Bonitirovka natijalarini jamlashda zog‘orabaliq quyidagi eks- teryer ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
P
semizlik koeffitsiyenti K = — ■ 100;
L
bu yerda: P — baliqning og‘irligi; L — boshidan tangachali qop- lamning oxirigacha bo‘lgan tana uzunligi;
tana balandligi indeksi L;
bu yerda: H — baliqning eng yuqori balandligi;
baliq tanasining qalinligi B ■ 100; bu yerda: B — baliqning qalinligi.
Bonitirovka usullari. Bonitirovka baliqlarni erta bahorda qish- lagan hovuzlardagi baliqni tutish davrida o‘tkaziladi. Naslli baliqlarni tortish uchun turli xil moslamalar qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda metall yoki yog‘och karkaslarga berkitilgan brezentli zambil — kajavalardan foydalaniladi. Naslli va katta yoshdagi ta’mirlovchi baliqlar — 50 g, ikki va uch yoshli baliqlar 10 g aniqlikda o‘l- chanadi. Baliqlar o‘lchov taxtalarida o‘lchanadi. O‘lchov taxta- larining o‘lchamlari katta baliqlarning ham o‘lchanishini ta’min- lashi lozim (80 m uzunlik, 25 sm eni va 20 sm balandligi).
Naslli baliqlarning yoshi seriyali belgilar yordamida aniqla- nadi, agar baliqlar galasi belgilangan bo‘lsa, naslli baliqlar yoshi tangalaridagi yillik halqalar soniga qarab aniqlanadi. Buning uchun yelka suzgichlarining pastidan 1—2 tangacha olinadi va nashatir spirtining kuchsiz eritmasidan yuvilib, ikkita oyna oralig‘iga qisilib, lupa yordamida yillik halqalar ko‘riladi. Halqalar soni baliqlar yoshiga to‘g‘ri keladi. Sog‘liq holati vizual usulda aniqlanadi.
Baliqlarni bonitirovka qilishda uning urg‘ochi va erkakligini bilish uchun bahorgi bonitirovka vaqtida zog‘orabaliq urg‘o- chisining qorni yaxshi ko‘rinib turadi. Do‘ngpeshana va amur
3
34-rasm. Erkak va urg‘ochi baliqlami jinsiga ko‘ra ajratish.
1
2
baliqlarining barcha yetuk erkaklarida ko‘zga tashlanadigan bel- gisi ko‘krak suzgichlarining birinchi yonidagi ketiklaridir. Ur- g‘ochilarida esa bu yoy silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvul- diriq qo‘yishga tayyor ekanligini qornidan ham bilish mumkin. Shuningdek, suzgich qanotlarining joylanishiga hamda orqa suz- gich qanotlarining dum tarafiga qarab bilish mumkin.
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan oldin boqish uchun hovuzlarga quyiladi. Odatda, bu yaxshi tekislangan, maydoni 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan, baliqlarni ovlash va transport yaqin kelishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan hovuzlardir. Baliqlar bu hovuzlarda 200—300 ekz/ga zichlikda uvuldiriq qo‘yishga qadar boqiladi. Inkubatsiya kampaniyasi mobaynida hovuzlardan baliqlarning kerakli soni ovlab olinadi. Zog‘orabaliqning urg‘ochilari boqila- yotgan bunday hovuzlarga «yovvoyi» mayda sazan baliqchalari yoki tovar to‘dasidagi zog‘orabaliqlar tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ular hovuzda rejalashtirilmagan uvuldiriq tashlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin.
Baliqlarning yoshini aniqlash. Turli baliqlarning yashash muddati turlichadir. Odatda, katta tirik vazngacha o‘sa oladigan baliqlar uzoqroq, kichik baliqlar esa kamroq yashaydilar. Uzoq yashaydigan baliqlar kechroq, kam yashaydiganlari esa ertaroq jinsiy voyaga yetadi. Oq bakra, bakrabaliq kabi baliqlar 100 yosh- gacha, zog‘orabaliq, laqqa, cho‘rtanbaliq, amur kabi baliqlar 30 yil va undan ko‘proq yashaydilar. Uzoq Sharq mintaqasidagi suvlarda yashovchi kit, gorbusha, chavicha deb nomlanuvchi baliqlar esa atigi 2—5 yil yashaydi, xolos.
Baliqlarning yoshini ularning tangachalaridagi yillik halqalar soniga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu halqalar qish mavsumida baliq- larning o‘sishi to‘xtagan yoki o‘ta sekinlashgandan keyin, suvning harorati ko‘tarilib, o‘sishi jadallashgan oraliqda hosil bo‘ladi. Tangachalar tanadan yulib olinib, nashatir spirti bilan yuvilsa, undagi yillik halqachalarning ko‘rinishi osonlashadi. Ushbu halqa- chalar qancha bo‘lsa, baliqlar shuncha yoshga kirgan bo‘ladilar.
Tangachalari yoki unda halqachalari bo‘lmagan baliqlarning yoshini suzgich qanotlarining suyaksimon tig‘larini olib, undan mikroton yordamida yupqa qalinlikda kesmalar tayyorlanadi. Bu kesmalarni ksilol, benzol yoki toluolda yuvib, mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rilganda, yillik halqalarini ko‘rish va sanash mumkin. Ushbu halqalari soniga ko‘ra ham baliqlar yoshini aniqlaydilar. Baliqlarni o‘lchash shakli 35-rasmda berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |