Odamning
qorin
sohasi
ham ikkita gorizontal chiziq vositasida
ustma-ust joylashgan uchta bo'lakka (qavatga) ajraladi,
chiziqlarning
biri ikkala tomondagi to'qqizinchi qovurg'alarning
uchlarini birlashtiradi,
ikkinchisi esa yonbosh suyaklarining oldingi tomondagi ustki qirra o'siq-
larini b ir-birig a q o 'sh a d i. Bu ch iziq lar o ‘rtasidagi b o ‘lak lar (eng
yuqorisidagi) qorin usti, qorin o'rta va qorin pastki bo'lagi deb ataladi.
Qorinning uchala bo'lagi o 'z navbatida ikkita vertikal chiziq vositasida
yana uchtadan sohaga ajraladi. Ustki qavatning o'rta (markaziy) bo'lakchasi
to'sh osti va ikki tomondagi bo'laklari esa o'ng va chap qovurg'a osti
sohalari deb ataladi. O 'rta qavatdagi bo'laklar kindik sohasi, chap va
o 'ng qorin (bel) sohalari deyiladi. Nihoyat, uchinchi pastki bo'Iak o'rtada
— qov sohasi va ikkita chov (chap va o'ng) sohalariga bo'linadi. Odamning
qo'li yelka, tirsak, bilak va panjalarga bo'linsa, oyoq son, tizza, boldir
va oyoq panjasidan tuzilgan.
Odam gavdasining shakllari jinsga, yoshga, irqqa, naslga, tashqi muhitga
qarab aniqlanadi va organizm konstitutsiyasi turlarini bildiradi.
Lekin
buning uchun organizm morfologiyasi hamda fiziologiyasi to'g'risidagi
dalillardan tashqari, gavda va uning alohida bo'laklari hajmlarini ham
e ’tiborga olish lozim. Bunda gavdaning tikka turgan holatdagi uzunligi
(bo'yi) asosiy rol o'ynaydi.
Deniker ma’lumotlariga qaraganda, erkak kishining o'ziga
xos normal
bo'yi 135 sm dan 190 sm gacha; ba’zan bundan ham bo'ychan odamlar
uchraydi, ularning bo'yi, hatto 2,7 m gacha yetadi. Ammo yer sharining
hamma qit’alaridagi o'rta bo'yli odamlarning bo'yi o'rta hisobda 146—
175 sm bo'ladi.
Odam gavdasidagi alohida bo'laklarning uzunligi haqida to'xtalgan-
da, ularning bir-biriga munosabatini e ’tiborga olish zarur. Biroq k o 'p
vaqtlardan buyon rasso m lar, a n tro p o lo g lar
odam gavdasi alohida
bo'laklarining o 'zaro munosabatini aniqlashda maxsus qoidalarga amal
qilib keldilar. Organizm alohida bo'laklarining katta-kichikligi odam
gavdasining umumiy uzunligiga nisbatan protsent hisobida aniqlanadi.
Gavda qismlarining ba’zi muhim o'lcham lari 29 yoshli, bo 'y i 170 sm
uzunlikdagi so g 'lo m erkakni o 'lch ab , quyidagi jadval tuzilgan. Bu
jadvalda keltirilgan m a’lum otlar faqat bitta odamga taalluqli b o'lsa ham
katta odam gavdasi alohida qism larining bir-biriga m unosabatlarini
yetarlicha ravshan k o 'rsata oladi.
Yuqorida keltirilgan odam gavdasining o'lcham lari bilan bir qatorda
uning og'irligi ham katta ahamiyatga ega bo'lib, o 'rta
yoshdagi erkaklar-
da u 65 kg ga teng.
J i n s i y a l o m a t l a r . Odamni erkak va ayollarga ajratib turadigan
belgilari ikki xil bo'ladi, birinchidan, bu vazifani, asosan, jinsiy a’zolar,
bezlar o'tasa, qolgan alomatlar ikkilamchi jinsiy belgilar hisoblanadi.
Jumladan, ayollar b o 'y i erkaklar bo'yidan pastroq (Deniker m a’lumoti),
29 yoshli erkak gavdasining qismlari
O'lchamlar
sm
protsent
Bo'yi
170,5
100
Boshining
uzunligi
23,2
13,45
Tanasining uzunligi
52,3
30,6
Gavdaning yuqori qismi uzunligi
85,3
50
Gavdaning pastki qismi uzunligi
85,2
50
Oyoq uzunligi
88,3
51,75
Qo'l uzunligi
76,9
45,02
Yelkalar o'rtasidagi masofa
42,3
24,7
Yonbosh suyaklar qinalari o'rtasidagi masofa
29
16,95
Son suyaklari katta ko'stlari o'rtasidagi masofa
32,9
19,29
Download
Do'stlaringiz bilan baham: