bo'ladi. Bunda miya po'stlog'ida joylashgan tovushni qabul qilish markazi
bilan, ovqatni ko'rgandan keyingi it miyasidagi ta’sirot markazi o'zaro
qo'shilib, shartli refleksni vujudga keltiradi. Odatda, shartli ta’sirot organizmga
oldinroq ta’sir qilsa, unga yaqinlashish yoki qutilish yo'lini ko'radi. Masalan,
qo'rqinchli tovushni eshitish, it yoki ilonni ko'rish, ulardan qochish shartli
refleksini yuzaga chiqaradi. Binobarin, shartli reflekslar organizmning
yashashi va atrof-muhitga moslashishi uchun zarur hisoblanadi.
Shartsiz reflekslar organizmga ta’sirot ta’sir qilgandan keyin (oyoqqa
tikan kirsa, qo'lga zirapcha qadalsa, odam yiqilsa va h.k.) vujudga keladi.
Bu vaqtda xalos bo'lish ehtimoli juda kam bo'ladi.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan
ikki jarayon (qo'zg'alish va tormozlanish-to'xtalish) o'zaro mahkam bog'
langan. Qo'zg'alish shartli refleksning paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi.
Tormozlanish esa shartli reflekslar organizmning
mavjud atrof-muhitga
m oslanishida qatnashadi. Torm ozlanish ikki (shartsiz va shartli
tormozlanish) turda bo'ladi. Shartsiz tormozlanishni yuzaga chiqarilgan
shartli reflekslarning yangi (notanish) muhitda to'xtab qolishi bilan
tushuntirish mumkin. Masalan: 1) itda qo'ng'iroqqa so'lak oqishi shartli
refleksini uy sharoitida paydo qilib, so'ngra itni notanish joyga o'tkazilganda
refleks paydo bo'lmaydi — shartsiz tormozlanadi. Bu holat bir necha
marta qaytarilgandan so'ng refleks vujudga keladi. 2) Ovqatni qo'ng'iroq
chalingandan so'ng
beriladigan shartli refleks, keyinchalik ovqatni
qo'ng'iroqsiz berilsa, shartli tormozlanish bo'lib, asta-sekin shartli refleks
yo'qoladi. Bu vaqtda shartli refleksning paydo bo'lishiga aloqador mar-
kazda tormozlanish (to'xtash) vujudga keladi, atrofda joylashgan
markazlarda esa qo'zg'aluvchanlik kuchayib, qarama-qarshi ishorali hodi
salar paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish jarayonlari
tashqi
muhit ta’sirida doimiy o'zgarib turadi, ya’ni organizm sharoitga moslashadi.
Odamlarning miya faoliyati va xarakterlari turlicha bo'ladi, ularni
fe’l-atvori (xarakteri)ga qarab to'rt turga ajratiladi:
I — xolerik tipdagi odamlar — oson qo'zg'aluvchan, vajohatli,
hujumkor;
II — sangvinik tipdagi odamlar — harakatchan, quvnoq, odamshavanda;
III — flegmatik tipdagi odamlar — kam harakat, vazmin, kamgap va og'ir;
IV — melanxolik tipdagi odamlar — xafaqon, tajang.
Odatda, xolerik va melanxolik tipdagi odamlarda ko'proq va haddan
tashqari qo'zg'alish hamda tormozlanish, ya’ni nevroz bo'ladi.
Odamda
haddan tashqari qo'zg'alishning ro'y berishiga ko'pincha tashqi ta’sirot
lar sabab bo'ladi. Odatda, kuchsiz ta’sirotga kuchli qo'zg'alish yoki kuchli
ta’sirotlarga, aksincha, kuchsiz reaksiya vujudga keladi.
Uyqu. Uyg'oqlik bilan uyquning o'zaro almashib turishi hayotning
eng muhim sharti bo'lib, odamga uyqusizlik juda yomon ta’sir qiladi. U
lanj bo'lib, muskullari bo'shashshadi, ishtahasi bo'lmay, unda ruhiy
o'zgarishlar ro'y beradi. Katta yoshdagi odamlar bir kecha-kunduzda 7—
8 soat uxlasa, chaqaloqlar har 3—4 soatda uyqu bilan uyg'oqlikni al-
mashtiradi. O'tkazilgan tajribadan ma’lum bo'lishicha, itni uyqudan mahrum
etilganda 10— 12 kungina yashagan.
Uyquda energiya almashinuvi va
yurak urishining soni pasayadi, nafas
olish siyraklashib, muskullar bo'shashadi. Uyquda odamning es-hushi,
ongi yo'qoladi. Tushda esa odamning uyg'oqlik vaqtiga o'xshab, yurak
urishida, qon bosimida o'zgarish bo'ladi. Tushga, odatda, tashqi muhit
o'zgarishlari (sovuq, issiq, turli hidlar va shovqinlar) sababchi bo'ladi.
Masalan, odam uxlaganda tovoniga issiq ta’sir ettirilganda, tushida o 't
ketganini ko'rgan. Oyoq kaftiga sovuq ta’sir ettirilsa,
tushida suvda suzadi
yoki shudgorda oyoqyalang у uradi.
I.
P. Pavlovning iborasicha, uyqu po'stloq va po'stloq osti yadrolari
tormozlanishining mahsulotidir. Binobarin, uyqu muhim biologik hodisa
bo'lib, organizmni charchab, holdan toyishdan saqlovchi tormozlanish-
dir. Uyqu markazi gipotalamusning
oldingi yadrolarida, uyg'oqlik markazi
esa gipotalamusning orqa yadrolarida joylashgan. Uyqu bilan uyqusizlik
miya p o 's tlo g 'i orqali tartibga solinadi. Itda miya stvolini miya
yarimsharlaridan ajratib qo'yilsa, juda chuqur uyqu vujudga keladi. Odamda
gipotalamus yoki o'rta miya kasallansa, uzoq uyqu (15—20 yillab ham),
ya’ni letargik (surunkali) uyqu bo'ladi.
Gipnoz miya po'stlog'ining ayrim qismlari tormozlanishidan paydo
bo'ladi. Gipnoz ham uyquga o'xshash har turli ta’sirlar ostida ro'y beradi.
Odatdagidan ko'proq (chuqurroq) tormozlanish
vujudga kelishi uchun qulay
bo'lgan sharoitda kuchli, ta’sirchan gipnoz yuzaga keladi. I. P. Pavlovning
fikricha, bu himoyalovchi tormozlanishdir. Jumladan yirtqich hayvonlami
ko'rgan zaif hayvon o'lganga o'xshab yotib oladi, shu bilan saqlanib qoladi,
chunki yirtqich hayvonlar ko'pincha o'lik hayvonlarga tegmaydi.
PERIFERIK NERV SISTEMASI
Periferik nervlar bosh miyadan (12 juft) va orqa miyadan chiqadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: