O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


Ko'zning yordamchi apparati


bet286/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

Ko'zning yordamchi apparati
Ko'z soqqasini odam ixtiyori bilan ishlovchi to'rtta to'g'ri va ikkita 
qiyshiq muskullar harakatlantirib turadi. Bulaming hammasi (ostki qiyshiq 
muskuldan boshqa) ko'z kosasidagi ko'rish teshigi atrofidan boshlanib, 
ko'z soqqasining turli tomonlariga kelib yopishadi. Ostki qiyshiq muskul 
ko'z kosasining ostki devoridan boshlanadi (207-rasmga qarang).
Funksiyasi:
ko'zning qiyshiq muskullari ko'z soqqasining o'qi atrofi­
da aylanadi. T o 'g 'ri muskullar esa ko'z soqqasini pastga, yuqoriga, tash­
qariga va ichkariga tortadi. Bundan tashqari, tepa qovoqni ko'taruvchi 
muskul ham bo'ladi. Bu muskul qisqarib, tepa qovoqni ko'tarib turadi.
Ko'z qovoqlari va konyunktiva
K o'z qovoqlari bir juft (ustki va pastki qovoqlar) bo'lib, teri 
burmalaridan tashkil topgan. Qovoqlar yumilganda ko'z tamomila yopi- 
ladi. Qovoqlarning ustki yuzasi yupqa teri bilan qoplangan, ko'zning 
ichiga qaragan yuzasi (shilliq qavat) konyunktiva deb ataladi. Unda bez­
larning mayda chiqarish teshiklari joylashgan. Qovoqlarning erkin 
chekkasida kipriklar o'mashgan. Ustki va pastki qovoqlar tashqi va ich 
tomonda burchaklar hosil qilib o'zaro qo'shiladi. Ichki burchakda ko'z 
yoshi yo'li va bo'rtib turgan ko'z eti ko'rinadi. Qovoqlar asosida tog'ay 
plastinkasi bo'ladi. Ustki qovoq tepasida qosh joylashgan bo'lib, ko'zni 
har xil chang zarrachalari tushishidan saqlab turadi.
Ko‘z yoshi apparati
Ko'z yoshi apparati (208-rasm) ko'z yoshi bezi va ko'z yoshi yo'lla­
ridan tashkil topgan.
Ko'z yoshi bezi ko'z kosasining tashqi devori tepa qismidagi ko'z 
yoshi bezi chuqurchasida joylashgan. Bez oralig'idan o'tgan tepa qovoq­
ni ko'taruvchi muskul payi uni ikki (ko'z kosasi va qovoq) qismga ajratib 
turadi. Ko'z yoshi bezi ajratgan suyuqlik ko'z yoshi yo'li orqa tepa 
qovoqning 
konyunktiva qismiga ochilib, ko'z soqqasining oldingi va 
shox pardasini yuvib, ko'z qovoqlarining ichkari burchagidagi ko'lchaga 
to'planadi. Ko'z yoshi suyuqligi ko'lchadan ko'z yoshi yo'llari orqali 
ko'z yoshi xaltasiga quyiladi. Xaltadan esa ko'z yoshi-burun yo'li orqali 
burun bo'shlig'iga tarqaladi. Burun bo'shlig'ida ko'z yoshi nafas bilan


kirgan havoni chang va har 
xil zarrachalardan tozalaydi 
va bo'shliqni namlaydi.
Ko'z yoshi yo'li (kana­
li) tepa va pastki qovoqda 
bittadan bo'lib, ko'z yoshi 
kurtagidan boshlanadi.
Bu kanallar ko'z yoshini 
xaltachaga uzatib beradi.
Ko'z yoshi xaltasi ko'z ko­
sasi ichki devorining pastki 
burchagidagi chuqurchada 
joylashgan. Uning ustki qis­
miga k o'z yoshi yo'llari 
ochilsa, pastki qismi torayib, 
bevosita ko'z yoshi-burun 
yo'liga o'tib ketadi.
Ko'z yoshi-burun yo'li 
shu noml i suyak kanali 
ichida joylashib, burun bo'shlig'iga (pastki chig'anoq ostiga) ochiladi.
Ko'zga chang zarrachalari tushganda yoki odam haddan tashqari 
hayajonlanganda ko'z yoshi bezining faoliyati kuchayib, suyuqlik ko'p 
ajraladi. Bunday holatda ko'z yoshi yo'liga sig'maydi, ortiqchasi esa 
pastki qovoq qirrasidan chiqib, yuz uzra pastga qarab oqa boshlaydi.
Ko'z fiziologiyasi.
Ko'z o'rtacha 400—700 mkm uzunlikdagi yorug'lik 
to'lqinini normal qabul qiladi. Ammo ultrabinafsha (qisqa to'lqinli), inf- 
raqizil (o'ta uzun to'lqinli) nurlarni ko'z seza olmaydi. Yorug'lik to'lqini 
to'r pardaga borgandan so'ng tasvir paydo bo'ladi. Yorug'lik avvalo 
shox pardaning oldingi kamerasidan ko'z qorachig'i orqali ko'z gavhariga 
boradi. Undan shishasimon tana orqali o'tadi. Ko'zga tushgan nurlar 
shox parda va shishasimon tanada reduksiyalanib (sinib), hajmi kichik- 
lashib, so'ngra to'r pardaga boradi. To'r pardada nurlar bir nuqtaga 
yig'iladi (fokuslanadi). Shundan keyingina ko'zga tushgan narsalar teskari 
(oyog'i osmondan bo'lib) aniq va ravshan ko'rinadi. T o'r pardada paydo 
bo'lgan tasvir teskari bo'lishidan qat’i nazar (boshqa sezish a’zolarining 
ta’siri orqali), odam tasvirlarni to'g'ri ko'radi. Ko'z ikki nuqtani aniq va 
alohida ko'rsa, ko'rish o'tkirligi deb ataladi (211-rasm).
Ko'zning normal ko'rishini tasvirlarni bir minut davomida aniq va 
ravshan ko'rish bilan ifodalanadi. Agar ko'rish muddati bir minutdan 
kam bo'lsa, unda ko'z xiralanib, tasvirlar aniq ko'rinmaydi (209, 210- 
rasmlar).
Odam uzoqdan qaraganda ko'zga tushgan nurlar to'r pardaning kolba- 
chalarini qatorasiga birdan ko'rsatsa, unda ko'zga tushgan tasvirlaming


har birini aniq ko'ra olmaydi. Ak­
sincha, tasvirlar yaqindan ko'zga 
tushsa, to'r pardadagi kolbachalar 
oralanib tasvirlanishi natijasida 
odam har bir tasvirni aniq (ayrim 
nuqtalarini ham) ko'rish qobiliya­
tiga ega bo'ladi.
Odamning ko'rish o'tkirligi to'r 
pardaning sariq dog' markazida 
joylashgan kolbachalar yig'indisiga 
bog'liq bo'lib, nuqtadan uzoqlash- 
gan sari kolbachalar tayoqchalar 
bilan aralashib joylashadi. Natija­
da ko'rish o'tkirligi nutqadan (mar­
kazdan) periferiyaga qarab kamay­
ib boradi, ya’ni tasvirlarni asta- 
sekin noaniq ko'ra boshlaydi.
Ko'rish o'tkirligi maxsus jad- 
vallar orqali aniqlanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish