1. Moddiy ishlab chiqarish
— moddiy shakldagi mahsulotlarni,
masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yara-
tish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish.
Masalan, yuk tashish, yo‘l xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqarish
axborotini uzatish va hokazolar. Mazkur sohaga sanoat, transport,
aloqa, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish
— moddiy shaklga ega bo‘lma-
sada, aholi uchun zarur xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur soha-
ga jismoniy tarbiya, sport, bilim berish, madaniy-maishiy va tibbiy
xizmat ko‘rsatish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |