Oq do‘ngpcshanabaliq (Hypophthalmichthys molitrix)
Oq do‘ngpeshana — tolstolobik baliq zotining vatani Amur va ba’zi bir Uzoq Sharq daryolari hisoblanadi. Yirik baliq bo‘lib, tanasi torpedasimon, qorin qismida qili bor, chetlari yalpoq shaklda bo‘ladi. Ko‘zlari past joylashgan, mayda tangachali, og‘zi tepaga qaragan. Uzunligi 1 m va vazni 16 kg. Faqatgina sun’iy yo‘l bilan gormonal qo‘zg‘atish yordamida ko‘paytiriladi.
Serpushtligi 460000—54000 uvuldiriq beradi, urg‘ochilari 3—4 yoshligida tanasining uzunligi 50—55 sm (dumsiz) va tana og‘irligi 3—3,5 kg bo‘lganda voyaga yetadi. Erkagi urg‘ochisidan avvalroq yetiladi.
Ko‘paytirishda 4 yoshlik baliqlardan foydalaniladi. O‘zbekiston sharoitida urchitiladigan oq do‘ngpeshanali baliqning serpushtligi tabiiy hovuzlarda — 5 mln gacha, sun’iy hovuzlarda — 1 mln dan yuqori, me’yoriy nasldorligi — 500 ming uvuldiriqdan iborat bo‘ladi. Kunlik oziqasi tirik vaznining 17 % ini tashkil etadi.
Dastlabki ikki hafta mobaynida lichinkalar zooplankton or- ganizmlar (kolovratkalar, mayda qisqichbaqalar) bilan oziqla- nadi. To‘da bo‘lib suzadi, shuning uchun bir hovuzda hamma baliqlar ko‘pincha bir kattalikda bo‘ladi.
Oq do‘ngpeshana fitoplankton bilan oziqlanishi bo‘yicha eng ko‘p yetishtiriladigan baliq sanaladi. Fitoplanktonni ko‘payti- rish uchun hovuzga faqatgina o‘g‘it solish yetarli.
Bu baliq turini polikulturada karp va oq amur bilan birgalikda yetishtirish samarali hisoblanadi. O‘zining jabralari bilan boshqa baliqlarning jabralaridan keskin farq qiladi.
Oyquloqli changchi naychasi, o‘sish va rivojlanish jarayonida butun setkali qism hosil bo‘ladi, bu oziqa tarkibiy qismini filtr- lashni yengillashtiradi. Bu baliqning ichaklari uzun shovqin-su- ronda hamda turli xil ovoz chiqarilganda suvdan o‘zini 2—3 m balandlikka otadi, 9—10 °C da oziqlanishni to‘xtatib, qishda o‘rada saqlanadi.
Qo‘shimcha baliq turlari
Qora amur (Mylopharyngodon piceus) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur daryosi havzasida, Sharqiy Xitoy va Tayvan orolida tarqalgan chuchuk suv balig‘i, daryo va ko‘llarda yashaydi. O‘rta Osiyoga 1960-yili oq amur va xumbosh baliq bilan
birga keltirilgan. Bo‘yi 120 santimetrcha, og‘irligi 35 kilogramm- gacha boradi. Ustini qoplagan qora tangachalari yirik, qorin to- moni oqishroq. Halqum tishlari 1—2 qator, katta va yaxlit bo‘lib, chig‘anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari maydalab tashlaydi. Kichkina og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan.
Qora amur sekin o‘sadi, 7—9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik uvuldirig‘ini iyun-iyul oylarida, daryoning suvi ko‘tarilib, harorati 26—30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi. Oziqasi molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng tarqalgan va ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi, yiliga 300 ming sentner va undan ham ko‘proq miqdorda ovlanadi. Qora amur O‘rta Osiyo hovuz xo‘jaliklarida ko‘paytirilmoqda.
Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni) — karpsimonlar oilasining bir turi. Zarafshon havzasi, Sirdaryo va uning Angren, Chirchiq kabi irmoqlarida, Amudaryoning Surxon va Kofirnihon irmoqlarida hamda Qashqadaryoda tarqalgan. Daryo tarmoqlari, katta-kichik ariq va soylar, kanal va suv omborlarining qirg‘oqqa yaqin yerlari va qo‘ltiqlarida yashaydi.
Hasharotlarning suvdagi lichinkalari, mayda molluskalar kabi jonivorlar va suvo‘tlar bilan oziqlanadi.
Zarafshon oq chebagi ikki yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini fevral-aprel oylarida tashlaydi, serpushtligi yoshiga bog‘liq. Kat- talarining uvuldiriqlari 17—19 mingtacha, yoshlariniki 5—7 ming- tacha chiqadi. Iqtisodiy ahamiyati yo‘q, lekin Zarafshon vodiy- sida yashovchilar bu baliqni ko‘plab iste’mol qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |