigan
tovarlar ham mavjud bo‘ladi. Shu
sababli bir tovar narxining
o‘zgarishi, boshqa o‘rinbosar tovar taklifini ham o‘zgartirishga
olib keladi.
4.
Narxning o‘zgarish ehtimoli. Bozor sharoitida, odatda, narxlar
o‘zgarib turadi. Agar narxning oshishi kutilsa, tovar taklifi qisqaradi,
chunki tovar taklif qiluvchilar narx oshguniga qadar tovarini
bozorga chiqarmay turishadi. Narx oshishi bilan taklifni oshiradi.
Narx pasayishi kutilayotgan bo‘lsa, tovar bozorga chiqarilib,
natijada taklif ko‘payadi.
78
5.
Òovar ishlab chiqaruvchilar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa,
bozorga shunchalik ko‘p tovarlar taklif etiladi, ishlab chiqarishni
kengaytirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar, bu, o‘z navbatida,
narxlarning o‘zgarishiga olib keladi.
6.
Davlat moliya siyosati. Bozordagi taklifga davlat moliya siyosati
bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki soliqlar korxona xarajatiga kiradi,
shu boisdan soliqlar ortsa,
taklif qisqaradi, ular kamaysa, taklif
ko‘payadi. Davlat ayrim tovar ishlab
chiqaruvchilarni budjetdan
pul berish orqali qo‘shimcha xarajatlarini qoplab, qo‘llab-quvvatlab
turadi. Shu yo‘l bilan davlat taklifini ko‘paytirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Òaklifning elastikligi ayrim tovarlarda namoyon bo‘lmaydi.
Shunday noyob tovarlar borki, ularning narxi qanchalik oshmasin,
baribir taklifi ko‘paymaydi. Misol uchun, ayrim osori-atiqa
buyumlar va adabiyot-san’at asarlari, yer, yerosti boyliklari narxlari
doimo oshib boradi, ammo ularning taklifi ko‘paymaydi.
Òaklif elastik bo‘lishi uchun narx ortishiga javoban tovarlarni
hozir yoki kelajakda ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘lishi
zarur. Buning uchun esa korxonalarda to‘la
ishlatilmay turgan
mashina-uskunalar, ishchilarni qo‘shimcha ishga jalb etish, qo‘-
shimcha xomashyo, yoqilg‘i va energiya topish talab qilinadi. Misol
uchun, anor sharbatining narxi oshganda, uni ko‘proq taklif etish
uchun qo‘shimcha anorzorlar tashkil etilishi zarur va uni qayta
ishlash uchun yangi korxonalar bo‘lishi kerak. Shunday qilinmasa,
taklif elastik bo‘lmaydi.
Òaklifning elastik bo‘lishiga mavsumiy ishlab chiqarish ham
ta’sir etadi. Misol uchun, yoz mavsumida dehqonchilik, bog‘dor-
chilik mahsulotlari taklifi ortishi bilan narxi pasayadi, lekin shunga
qaramay taklif ortadi.
Bozorda taklifi mutlaqo o‘zgarmay, noelastik qoladigan tovarlar
ham mavjud bo‘lib, ular ko‘proq yakka nusxada yaratilgan noyob
tovarlar hisoblanadi. Ular alohida kam uchraydigan ashyolardan
tayyorlanadigan, alohida iste’dod sohibi bo‘lgan hunarmandlar
tomonidan yaratilgan tovarlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: