O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Bozor segmenti va uning mezonlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2.7. Bozor segmenti va uning mezonlari
Bozorning bir qator o‘ziga xos segmentlari mavjud bo‘lib, har
bir segmentning o‘z xaridori bo‘ladi. Bozor segmentlari, asosan,
quyidagi belgilarga qarab ajratiladi, masalan, O‘zbekiston bozori-
ning segmentlarini tavsiflash uchun aholining xarid qobiliyati;
yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko‘rishi; kishi-
larning mehnat faoliyati; turmush tarzi; inflatsiya darajasi; bozor
infratuzilmasi kabilarni o‘rganib chiqib, uning holati ko‘rsatiladi.
Har qanday bozor o‘zining ixtisoslashgan segmentlariga ega bo‘ladi.
Jumladan, O‘zbekiston mehnat bozorining segmentlarini erkaklar,
ayollar mehnat bozori, malakali ishchilar, malakasiz ishchilar, sanoat
sohasi yoki qishloq xo‘jaligi, turli tarmoqlar uchun mutaxassislari
bo‘yicha va hokazolarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin.
2.8. Bozorning obyekti jihatidan turlanishi
Bozor o‘z obyekti jihatidan g‘oyat xilma-xildir. Bozorga tovar
va xizmatlar, ishlab chiqarish resurslari, ko‘chmas mulk, ish kuchi,
Mehnat bozorining
segmentlari
erkaklar mehnat bozori
ayollar mehnat bozori
malakali ishchilar mehnat bozori
malakasiz ishchilar mehnat bozori
sanoat sohasi mehnat bozori
qishloq xo‘jaligi mehnat bozori
va boshqa tarmoqlar uchun mehnat bozorlari







Bozor segmentlari


41
moliya, intellektual tovarlar chiqariladi va ular bozor obyektini
yoki aniqrog‘i, u yerdagi oldi-sotdi obyektini tashkil etadi. Bozorni,
obyektiga ko‘ra, quyidaga turlarga bo‘lish mumkin:
1. Iste’mol tovarlari bozori, ya’ni kishilarning kundalik hayoti
uchun zarur bo‘lgan, ya’ni iste’mol tovarlar va xizmatlar bozoridir.
Bu bozorda keng iste’mol buyumlari, oziq-ovqat, madaniy, maishiy
va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Bu bozorda
deyarli barcha aholi ishtirok etadi. O‘zbekistonda bu bozor turli
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: magazinlar, savdo uylari, firmalar,
supermarket, do‘konlar, oshxona, dehqon bozorlari, kiyim-kechak,
mashinalar bozorlari, novvoyxona va boshqalar.
Iste’mol bozorining o‘ziga xos katta bir tarkibiy qismi — bu
xizmatlar bozori hisoblanadi. Xizmatlar bozori ham mamlakati-
mizda juda tez rivojlanayotgan bozordir. Xizmatlar bozorining
ishtirokchilari juda ham xilma-xildir, jumladan, transport xizmati,
madaniy-maishiy xizmat, san’at, ta’lim, tibbiy xizmat va boshqa-
larni o‘z ichiga oladi.
2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha qurol-vositalar, resurslar
shu bozorda ulgurji savdo sifatida yuz beradi. Bu bozor, asosan,
savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyati orqali amalga
oshiriladi. Shuningdek, bu bozorda yer va boshqa ko‘chmas mulk
savdosi ham o‘tkaziladi. Bozor ishtirokchilari, asosan, ishlab chiqa-
rish korxonalari, shu resursga talabgor tadbirkorlar, resurs sotuv-
chilari bilan shartnomalar tuzadilar va iqtisodiy aloqaga kirishadilar.
Resurslar, asosan, tovar birjasida sotiladi. Òovar birjasi ulgurji
savdo bilan shug‘ullanuvchi tijorat korxonasi hisoblanadi.
Birja quyidagi savdo-sotiq operatsiyalarini amalga oshiradi:
birjada tovarlarni yetkazib berish haqida bitim tuziladi, sotiladigan
tovarlarning o‘zi emas, ularning namunasi va uni tasdiqlovchi
hujjat qo‘yiladi. Òovar birjasida tuziladigan bitimlarda kelajakda
yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham hisobga olinishi
mumkin. Bo‘lg‘usi hosil uchun savdo bitimi ilgariroq tuzilib,
tovarni yetkazib berish hosil yig‘ilganidan keyin yuz beradi. O‘zbe-
kistonda ham birja savdosi tez rivojlanayotgan soha sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Birja uyushgan bozor hisoblanib, bu yerdagi savdo-
sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Òaraqqiy etgan
mamlakatlarda birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisos-
lashgan birjalar ayrim tovarlarning turlarini, ya’ni metall, don,
paxta, yog‘och va hokazo tovarlarni sotishlari mumkin.


42
3. Ish kuchi yoki mehnat bozori — turli adabiyotlarda ish kuchi
yoki mehnat bozori deb ham nomlanadi. Bu bozorda, asosan, ishchi
kuchlari bilan oldi-sotdi qilinadi. Ish kuchi maxsus tovar bo‘lgani
uchun uning bozori o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ish kuchi insonning
mehnat qila olish qobiliyatidir. Ish kuchi sotilganda, aslida uning
mehnat qilish qobiliyati sotiladi va olgan odam esa uning ana shu
qobiliyatini sotib oladi. Lekin ish kuchi o‘z egasi bilan birga qoladi,
chunki uni inson jismidan ajratib bo‘lmaydi. Mehnat bozori mehnat
birjalarida yoki ishchi yollovchi vositachi firmalardan va, nihoyat,
kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o‘zidan iborat.
4. Moliya bozori ham hozirgi vaqtda keng tarqalgan bozorning
maxsus turidir. Moliya bozorini boshqacha qilib, pul bozori deyish
ham mumkin. Moliya bozorini keng ma’noda moliyaviy mablag‘lar
va ularga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bozori deb tushunish
mumkin. Chunki moliya bozori qarz yoki kredit bozori, qimmatli
qog‘ozlar bozori va valuta bozorlaridan iborat. Valuta, kredit
bozorlari, asosan, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari
tomonidan amalga oshiriladi.
5. Qurol-aslaha bozori — bu bozorning maxsus turi hisoblanib,
asosan, qurol-yarog‘lar sotiladi. Bu yerda ko‘proq oldi-sotdi
subyekti sifatida davlatlar qatnashadi. Chunki har bir davlat o‘z
xavfsizligini ta’minlash uchun eng zamonaviy harbiy texnika va
qurollar sotib olishga majbur bo‘ladi. Bu bozor, ayniqsa, so‘nggi
yillarda juda ham rivojlanib ketgan, chunki o‘ta monopollashib,
faqat ayrim, juda taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan egallab
olingan. Bu bozorda asosiy o‘rinni AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar monopol raqobat
asosida egallab olishgan. Shuni aytish kerakki, ayrim mamlakatlarda
qurol-yarog‘larni ochiq sotishga ruxsat etilgani bois ularda mayda
qurollar alohida sotilishi mumkin.
6. Intellektual tovarlar bozori, odatda, aqliy mehnat mahsuli
bozori deb ham yuritiladi Bu bozorda ilmiy-texnik ishlanmalar,
g‘oyalar, texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, adabiyot va
san’at asarlari, ijrochilik xizmati, teatr va boshqa turli tomosha
xizmatlari sotiladi. Bu bozorning boshqa bozorlardan muhim farqi,
bozorda qatnashuvchi subyektlar davlatdan patent va litsenziya,
ya’ni ruxsatnoma olishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bu bozor
O‘zbekistonda juda tez va keng rivojlanib borish tendensiyasiga
egadir, chunki mamlakatimiz aholisining daromadlari kundan
kunga oshib, bu bozor taklifiga qiziqish ortib bormoqda.


43
Bozor o‘zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy,
milliy va jahon bozorlariga bo‘linadi. Bozor iqtisodiyoti tizimida
bozor ko‘lami ham muhim ahamiyatga ega. Bozor ko‘lami — bu
bozorning katta-kichikligi bo‘lib, uning mezoni bozordagi tovar
aylanmasi bilan o‘lchanadi. Bozorning ko‘lami ishlab chiqarilgan
mahsulot va xizmatlarning miqdoriga va ularning tovarlilik
darajasiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish