O'yin qoidalari:
bu o'yin AQSH milliy sport turi ,,Regbi"ga o'xshab ketganligi uchun o'yinchilar tugunchani bir oz kuch ishlatib bo'lsa ham tortib olishlari mumkin. O'yin paytida bir-birini turtish, siltash, chalish, kiyimidan ushlash va hokazolar man etiladi;
o'yinda har bir guruhda 6 tadan o'yinchi bo'lishi shart;
o'yin 10 daqiqa davom etadi. Tanaffus 3 daqiqa.
Milliy xalq o’yinlarining ahamiyati , Sharq mutafakkirlari haqida harakatli o’yinlar..
O'qituvchi mashg'ulotni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishda uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi, ular qatnashchilarning yoshiga, jismoniy tayyorgarligiga mos, ya'ni ushbu mashqlarni bajara ola-digan bo'lishi kerak. O'yinni tashkil qilish va o'tkazishda o'quvchi-talabalarni iloji boricha tashabbus ko'rsatib, faol qatnashishga rag'-batlantirish muhim.
Yoshlar ijodiy faollik ko'rsatib o'ynashsa, mashg'ulotlar ularda tashkilotchilik malakasini o'stiradi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'rtog'iga yordam berish, o'z holicha yoki o'rtoqlari bilan darhol bir qarorga kelish ijodiy tashabbuskorlik hisoblanadi. Agar o'yin qatnashchilari shu o'yinni ilgari o'zlashtirgan bo'lishsa, o'yin paytida ularning faolligi yanada oshishi mumkin.
O'qituvchi keyinchalik yoshlar o'yinni qanday o'zlashtirib olishlariga qarab ularga sardorlik, hakamlik qilishni topshirishi va o'yin ishtirokchilari uyushqoqlik bilan qatnashadigan bo'lganlaridan so'ng ular orasidan o'ziga yordamchilar tayinlashi mumkin. Shunda ham yoshlar o'yinini o'qituvchining o'zi kuzatib turmog'i lozim. O'quvchi-talabalar o'yin mazmunini puxta o'zlashtirishlari uchun O'qituvchi og'zaki tushuntirishda, harakatlarini ifodalab berishda ko'rsatmali qo'llanmalardan foydalanishda uning aniq vazifalarini doimo nazarda tutishi zarur.
O'yinlarni rejalashtirishda ularning mazmuni va o'zaro bog'-liqligini ham unutmaslik, muayyan yoshdagi o'quvchi-talabalarni jismoniy tarbiyalash vazifalariga muvofiqligini hisobga olish kerak. Masalan, yangi bilim va malakalar mavjud bilim va malakalarga bog'lab berilishi lozim. Aytaylik, mashg'ulotlarda to'pni uzatish, ilib olish, olib yurish va savatga tashlashning asosiy qoidalari o'rga-nilgan bo'lsin. Mana shunga oid bilim va malakalarni mustahkam-lash uchun «To'p o'yinboshiga» o'yinini yoki uch variantli «To'p o'yinlari»ni tavsiya etish mumkin. Shuningdek, bunda qatnashuv-chilarning jinsiy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga mos o'yinlarni tanlash lozim. Har bir mashg'ulotning o'ziga xos xusu-siyatlari va qiyinchiliklari bo'ladi: O'rganiladigan o'yinlar asta-sekin murakkablashib borsa, o'quvchi-yoshlarda yangi harakat ko'-nikmalari hosil bo'lib, ilgari o'rganilgan harakatlar takomillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |