O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillarini ta’riflang.
2. Ishlab chiqarishni joylashtirish omillarini guruhlashtirishning mohiyati
nimadan iborat?
3. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda omillar ahamiyatini
aniqlovchi formula yordamida biron tarmoqqa mansub korxonani joy-
lashtirishni tahlil eting.
4. Bozor iqtisodiyoti omili deganda nimani tushunasiz?
103
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


36-§. SANOAT KORXONASINI JOYLASHTIRISH VA BOSHQARISHNI
GEOGRAFIK TADQIQ ETISH
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda
murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko‘plab tabiiy, ijtimoiy
va iqtisodiy omillarni hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxona-
si qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqa-
rishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chi-
qindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar
yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masa-
lalar jiddiy tahlil qilinganidan so‘ng uni joylashtirish uchun hudud
tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning
muntazam faoliyat ko‘rsatishi uchun har jihatdan qulay bo‘lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tash-
kil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yerosti suvlari me’yori, iqlimi (ayniq-
sa, shamol yo‘nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o‘sim-
lik qomlamalari, aholi yashash joylari o‘rganiladi. Korxona zararli
chiqindilarni ko‘plab chiqaradigan bo‘lsa (ko‘mir asosida ishlaydi-
gan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi
yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo‘nalishiga teskari
bo‘lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qoro-
vulbozor neftni qayta ishlaydigan, Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy
gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho‘rtan kimyo sanoati maj-
mualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho‘lda joylashgan-
ligi sababli ulardan tabiat va inson ko‘radigan zarar juda oz miq-
dorda.
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joy-
lashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg‘ona neftni qayta ish-
lash korxonalari qurilishida hududning ba’zi xususiyatlari e’tiborga
olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekologik muammolar
yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mah-
sulotlarining singib o‘tishi tufayli yerosti suvlari ifloslanmoqda,
tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradi-
gan korxona atrof-muhitni ko‘pdan beri chang bilan ifloslab kel-
moqda, chunki u baland tog‘ yonbag‘irlari bilan o‘ralgan botiqda
joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan.
Ulardan atrof-muhit ancha zarar ko‘radi, ko‘p miqdorda chang
ajralib chiqishi sababli havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxo-
nalarini joylashtirishda, albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi
manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish
geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak.
104
www.ziyouz.com kutubxonasi


Geografiya bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala
izlanishlari natijalariga, statistik ma’lumotlarga tayanadilar. Bunda
ular kartografik, qiyosiy, statistik, matematik va boshqa tadqiqot
usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birlik-
larni o‘rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqti-
sodiy-geografik baholashda ham qo‘l keladi.
Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud
tanlanganlining sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik
o‘rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo‘jalik tarmog‘i nuq-
tayi nazaridan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir.
Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-geografik tahlil qilishda
quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi:
— korxonaning hududiy tarkibi, ya’ni uning alohida bo‘limlari
(sexlari)ning, zavod transport tugunining joylashishi;
— korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligi-
da), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va
yoqilg‘i qancha miqdorda qabul qilinadi;
— asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchilarga
to‘lanadigan ish haqi, o‘zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qi-
lishga to‘lanadigan mablag‘, shuningdek, transport xarajatlari alo-
hida ko‘rsatiladi) va korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi;
— xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va
qayerdan ishga qatnashi;
— korxonaning atrof-muhitga ta’siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatla-
shish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslab qoling!
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning umumiy tabiiy-
geografik sharoiti aniqlanadi va baholanadi. Korxonaning iqti-
sodiy-geografik tahlilida iqtisodiy ko‘rsatkichlardan hamda xarita-
lardan foydalaniladi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish