14-rasm. Uchta embrion varaqlaridan
rivojlangan a'zolar.
1
-ekloderma; 11-endoderma, III-mezo-
derma; a - ichaklar va bezlar; b -
suyaklar va qon tomirlar; d - nervlar
va teri epiteliylari.
tuklar, teri bezlari, burun, o g ‘iz va orqa chiqiruv teshigi shilliq qavatining
epiteliy si, nerv sistemasi va sezgi a’zolarining epiteliy lari paydo bo'ladi.
2. Embrionning ichki varag'i — endodermadan ovqat hazm qilish sis
temasi shilliq qavatining epiteliysi va ularning bezlari, nafas a ’zolarining
talay qismi va qalqonsimon, buqoq bezlarining epiteliylari hosil bo'ladi.
3. Embrionning o 'rta varag'i — mezodermadan skelet muskullari,
seroz bo'shliqlarining mezoteliysi, jinsiy bezlar va buyrak kurtaklari
rivojlanadi. B ulardan tashqari, m ezoderm aning orqa segm entlaridan
biriktiruvchi to'qim a — mezenxima paydo bo'ladi. M ezenximadan esa
hamma biriktiruvchi to'qim alar, shu jumladan suyak va tog'ay to'qim ala
ri ham rivojlanadi. Embrion rivojlanishining dastlabki davrlarida mezen
xima kerak bo'lgan ovqat moddalarini yetkazib beradi, ya’ni trofik vazi
fani bajaradi. Keyinchalik undan qon, limfa, qon tomirlar, limfa tugunlari
va taloq vujudga keladi. Embrionning rivojlanishi haqida fikr yuritganda
uning o'sishi uchun kerak bo'lgan moddalami yetkazib beradigan tashqi
tuzilmalami ham nazarda tutish lozim. Jumladan, embrion o'zining ko'p
hujayrali shar davrida ichki tuguncha (embrioblast) va tashqi hujayra
qavati trofoblastga ajraladi, trofoblast embrion yordamida bachadonning
shilliq qavatiga asta-sekin o'tiradi, bunga payvandlanish (implantatsiya)
deb ataladi. Shu davrda embrion bilan ona tanasini bog‘lab turadigan va
embrionning normal o'sishi uchun kerakli moddalarni yetkazib berib tu
radigan yangi a’zo paydo b o 'la boshlaydi. Bunga yo'ldosh deyiladi.
Yo'ldosh rivojlanib kelayotgan bir paytda embrionning tashqi tomonida
bitta bo'rtm a paydo bo'ladi, chambarak singari buralib, asta-sekin tizim-
cha shaklini oladi. Shunday qilib, embrionni yo'ldosh bilan birlashtirib
turadigan kindik tizimchasi vujudga keladi.
Embrion taraqqiyotining boshlang'ich davrida sariq yo'l yoki sariq
tizimcha paydo bo'lib, u ichakdan embrionning tashqarisiga bo'rtib chiq
qan qismi (sariq xaltasi) bilan ichakni birlashtirib turadi. Mezoderma
hujayralarining moddasi (qorin poyasi) yo'l hosil qiladi va ichak mezo-
dermasining alohida o 'sig 'i — siydik xaltachasidan o'sib chiqqan allantois
(kolbasasimon) ana shu yo'ldan o'tib, bachadonning shilliq pardasiga
boradi. Allantois bilan birga o 'sib chiqqan kindik qon tomirlari ham
bachadonning shilliq qavatiga boradi. Shunday qilib, yo'ldoshda qon ay-
lanish vujudga keladi va ona bilan embrion o'rtasida moddalar almashinuvi
jarayoni boshlanadi.
O'sayotgan embrion ikkita parda bilan o'raladi. Ichki parda — amnion
pardaning ichi oqsil suyuqligi (qog'anoq suvi) bilan to'lgan bo'lib, unda
embrion qimirlab (suzib) turadi. Amnionni ust tomondan xorion (kiprik
parda) o'ragan bo'lib, uning kipriklari ko'pchilik sathda yo'qoladi. Xori-
onning qolgan kiprikli qismiga qon tomirlar qo'shiladi. Ana shu qismi
yo'ldosh hosil bo'lishida qatnashadi.
Shunday qilib, odam embrionining takomillashishi 40 hafta (10 oy)
davom etadi. Bundan dastlabki 8 haftasi embrion (pusht) davri bo'lib,
bunda barcha a’zolarning kurtaklari paydo bo'ladi. Keyingi homiladorlik
32 hafta davom etadi. Bu vaqtda hamma a ’zolar takomillashib homila
kattalashadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |