periost bo'lmaydi). Periost yupqa, pushti rangli birikti
ruvchi to'qimadan iborat bo'lib, suyaklarning alohida te-
shikchalaridan o'tib boradigan tolachalar vositasida suyaklar
ustiga mustahkam yopishib turadi (19-rasm).
Periost ikki qavatdan, ya’ni tashqi qavat — tolali fib-
roz to'qimadan, ichki qavat— nerv va qon tomirlarga boy
bo'lgan suyak hosil qiladigan qismdan iborat. Qon tomir
lari suyaklarga alohida oziq teshiklar orqali boradi. Peri-
ostning ichki qavati suyaklami eniga o'stiradi. Suyaklar
ning bo'g'im hosil qiladigan sathi bo'g'im tog'aylari bi
lan qoplangan (bo'g'imlar haqidagi bobga qarang).
Suyak kovaklari va ilik kanallari hamma vaqt ko'mik
bilan to'la bo'ladi. Ko'pincha naysimon suyaklarda ilik
markaziy bo'shliq qismida joylashganligi uchun ilik
bo'shlig'i yoki kanali deb ataladi. Ko'mik organizmda
qon yaratadi va biologik himoya vazifasini bajaradi.
S U Y A K L A R N IN G R IV O JL A N IS H I
Odam embrionida suyak to'qimasi, boshqa hamma to'qimalarga nis
batan kechroq yoki ona qornidagi hayotning ikkinchi oyi o'rtalarida
mezenximadan vujudga kelgan yosh biriktiruvchi to'qima (osteoblast)
hujayralaridan paydo bo'ladi.
Hamma suyaklar bir xilda rivojlanmaydi, ba’zi suyaklarda bevosita
biriktiruvchi to'qima (parda) davridan (tog'aylanish davrisiz) suyaklanish
boshlanadi, bunday suyaklanishga b i r l a m c h i s u y a k l a n i s h y o k i
b i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a s u y a k l a r i deb ataladi. Ularga kallaning
miya qismidagi qoplovchi suyaklar, barcha yuz suyaklari va o'mrov suyak
tanasi kiradi; boshqa suyaklar esa parda davridan log'ayga o'tib, keyin
suyaklanish boshlanadi, bunga i k k i l a m c h i s u y a k l a n i s h deb
ataladi. Umuman suyaklanish jarayoni quyidagi to'rt: 1) endesmal, 2)
perixondral, 3) periostal va 4) enxondral turlarga bo'linadi.
1. Endesmal suyaklanish (ichidan) biriktiruvchi to'qimadan boshlanib,
birlamchi suyaklanish vujudga keladi. Embrion yosh biriktiruvchi
to'qimasining ma’lum bir nuqtasi (keyingi suyak nuqtasiga yaqin joydan)
zo'r berib osteoblastlar ko'payib, suyakning asosiy moddasini hosil qilib,
o'zi suyak hujayralariga aylanadi. Natijada suyaklanish nuqtasi (yadrosi)
vujudga keladi. Bu nuqta har tomonga qarab o'sadi va hosil bo'lgan
suyak hujayralari radius shaklida joylashadi.
2. Perixondral suyaklanish (peri — atrof, xondral — tog'ay) mezenxima
to'qimalaridan (kelgusida) hosil bo'ladigan suyaklar shaklida vujudga
keladi. Keyinchalik bular yaxlit gialin tog'ayiga aylanib, ustini tog'ay ust
pardasi (perixondral) qoplaydi. Perixondralning ichki qavatidagi hujayra
lar zo'r berib ko'payishi natijasida osteoblastlar (suyak moddalari) ni
Download
Do'stlaringiz bilan baham: