14.6. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari.
Ouken qonuni
Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari mavjud bo‘lib,
uning ham ijobiy va salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqamiz. Uning
ijobiy oqibati shundaki, ishsiz bo‘lib qolish xavfi kishilarni yaxshi
261
ishlashga, mehnat intizomini buzmaslikka, mehnat unumdorligini
oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, o‘z ish joyini qadrlashga
undaydi. Ishsiz yurganlarni o‘z ustida ishlashga, bilim va malakasini
oshirishga, yangi zamonaviy kasblarni egallashga majbur qiladi.
Ishsizlik ishchi kuchining harakatchanligini oshiradi. Uni erkin,
mamlakat ichida va hatto mamlakatlararo ko‘chib yurish orqali
bo‘lsa ham o‘ziga ish topishga majbur qiladi. Buning natijasida
ishchi kuchiga muhtoj bo‘lgan korxonalar ishchi kuchiga ega
bo‘ladilar. Mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan ayrim hududlardan
mehnat resurslari kam bo‘lgan hududlarga ko‘chib boradilar. Bu
jarayon orqali mehnat resurslarining samarali taqsimlanishi va
qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozordagi talab va taklif qonuniga
binoan taqsimlanish sodir bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, mamlakatning
iqtisodiy o‘sishiga olib keladi.
Ishsizlikning salbiy oqibatlari shundaki, mamlakatdagi meh-
natga faol aholining bir qismi ishlamay, mahsulot va xizmatlarni
yaratishda qatnashmaydi. Agar ishsizlik uzoq vaqt davom etadigan
bo‘lsa, ishsiz yurgan kishi o‘z kasbiy malaka va tajribasini
yo‘qotadi. Ishsizlarga davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi
to‘lanadi, bu, o‘z navbatida, ishlayotganlar zimmasiga soliq yuki
sifatida tushadi. Ishsizlarning oilaviy daromadlarining pasayib
ketishi bozordagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning pasayishiga
olib keladi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Ishsizlar daromadlarining pasayishi ularning noroziliklariga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun davlatimiz tomonidan har yili bir
millionga yaqin yangi ish joylari tashkil etish rejalashtirilgan.
Ayniqsa, mamlakatimiz yoshlarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha
maxsus dastur qabul qilingan bo‘lib, uning bajarilishiga hukumat-
ning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Jumladan,
kollejlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor
berilmoqda.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani har qanday mamlakatda ishsizlik-
ning «tabiiy darajasi» mavjud bo‘lishini va u ishchi kuchi bozorida
talab va taklifning, ya’ni ish izlovchilar soni bilan bo‘sh ish o‘rinlari
soniga teng kelganda vujudga kelishini ko‘rsatib beradi. Ishsizlik-
ning «tabiiy darajasi»ni aniqlash hozirgi vaqtda anchagina murak-
kab hisoblanadi. Chunki, ko‘pincha, ishsizlik darajasi «tabiiy
262
daraja»dan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo‘lishi mumkin.
Buning sababi ishchilarning belgilangan ish vaqtidan ortiqcha
ishlashi va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lishi kabi holatlar bilan
bog‘liqdir.
Ishsizlikning tabiiy darajasining miqdoran aniq hisoblanishi shart
emas, u mamlakatlarda sodir bo‘ladigan tartibiy o‘zgarishlar, ya’ni
qonunlar qabul qilinishi oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Agar
o‘tgan asrning 80—90-yillarida friksion va tarkibiy ishsizlarning
muqarrar darajasi ishchi kuchining 4—5 % ini tashkil qilsa, bu
normal holat deb hisoblangan. Biror mamlakatda ishchi kuchining
95—96 % i band bo‘lganda, to‘liq bandlilikka erishildi deyilgan.
Hozirgi davrda jahon iqtisodchilari ishsizlikning «tabiiy darajasi»
8—10 % ga teng bo‘lishini ham muqarrar hol deb hisoblaydilar
va uni ijtimoiy xavfli emas deydilar.
Hozirgi vaqtda g‘arb iqtisodiy adabiyotida ishsizlarga ish bilan
band bo‘lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda mehnat
birjalarida ro‘yxatdan o‘tgan kishilar kiradi deb ko‘rsatiladi. Lekin
biz ishsizlar sonini hisoblashning shu usulidan foydalangan holda
amalga oshiradigan bo‘lsak, O‘zbekistonda, ayniqsa, qishloq joylar-
da yashovchi aholining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan qismi
ishlashni xohlasa-da, «ishsizlar» sifatida bandlik xizmati muassasala-
ridan ro‘yxatdan o‘tmaganligini bilamiz, natijada ishsizlikning
haqiqiy darajasini to‘g‘ri aniqlay olmaymiz. Bu pirovard natijada
qo‘shimcha ish joylarini tashkil qilish va ishsizlikni bartaraf
etishning boshqa chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xalaqit beradi.
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan
tavsiflanadi: bandlik xizmati muassasalariga ishga joylashtirish
bo‘yicha 2014-yilda 5,4 ming kishi murojaat qilgan. Xuddi shu
yilga mamlakatda qabul qilingan «Bandlik» dasturini bajarish doira-
sida 970 mingdan ortiq kishi yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari
rejalashtirilgan.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari mamlakat bo‘yicha ishlab
chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot
ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun yetarli miqdorda
ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa, tovar ishlab chiqarish
mavjud imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyot-
larda bu yo‘qotish yalpi milliy mahsulot (YMM) hajmining orqada
qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YMMning potensial
263
YMMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi
shunchalik katta bo‘ladi.
Ushbu makroiqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullangan
amerikalik olim Artur Ouken ishsizlik darajasi va YMM hajmining
orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik tadqiq qilishi
natijasida o‘zining Ouken qonuni deb atalmish qonunini yaratgan.
Ushbu qonunga ko‘ra, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning
tabiiy darajasidan 1 % ortiq bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi
2,5 % ni tashkil qilishini ko‘rsatadi, ya’ni 1:2,5 yoki 2:5 bo‘lgan
bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog‘liq ravishda
mahsulotning mutlaq yo‘qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi.
Masalan, 2013-yil ishsizlik darajasi 5 % ga yetgan yoki ko‘zda
tutilgan 4 % li tabiiy darajadan 1 % yuqori bo‘lgan. Bu 1 % ni
Ouken koeffitsiyenti 2,5 ga ko‘paytirib, shu yili YMM hajmining
orqada qolishi 8,75 % ni tashkil qilishini aniqlaymiz.
Iqtisodiyotda bundan boshqacha hollar bo‘lishi mumkin. Masa-
lan, mamlakatda ishlab chiqarishni jadallashtirish, smenali ish
tashkil qilish, texnik, texnologik, innovatsion yangiliklardan
foydalanish yo‘li bilan milliy mahsulotning haqiqiy hajmi umumiy
imkoniyati hajmidan ortib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |