II b o b
AMALIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR
Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bilan
tanishasiz: agrogeografik tadqiqotlar, yer kadastri, muhandislik
geografiyasi, tibbiy-geografik tadqiqotlar.
Geografiya serqirra fan bo‘lib, uni o‘rganish jarayonida juda
ko‘plab sohalar, kasblar, mutaxassisliklar bilan tanishish imkoni
bo‘ladi. Amaliy geografiya fani ko‘plab tadqiqot usullarini o‘z ichi-
ga oladi. Ishlab chiqarish faoliyatining ko‘plab sohalarida amaliy
geografiya ishtirok etadi. Amaliy geografiyaning asosiy tadqiqot
yo‘nalishlari: agrogeografik, muhandis-geografik, tibbiy-geografik,
rekreatsiya, kartografik, rayon planirovkasi, demografik va boshqa
yo‘nalishlardan iborat. Quyida ularning ayrimlari haqida bilib ola-
siz.
Do'stlaringiz bilan baham: |