O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet260/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

(retseptor); 
8
 - bosh miyaning po'stloq qava­
tidan miyachaga boruvchi yo'l.
yuboradi. Bunday o'tkazuvchi (erkin harakatni) yo'l ikki neyrondan iborat. 
Birinchi neyron bosh miyaning oldingi markaziy pushtasidan boshlanib
ichki kapsulaning orqa 2/3 qismidan, miya oyoqlari, ko'prik va uzunchoq 
miyadan o'tib, orqa miyaga o'tishda tolalaming bir qismi kesishib, o'ng 
tomondagi tolalar chap tomonga, chap tomondagi tolalar esa o'ng tomonga 
o'tadi. Tolalaming kesishmagan qismi to'g'ridan-to'g'ri orqa miyaga borib, 
ulaming segmentlarida kesishib, kulrang moddaning oldingi shoxida tugaydi.
P 5


Ikkinchi neyron orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxlaridan bosh­
lanib, orqa miya nervlari bo'lib muskullarga tarqaladi.
2. Miya po'stlog'i bilan miya yadrolari o'rtasidagi yo'l ham ikki 
neyronli bo'lib, birinchi neyron miya po'stlog'idan boshlanadi, ichki 
kapsuladan o'tib, bosh miya nervlarining (III, IV, VI va VII juft) yadrolarida 
tugaydi. Ikkinchi neyron esa shu nerv yadrolaridan III, IV, VI va VII juft 
bosh miya nervlari bo'lib chiqadi.
3. Qizil yadro bilan orqa miya o'rtasidagi yo'l olti neyronli o'tkazuvchi 
yo'lning bir qismi bo'lib, ikki neyronli harakatlantiruvchi yo'ldir. Bu 
yo'l tana muskullarining avtomatik ishlashini boshqaradi. Birinchi neyron 
miya oyoqchalari tarkibidagi qizil yadrodan boshlanib, ko'prik oldida 
tolalar kesishib, o'ng tomondagi tolalar chapga, chap tomondagi tolalar 
o'ng tomonga o'tadi va uzunchoq miya orqali orqa miyaning har bir 
segmentidagi kulrang moddaning oldingi shoxlarida tugaydi. Ikkinchi 
neyron kulrang moddaning oldingi shoxlaridan orqa miyani harakatlanti­
ruvchi nervlar sifatida chiqib, ishchi a’zolar (muskullar)ga boradi.
4. Orqa miya bilan bosh miya po'stlog'i o'rtasidagi og'riq va harorat­
ni o'tkazuvchi yo'l uch neyrondan iborat bo'lib, birinchi neyron orqa 
miyaning orqa shoxidagi tugunchalarda va bosh miya nervi tugunchalari- 
da joylashadi, ular periferik o'simtalar, retseptorlar (sezuvchi nerv oxirlari) 
hosil qilib, terida tugallanadi. Markaziy neyronlar esa orqa miyaning 
orqa shoxlari sohasida ikkinchi neyron bilan qo'shilib tugallanadi. Ikkinchi 
neyron orqa miya shoxlarining xususiy yadrosida joylashadi, ulaming 
tolalari orqa miyaning oq moddasi oldingi qo'shuvchi tarkibida kesishib, 
qarama-qarshi tomonning yon tizimchalar sohasiga o'tib, ko'rish do'mbog'i- 
da tugallanadi.
Uchinchi neyron tanasi ko'rish do'mbog'idan ko'rish do'mbog'i-po'stloq 
o'tkazuv yo'li orqali miya po'stlog'ining orqa markaziy pushtasida tugal­
lanadi.
5. Orqa miya bilan bosh miya po'stlog'i orasidagi chuqur — sezgilar­
ni o'tkazuvchi yo'l muskullar va bo'g'imlardan nerv tolalarining oxirgi 
tolalari orqali sezgilarni qabul qiluvchi uch neyronli yo'ldir. Uning birinchi 
neyroni muskullar va bo'g'imlardan boshlanib, orqa miyaning orqa shox- 
chalaridagi tugunchada tugaydi. Ikkinchi neyron tugunchadan boshlanib, 
orqa miyaning qovuzloq kesishmasi orqali medial qovuzloqni hosil qilib, 
so'ngra ko'rish do'mbog'ining chetki yadrolarida tugaydi. Uchinchi neyron 
ko'rish do'mbog'idan boshlanib, bosh miyaning po'stloq ostida joylashgan 
ichki kapsula tolalari tarkibida bosh miya po'stlog'ining oldingi markaziy 
pushtasiga borib tugallanadi.
6. Miyachaning harakatini tartibga soluvchi murakkab yo'l — 6 ney­
ronli sezuvchi murakkab yo'l (qizil yadro bilan orqa miya oralig'idagi 
yo'l)ning qolgan 4 neyronidan iborat. Bu yo'l orqali muskullar ishini,


muvozanatini, muskullar tonusini saqlashni avtomatik ravishda tartibga 
solib turadi. Bu yo'lning I, II, III neyronlari orqa miya bilan miyacha 
o'rtasidagi oldingi va orqa yo'llardan tashkil topgan. Ulaming birinchi 
neyronlari orqa miya nervlarining ildizidagi sezgi tugunchalaridan boshlanib, 
orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlari segmentlarida tugaydi. 
Ikkinchi neyron orqa shoxlar hujayralaridan chiqib, oldingi yo‘l tolalari 
bilan kesishib, so‘ngra miya ko'prigidan o ‘tib (qo'shuvchi yelka orqali), 
miyachaning ustki chuvalchang po'stlog'iga borib tugaydi. Uchinchi neyron 
bu yerdagi hujayralardan boshlanib, miyachaning tishli yadrosida tugaydi. 
To'rtinchi neyron bu yerdan boshlanib, miyachani ustki oyoqchalari orqali 
miya oyoqchalari tarkibidagi qizil yadroga borib tugaydi.
7. Fleksig-orqa miya-miyacha orqasidagi yo'l. Bu yo'lning birinchi 
neyroni orqa miyaning ildizdagi sezgi tugunchalaridan boshlanib, orqa 
miya kulrang moddasining orqa shoxlarida tugaydi. Ikkinchi neyron bu 
yerdan boshlanib, kesishmay o'z tomonidan uzunchoq miyaga, undan 
miyachaning pastki oyoqchasi orqali miyacha ostki chuvalchang po'stlo­
g'iga borib, o'zaro kesishib tugaydi. Uchinchi neyron ostki chuvalchang 
po'stlog'idan boshlanib, tishli yadroda tugaydi. To'rtinchi neyron miya­
cha harakatini tartibga soluvchi murakkab yo'l neyron sifatida miyachaning 
tishli yadrosidan boshlanib, ustki oyoqchalari orqali miya oyoqchalari 
bag'ridagi qizil yadrolarga borib tugaydi.
Orqa miya-miyacha orqa va oldingi yo'llarining beshinchi va oltinchi 
neyronlari qizil yadro bilan orqa miya o'rtasidagi yo'l orqali (3-yo'lga 
qaralsin) orqa miya kulrang moddasining oldingi shoxiga va undan orqa 
miya nervlari tarkibida skelet muskullariga boradi.
8. Eshitish yo'li to 'rt neyrondan tuzilgan. Birinchi neyron quloq 
chig'anog'i ichidagi Korti a’zosi yaqinidagi burama tugundan boshlanib 
(tugun hujayralaridan ta’sirot Korti a’zosi orqali keladi), chig'anoq nervlari 
sifatida miya ko'prigi yadrolarida tugaydi. Ikkinchi neyron ko'prikdan 
rombsim on chuqurchaga borib, eshituv nervlari b o 'lib kesishib, 
trapetsiyasimon tana orqali yuqori olivada tugaydi. Uchinchi neyron ustki 
olivadan boshlanib, ichkarida tizzadan va to'rt tepalikning pastki tepacha- 
si (po'stloq osti eshitish markazi)da tugaydi. To'rtinchi neyron ana shu 
markazdan boshlanib, bosh miyaning ustki chakka pushtasida tugaydi.
Dahliz nervi muvozanat saqlashni avtomatik ravishda boshqaradi. 
Ulaming birinchi neyroni dahliz nerv tugunidan boshlanib, rombsimon 
chuqurdagi eshitish tepasida, ikkinchi neyron miyacha chuvalchangiga va 
miyachadagi cho'qqi yadrolarga borib tugaydi.
9. Ko'rish yo'li 4 neyronli bo'lib, birinchi neyroni ko'zning to'r 
qavatidagi tayoqchasimon va kolbachasimon hujayralardan boshlanib, yarim 
qutbli (bipolyar) hujayralarda tugaydi. Ikkinchi neyron ana shu hujayralardan 
boshlanib, tugunsimon (ganglioz) hujayralarga boradi. Uchinchi neyron


ganglioz hujayralardan ko'rish nervi sifatida boshlanib, ko'z kosasining 
shu nomli kanalidan kalla bo'shlig'iga kirib, qisman kesishadi. Natijada 
o'ng tomonga kesishib o'tgan tolalar chap ko'zning medial yarmidan, 
o'ng ko'zning tashqi yarmidan, chap tomonga o'tgan tolalar esa, aksin­
cha, o'ng ko'zning ichkari yarmidan va chap ko'zning tashqi yarmidan 
kelgan bo'ladi. Shundan so'ng kesishgan va kesishmagan nerv tolalari 
alohida ikkita tepachalar, tashqi tizzali tana va ko'rish tepaligining yostig'ida 
tugaydi.
To'rtinchi neyron ana shu yadrolardan boshlanib, bosh miya ensa 
bo'lagining medial yuzasida joylashgan qush pixi atrofidagi po'stloqda 
tugaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish