O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet61/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

64-rasm . Til osti suyagi.
I -
tanasi; 2 - kichik shoxi; 
3
 - katta
sh oxi.


Kallaning ayrim suyaklari, ayniqsa uning qopqog‘ini tashkil qilgan 
suyaklar (chakka suyagidan boshqasi) o ‘zaro tishli choklar hosil qilib 
birlashadi. Bu turlicha birlashgan suyaklarning chekkalari kungurador bo'lib, 
bir suyakning tishlari ikkinchi suyakning tishchalari orasidagi kamgakka 
kirib turadi.
Chakka suyagining tangasimon qismi qiyiq bo'lib, baliq tangasi yoki 
cherepitsa singari tepa suyakning chekkasiga yopishib, bir oz yopib turadi 
va tangasimon chok hosil qiladi.
Kallaning yuz qismi suyaklari bir-biriga tep-tekis chekkalari bilan 
tegib turib birlashadi. Ayrim choklar maxsus nom bilan yoki birlashadi- 
gan ikkala suyakning nomlari bilan ataladi. Masalan, peshona-yonoq choki 
va hokazo. Bulardan tashqari, maxsus nomli choklar ham bo'ladi. Jumladan, 
peshona suyagi bilan tepa suyaklari o'rtasida tojsimon chok, tepa suyaklar 
bilan ensa suyagining orasida lambdasimon chok va ikkala tepa suyak 
orasida sagittal chok hosil bo'ladi.
B U T U N K A L L A
Kalla skeletining yuz qismida tepa tomondan peshona qismi, bir juft 
ko'z kosasi va ularning o'rtasida, pastroqda joylashgan burun bo'shlig'i­
ning noksimon shakldagi teshigini ko'ramiz. Burun teshigining lateral 
tomonida, yuqori jag'ning oldingi yuzasida tishlar joylashadigan o'siq va 
bu o'siqda joylashgan tishlar ko'rinadi.
Ko'z kosasining lateral devorini yonoq suyagi hosil qiladi. Bu suyak 
tepa tomondan peshona suyagi, pastki tomondan yuqori jag' suyaklari 
bilan chok hosil qilib birlashib turadi. Yuz qismining pastki bo'lagini pas­
tki jag' suyagi va unda joylashgan tishlar tashkil qiladi. Pastki jag' suyagi 
kallaning asosiga bo'g'im hosil qilib qo'shilgan.
Pastki jag' bo'g'im i pastki jag' suyagining ikki tomonidagi bo'g'im
o'sig'i uchidagi boshchasi bilan chakka suyaklaridagi bo'g'im chuqur­
chasi o'rtasida hosil bo'lgan bo'g'im —kombinatsiyalangan bo'g'im lar 
turkumiga kiradi. Chunki o'ng va chap tomondagi bo'g'imlar ayni vaqtda 
birga va bir xil harakatni bajaradi.
Pastki jag' bo'g'imining bo'g'im chuqurchasi bilan bo'g'im boshcha­
lari fibroz tolali tog'ay bilan qoplangan. Bo'g'im bo'shlig'i esa fibroz 
tog'ay plastinka (disk) bilan ustma-ust joylashgan ikki bo'lakka ajralgan 
bo'lib, disklaming chetlari bo'g'im xaltachasiga mustahkam yopishib ket- 
ganligidan bo'laklar o'zaro tutashmagan.
Disklaming ikki cheti baland, o'rtasi chuqur bo'lishi bo'g'im boshcha- 
sini chuqurchaga moslashtirib, pastki jag' harakatini osonlashtiradi.
Pastki jag' bo'g'imi yonoq o'sig'i bilan pastki jag'ning bo'yni o'rtasida 
tortilgan asosiy boylam, ponasimon suyak bilan pastki jag' oralig'ida joy-


lashgan boylam, ponasimon suyakning 
qanotsimon o'sig'i hamda pastki jag‘ va 
chakka suyagining bigizsimon o'sig'i ora­
lig'ida tortilgan boylamlar vositasida mu- 
stahkamlangan (65-rasm).
Funksiyasi:
og'izni ochib-yopish, 
pastki jag'ni oldinga va orqaga, ikki yon 
tomonga harakatlantirishdan iborat.
K o ' z k o s a s i (66-rasm) bir juft 
bo'lib, to'rt burchakli piramidaga o'xshash 
bo'shliqdan iborat. Piramidaning asosi— 
og'zi oldinga, uchi esa orqaga (miya 
bo'shlig'i tomonga) va medial tomonga 
qarab joylashgan. Ko'z kosasining medi­
al, lateral, yuqori va pastki devorlari bor. 
Medial devomi yuqori jag' suya­
gining o'sig'i, ko'z yoshi suyagi, 
g'alvir suyakning lateral plastinka­
si, ponasimon suyak tanasining ol­
dingi qismi hosil qiladi.
Lateral devori ponasimon su­
yakning katta qanotidagi ko'z ko- 
sasiga qaragan qismidan va yonoq 
suyagidan hosil bo'lgan. Yuqori 
d ev ori yoki o rb ita n in g tom i 
peshona suyagining ko'z kosasiga 
qaragan qismidan va ponasimon 
su y a k n in g k ic h ik q a n o tid a n
vujudga kelgan. Pastki devori yoki 
tubi yuqori jag' va yonoq suyak- 
laridan tashkil topgan, bulardan ta­
shqari, orqa tomondan tanglay su­
yagining o'sig'i ham kirib turadi.
K o 'z kosasining uchida miya 
bo'shlig'iga ochiladigan ikkita te­
shigi bor, ulardan biri lateral to­
monda joylashgan ko'z kosasining 
tepa tomondagi yorig'i bo'lsa, ik-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish