Juda ko`p ishaltiladigan bo`limlar
Umuman olganda yuqorida aytib o`tganidek kontekst menyu bo’yruqlari asosan ajratilgan ob'ektga bog`liqdir, lekin juda ko`p uchraydigan bo’yruqlar (bo`limlar) quyidagilardir (1.11-rasm):
Вырезать (Qirqish) - ajratilgan ob’ektni qirqib olib almashtirish buferiga joylashtiradi, bunda asl ob’ekt o`chiriladi;
Копировать (Nusxa olish) – ob’ektning nusxasi almashtirish buferiga joylashtiriladi, bunda asl ob'ekt o`z joyida qoladi;
Вставить (Qo`yish) – almashtirish buferida mavjud bo`lgan ob’ektni ko`rsatilgan joyga joylashtirish (qo`yish);
Открыть (Ochish) – disklar, hujjatlar va papkalarni ochish, fayllarni ishga tushirish va h.k.;
Проводник (Boshlovchi) – boshlovchini ishga tushiradi;
Отправить (Jo`natish) – fayl (papka) larni diskka, elektron manzilga va h.k. larga jo`natish;
Создать (Tashqil qilish) – yorliq, matnli hujjat, papka, amaliy dasturlar fayllari va h.k. tashqil qilish;
Удалить (O`chirish) – ob’ektni o`chirish;
Переименовать (Qayta nomlash) – tanlangan ob’ektning nomini o`zgartirish, ya’ni piktogramma ostidagi yozuvni o`zgartirish;
Упорядочить значки (Belgilarni tartiblash) – piktogrammalarni nomi, tipi, hajmi, tashqil qilingan sanasi yoki avtomatik saralash;
Выстроить значки (Belgilarni tekislash) – piktogrammalrni ma’lum jadval asosida tekislash uchun xizmat qiladi;
Отменить (Bekor qilish) – amalni bekor qilish;
Свойства (Xossalar) – ob’ektning xossalarini ko`rish va kerak bo`lganda ularni sozlash uchun xizmat qiladi.
Agar disklar uchun kontekst menyu ishga tushirilsa, u holda menyu bo`limlarida Форматировать (Formatlash) bugrug`i ham mavjuddir. Bu bo`limni ishga tushirishda extiyotkorlik zarur. Chunki bu bo’yruq ishga tushirilganida joriy diskni formatlash mumkin, ya’ni undagi barcha ma’lumotlar o`chiriladi.
Oynalar WINDOWSning asosiy tushunchasidir (“windows” ingliz tilida “oynalar” degan ma’noni anglatadi). WINDOWS da har bir dastur yoki hujjat o`z oynasiga ega. Oyna – bu foydalanuvchi ishlayotgan biror dasturga tegishli bo`lgan ekranning tasviriy ajratilgan bir qismidir. Oynaning kattaligi ham ixtiyoriy, ham belgilangan o`lchamlarda bo`lishi mumkin. Oyna butun ekranni yoki uning bir qismini egallaydi yoki oynani piktogramma ko`rinishida yig`ilib, masalalar paneliga joylashtirilgan bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqib oyna aktiv yoki aktivmas bo`lishi mumkin. Ba’zan birgina ekranda bir nech dasturlar oynasi ochilganini ko`ramiz. Oynalar bir–birini qisman yoki to`liq berkitishi mumkin, ammo qaysi oynaga murojaat qilinsa, o`sha oyna aktiv oynaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |