Sim, setka va shtamp listlar bilan qoplangan filtrlar. Bunday
turdagi filtrlarda tayanch asosi sifatida perforatsiyalangan quvurlar
ishlatiladi. Sim bilan o‘ralgan filtrlar tayyorlash eng sodda.
Diametri 1,5 dan 6 mm gacha bo‘lgan zanglamaydigan sim karkas
ustiga o‘raladi. Simlar orasidagi tirqish suvli gorizontni tashkil
etuvchi jins zarrachalari o‘rtacha diametriga mos ravishda olinadi
(8.4-rasm).
Perforatsiyalangan quvur ustiga o‘rashda uning bo‘yiga
40—60 mm aylanma bo‘ylab qovurg‘a kamari qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |