modda o ‘sa borib, «N» shaklli bo‘ladi. Ularning oldingi shoxidagi nerv
hujayralari katta hajmli bo‘lib, tolalari harakatlantiruvchi (efferent) nerv
ildizlarini hosil qiladi. Kulrang moddaning orqa shoxlarida joylashgan
nerv hujayralar unchalik katta bo'lmasdan, ulardan
chiqqan nerv tolalari
sezuvchi (afferent) ildizni hosil qiladi. Sezuvchi ildizlarda rivojlanayot-
gan hujayralar (neyroblast)dan sezuvchi tugunchalar paydo bo‘ladi. Ke
yinchalik oldingi nerv ildizi bilan orqa ildiz nerv tolalari qo'shilib, orqa
miya nervini hosil qiladi. Nerv tolalari taraqqiy etib yetilgan paytiga
yaqin, maxsus pardalarga o'raladi. Pardalar ikki xil bo'ladi.
1. Ektodermaga oid hujayralar ko‘payib, nerv tolalari atrofida yupqa
parda (neyrolemma)ni hosil qiladi. Periferik nervlarning hamma tolalari
neyrolemma bilan o ‘ralgan.
2. Neyrolemma paydo bo‘lganidan keyin ba’zi nerv tolalari qo'shim
cha parda (miyelin — yog‘simon yumshoq modda) bilan qoplana bosh
laydi.
Binobarin, bu xildagi nerv tolalari miyelinli nervlar deb ataladi.
Periferik nervlar fiziologiyasi
Periferik nervlarning deyarli ko‘pchiligi aralash nervlar bo'lgani uchun,
tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nervlar bo'ladi. Shu bois
bunday nervlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchan xususiyatga egadir.
Qo'zg'aluvchanlikni a’zolarda, muskullar va terida joylashgan nerv oxirlari
(retseptorlar)
qabul qilib, markazga intiluvchi afferent (sezuvchi) nervlar
orqali markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi (efferent)
nervlar orqali ishchi a’zolarga kerakli javob
impulslarini
yetkazadi.
Ta’sirlami o'tkazish tezligi nervlarda har xil bo'lib, o'rtacha sekundiga
0,5— 120 m ga teng, miyelin pardali nervlarda miyelinsiz tolalarga nisbatan
qo'zg'alishni o'tkazish ancha tezroq. Impulslar yo'g'on
diametrli nervlarda
ingichka diametrli nervlarga nisbatan tezroq bo'ladi.
Jumladan, quymich
nervlarda biotoklar bir sekundda 120 m tezlikda tarqalsa, ingichka ne
rvlarda (ayniqsa ichki a’zolarga tarqalgan simpatik nervlarda) bir sekundda
faqat 0,5— 1,5 m tezlikda o'tadi. Nerv tolalarida impulslar faqat bir tomonga
qarab yo'naladi. Jumladan, sezuvchi (afferent) nerv tolalari qo'zg'alishni
markaziy nerv sistemasi tomonga yo'naltirsa, harakatlantiruvchi (efferent)
nervlar, aksincha, markaziy nerv sistemasidan periferiyaga — ishchi a’zo
larga qarab yo'naladi.
Q o'zg'alish nervlardan a’zolarga, muskullarga quyidagicha o'tadi:
harakatlantiruvchi nerv tolalari a’zolar, muskullar tarkibiga kirib, o 'z
miyelin pardalarini yo'qotib, retseptorlar (nerv tolalarining oxirlari)ga
bo'linadi. Retseptorlar turli (halqacha, taqacha va h.k.) shaklda bo'lib,
maxsus (presimpatik) parda bilan o'ralib, muskul tolalari yuzalaridagi
chuqurchalarga botib joylashadi. Parda ichida taxminan 2,5—3 mln. gacha
asetilxolin pufakchalari bo'ladi. Ana shu retseptorlar
muskul tolalarining
ko'pdan-ko'p burmalar hosil qilib joylashgan postsinaptik pardasi orqali
tutashadi. Parasimpatik parda bilan postsinaptik parda oralig'ida 200—
500 A keladigan sinaps bo'lagi bor. Postsinaptik pardada xolinesteraza
(xolinoretseptor va asetilxolinni parchalaydigan) fermenti joylashgan.
Harakatlantiruvchi nervdan kelgan impulslar retseptor membranasini
qutbsizlantirib, pufakchalar pardasini parchalab sinaps o ralig 'ig a
asetilxolinni quyadi. Asetilxolin molekulalari diffuziyalanib,
muskul
tolasining postsinaptik membranasiga shimilib, xolinoretseptorlar bilan
birikib, postsinaptik membranadagi Na+ va K+ ionlarining o'tkazuvchanligini
oshiradi. Natijada membrana qutbsizlanib, manfiy zaryadli bo'ladi va
muskullar qisqarib harakatlanadi. Muskullar harakati natijasida ajralgan
asetilxolin postsinaptik pardadagi xolinesteraza fermenti ta’sirida parcha
lanib, postsinaptik pardani qutblantiradi. Qutblangan
postsinaptik parda
yana avvalgi holatiga qaytadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: