O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm. Suyak va parda labirintning


bet283/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

204-rasm. Suyak va parda labirintning
tuzilishi.
1 -
 oldingi parda ampula; 2 - yarim halq­
asim on kanal; 
3 -
parda ampula; 
4 -
endolimfa qopchasi; 
5 -
 orqadagi yarim
h a lq a sim o n kanal ; 6 - l a t e r a l yarim
halqasimon kanal; 7 - uzangi; 
8
 - yumaloq
teshik pardasi; 9 -c h ig 'a n o q nayi; 
1 0 -
nog'ora narvoni; 
11
- dahliz narvoni; 
1 2 -
chig'anoq 
nayi; 
/J - q o p c h a ; 
14-
bachadoncha.


oddiy oyoqchalari qo'shilib, bitta umumiy oyoqchani hosil qiladi. Natijada 
uchta yarim halqasimon kanallaming oltita oyoqchalari beshta teshik bo'lib 
dahlizga ochiladi.
Chig'anoq dahlizning pastidagi aylanish o'qi spiralga o'xshab 2,5 
marta aylanishidan hosil bo'ladi. Birinchi aylanasi katta (6 mm), ikkinchi 
(4 mm) va uchinchi aylanasi (2 mm) bir-biridan kichiklashib boradi. 
Chig'anoqning kengaygan tomoni (asosi) ichki eshitish yo'liga qarab 
joylashgan bo'lsa, uning uchi o'rta quloq tomonga qaragan. Chig'anoq 
o'qidan chig'anoq bo'shlig'iga uchburchak shaklidagi spiralsimon suyak 
plastinka chiqadi. Suyak plastinka va uning uchidan boshlangan chig'a­
noq parda chig'anoq bo'shlig'ini dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoniga 
va chig'anoq teshigi orqali o'rta quloqqa tushuvchi narvongacha boradi. 
Chig'anoq o'qi bilan spiralsimon plastinkalar orasida nerv tugunchasi 
joylashadigan spiralsimon kanal bo'ladi. Spiral plastinkadagi mayda 
teshikchalar orqali nerv tolalari Korti a’zosiga boradi.
Parda labirint biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan suyak labirinti ichida 
ana shu labirint shaklini qaytarib joylashadi. Parda labirint hajmi suyak 
labirint bo'shlig'iga nisbatan kichikroq. Suyak labirint bilan parda labirint 
orasida perilimfa bo'shlig'i bo'lib, unda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda 
labirint dahlizi sohasida ikkita bo'shliq bo'lib, biri bachadoncha, ikkinchisi 
qopchadir. Bachadoncha ichiga 5 ta parda yarim halqasimon kanal 
teshikchalari ochiladi. Bundan tashqari, bachadoncha bilan qopchalar o'zaro 
bitta yo'l orqali tutashgan. Ana shu yo'l orqali endolimfa kalla bo'shlig'ida 
joylashgan xaltachaga qo'shiladi. Qopcha bo'shlig'i ham parda chig'anoq 
bo'shlig'i bilan qo'shiladi.
Parda yarim halqasimon kanallar suyak yarim halqasimon kanallarga 
o'xshab tuzilgan bo'lsa ham, ularga nisbatan birmuncha tor. Parda yarim 
halqasimon kanallar oyoqlari kengaygan qismi (ampula)ning ichki yuza- 
larida muvozanat nervining oxirlari (retseptorlar) tarqalgan. Bachadoncha 
va qopchalarning ich tomonida oq dog'lar ko'rinadi. Oq dog'lar yuzasida 
shilliqsimon modda (ohak zarracha — otolit) lar ko'rinadi. Odam 
muvozanati o'zgarganda ana shu otolitlar endolimfa suyuqliklari bilan 
qimirlab, parda yarim halqasimon kanallar ichidagi muvozanat nerv 
oxirlarini qitiqlab, ta’sirotni bosh muvozanat markaziga o'tkazib beradi. 
Markazdan javob ta’sirotlar (o'tkazish yo'llariga qaralsin) ishchi a’zolarga 
tarqaladi. Odam muvozanati o'zgaradi. Umumiy yarim halqasimon kanallar 
muvozanat a’zosi hisoblanadi. Odam fazoga ko'tarilganda (kosmonavtlarda) 
dahliz bilan yarim halqasimon kanalchalardagi endolimfa va otolitlarning 
og'irligi yo'qoladi. Shuning uchun gavdaning qanday holatda ekanligi 
faqat ko'z bilan aniqlanadi.
Parda chig'anoq suyak chig'anoqdan taxminan 3 marta kichik va bosh- 
lanishda boshi berk bo'ladi. Lekin suyak chig'anoqning yo'lini qaytaradi. 
Chig'anoqda endolimfa dahliz va chig'anoq narvonlari orasida joylash-


gan. Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, parda chig‘anog‘ining uchiga 
borganda u yerdagi yo'ldan nog'ora narvoniga qo'shiladi.
Parda chig'anoq suyak chig'anoq ichidagi spiralsimon o'siqlar uchi- 
dan boshlanib, uning shaklini takrorlaydi va uchi suyak spiral kanalining 
devoriga borib qaytib, yana spiralsimon o'siqqa yopishadi. Chig'anoq 
yo'lining ko'ndalang kesimi uchburchak shaklida, uchta yo'lga bo'linadi. 
Ularning biri parda spiralsimon chig'anoq bo'shlig'i — chig'anoq yo'li, 
ikkinchisi uning ostki tomondagi nog'ora narvoni, uchinchisi esa ustki 
tomondagi dahliz narvoni. Chig'anoq yo'li ichida Korti a’zosini ko'ra­
miz. Bu a’zo parda chig'anoqning pastki (asosiy) plastinkasida joylash­
gan har xil uzunlikdagi tovushlarni qabul qiluvchi hujayralardan iborat.
Korti a’zosi besh qator bo'lib joylashgan tukli hujayralardan tuzilgan. 
Bu a’zoning har bir qatori esa 60— 70 tukli retseptor hujayralardan iborat. 
Hujayralaming tuklari turlicha uzunlikda bo'lib, eng kalta (130— 135 
mkm) tukli hujayralar chig'anoqning asosida joylashgan. Chig'anoq 
asosidan chig'anoq yo'liga ko'tarilgan sari hujayralaming tuklari asta- 
sekin uzunlashadi. Eng uzun (230—234 mkm) tukli retseptor hujayralari 
chig'anoq yo'lining uchida joylashgan. Ularning ustki tomonida tomchi- 
simon plastinka bo'ladi. Uning bir uchi tukli hujayralaming ustida erkin, 
ikkinchi uchi esa chig'anoqning asosiy membranasiga birikib joylashgan.
Endi tovush o'tkazish va eshitish fiziologiyasi to'g'risida to'xtalamiz.
Havodagi tovush to'lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshitish 
yo'li orqali nog'ora pardaga borib to'qnashib, uni tebratadi. Nog'ora 
parda to'lqinini o'rta quloqda joylashgan eshitish suyaklari zanjiriga 
(bolg'acha, sandon, so'ngra uzangiga) o'tkazadi. O'rta quloq bo'shlig'i 
eshituv (Yevstaxiy) nayi orqali halqum bo'shlig'i bilan tutashgan. Halqumga 
ana shu kanal orqali o'rta quloq bo'shlig'iga havo kirib, nog'ora pardaning 
tashqi va ichki tomonida havo bosimining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi 
va nog'ora pardani normal to'lqinlantiradi. Natijada nog'ora pardaning 
to'lqinlari o'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalarini harakatga kel­
tiradi. Agar Yevstaxiy nayi yallig'lanib berkilib, o'rta quloqqa havo o'tmay 
qolsa, o'rta quloqdagi bosim tashqi tomondagi bosimga nisbatan kamaya­
di. Bunday sharoitda nog'ora parda to'lqinlanmay tovush eshitilmaydi. 
Zambarak otish vaqtida, samolot tez ko'tarilganda tashqi to'lqin birdan 
oshib, nog'ora pardaga kuchli uriladi-da, yorib yuboradi. Shuning uchun 
bunday sharoitda og'izni bir oz ochib, to'lqin nog'ora pardaning (tashqi 
va ichki) tomonidan bir xil kuch bilan urilishini ta’minlash kerak bo'ladi. 
Ana shundagina nog'ora parda yirtilmaydi. To'lqin normal holatda 
bolg'acha va sandonga boradi. Sandon esa to'lqinni uzangiga uzatadi. 
Uzangi to'lqinni (uning asosi oval teshikni qoplab turganligidan) oval 
teshik orqali dahliz narvonidagi perilimfani tebratadi. Perilimfa to'lqini 
narvonchaning uchidan nog'ora narvonchaga o'tib, oxiri labirint dahlizi- 
dagi yumaloq teshikni qoplab turgan pardani tebratadi. Perilimfa tebrani-


shi parda chig'anoq orqali uning ichidagi endolimfani harakatga keltiradi. 
Natijada Korti a’zosining tomchi plastinkasi tebranib, uning ostida joy­
lashgan hujayra ipchalarini qitiqlaydi. Bu yerda eshitish to'lqinlarini eshitish 
nervining uchlari — retseptorlar qabul qilib, ta’sirotni eshitish yo'li orqali 
miya po'stlog'idagi eshitish markazi (analizatori)ga yetkazadi. Natijada 
odamda eshitish — tovushni ajratish vujudga keladi.
Tovush to'lqinlarini qabul qilish yoshga qarab o'zgarib boradi. Jum­
ladan, o'rta yoshli odamlar bir sekundda 16—22 mingga teng bo'lgan 
tovush to'lqinlarini qabul qilishi mumkin bo'lsa, qarigan odamlarda eshitish 
qobiliyati pasayadi. Ular 12— 15 ming (ba’zan bundan ham kam) to'lqin- 
li tovushlarni eshitadilar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish