16-§. TABIAT KOMPLEKSLARINING BARQARORLIGI
VA UNI XO‘JALIK ISHLARIDA HISOBGA OLISH
har bir tabiat kompleksi ma’lum bir barqarorlikka ega.
Tabiiy
va tabiiy-atropogen landshaftlarning barqarorligi
deb, ularning
tashqi ta’sirlarga nisbatan o‘z tuzilishini saqlab qolish imkoniyati
tushuniladi. Tashqi bosim olib tashlanganidan so‘ng
landshaftlar
ma’lum vaqt o‘tgach o‘z holiga qaytishi mumkin. Masalan, lalmi-
kor yerlarda dehqonchilik qilinmasa, ular yana ilgarigi tabiiy holi-
ga qaytishi mumkin.
Antropogen landshaftlarning barqarorligi deb, ma’lum bir
sharoitda landshaftlarning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini bajara
olish qobiliyatiga aytiladi. Masalan, har qanday tabiiy ofatlar
(qurg‘oqchilik, sel,
suv toshqinlari, ifloslangan havo, sho‘rlanish,
ifloslangan suv) va ta’sirlarga qaramasdan antropogen landshaftlar
hosildorligining saqlanib qolishi va h.k.
Landshaftlarning barqarorligi ular komponentlarining o‘zaro
aloqasi, uyg‘unligi va harakatiga bog‘liq. Masalan, qumli cho‘llar-
da komponentlar o‘rtasidagi aloqa kuchsizroq, shuning uchun bu
yerlarda landshaftning tuzilishi tashqi ta’sirlar natijasida tez o‘zga-
rishi mumkin. Qumli cho‘llarda chorva mollarining ko‘p boqilishi
natijasida o‘simliklarning tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi
mumkin, bu esa landshaft tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi.
Tog‘ yonbag‘irlarida o‘simliklar qalin o‘sadigan joylarda tog‘
jinslari tuproq-o‘simlik o‘rtasida bog‘liqlik mustahkam bo‘ladi.
Mazkur yonbag‘irda sel, eroziya, surilma kam sodir bo‘ladi.
Chunki yonbag‘irlar tashqi ta’sirga nisbatan barqaror bo‘ladi.
Mabodo, mazkur o‘simlik qoplami yo‘q qilinsa, barqarorlik keskin
kamayib, turli salbiy hodisalar ro‘y bera boshlaydi.
Shuning uchun tabiat komplekslari landshaftlarning bar-
qarorligini xo‘jalik ishlarini olib
borishda hisobga olish muhim
ahamiyatga ega.
Sug‘orma dehqonchilik hududlarida yerlarning hosildorligi
landshaftlarning barqarorligi bilan chambarchas bog‘liq. Tog‘ etak-
laridagi landshaftlar barqarorligi bilan ajralib turadi. Mazkur joy-
larda yer osti suvlari
ancha chuqurda joylashgan, shuning uchun
bu yerlarda sho‘rlanish hodisalari kuzatilmaydi. Qiya joylarda esa
noto‘g‘ri sug‘orish natijasida jarlar rivojlanishi mumkin.
Tekislikda, ya’ni cho‘llarda joylashgan yaylovlarda landshaftlar
barqarorligi past darajada bo‘ladi. Shuning uchun ushbu hududlar-
49
www.ziyouz.com kutubxonasi
da landshaftlar barqarorligi chorvani noto‘g‘ri boqish, mavjud
o‘simlikni kesish va qirqish, payhon qilish va texnik eroziya tufayli
keskin pasayib ketishi mumkin. Buning
natijasida chorva mollari
yemaydigan o‘simlik turlari o‘sib chiqadi va ko‘payadi. Masalan,
qumli yaylovlarda isiriq, selen, quyonsuyak, juzg‘un,
taqirli
yaylovlarda yulg‘un, sho‘ra, oqbosh, qo‘shbarg va boshqalar tar-
qalishi mumkin.
Yaylovlarning barqarorligini ta’minlash uchun chorva mollari-
ni boqishni to‘g‘ri tashkil qilish, yaylovlarga «dam berish», o‘sim-
liklarni qirqishni to‘xtatish, avtomobillarning harakatini ma’lum
bir yo‘nalishda amalga oshirish lozim.
Tuproq suv, havo o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatiga ega. Tog‘-
lardagi tuproq va suvning o‘z-o‘zini tozalash xususiyati yuqori,
ammo bu xususiyat tekisliklarda kam. Shamol va yog‘inlar ta’siri-
da havo doimo o‘z-o‘zidan tozalanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: