M e’da fiziologiyasi.
Ovqat moddasi o g'iz bo'shlig'idan halqum va
qizilo'ngach orqali m e’daga tushgach, unda 4 soatdan 10 soatgacha saq
lanadi. Bu davrda ovqat moddasi m e’da devori muskullarining qisqarishi
tufayli mexanik parchalanish davom etadi. M e’dada ikki xil (tonik va
peristaltik) qisqarish bo'ladi. M e’daning uzoq va to'xtovsiz qisqarishi
tonik qisqarish deyiladi. M e’daning kirish qismidan chiqish tomonga qarab
yo'nalgan to'lqinsimon qisqarishi esa peristaltik (to'lqinsimon) qisqarishdir.
M e’daning shu tariqa qisqarishi ovqat moddalarining mexanik va kimyo
viy (shiralar vositasida) parchalanishini ta’minlaydi.
Kimyoviy parchalanish esa so'lak fermentlari va m e’da shirasi orqali
ro'y beradi. Natijada ovqat moddasi asta-sekin bo'lak-bo'lak bo'lib, bo'tqa
holiga o'tadi.
M e’da shirasi shilliq qavatda joylashgan bezlar m ahsuloti bo'lib,
tarkibida xlorid kislota, pepsin va shilliq bo'ladi. Xlorid kislota me’da
sharoitini nordon qiladi. Odamda bir kecha-kunduzda
2-2,5 / gacha
shira ajraladi.
M e’dada suv, dorilar, mineral tuzlar va spirt shimiladi. Ovqat modda
si bo'lm aganida shira ishlab chiqarilmaydi. Ovqat yeyila boshlaganidan
5— 10 minut o'tgach, bezlar shira ajrata boshlaydi. Shiralaming ajralish
vaqti va m iqdori yeyiladigan ovqat sifatiga b og'liq . Jum ladan, sut
ichilgandan uch soat o'tgandan so'ng eng ko'p shira ajralishi kuzatiladi
va 5
— 6
soatga borib tugallanadi. G o'sht iste’mol qilinganda shira ajralishi
o'rtacha
8
soat davom etsa, non yeyilganda uchinchi soatda keskin pasayadi
va shunday kam miqdorda ajralishi 10 soatgacha davom etadi. M e’da
shiralari tuz, suv, go'sht va turli sabzavotlar ta’sirida ko'proq ajralsa,
qand, yog' kabilar yeyilganda, aksincha, kamayib, tormozlanadi.
Me’da shirasidagi kislota miqdorini aniqlash uchun, odatda, 100 ml
m e’da shirasiga 40— 50 ml ishqor qo'shib neytrallanadi. Ana shu jarayon
uchun sarf bo'lgan ishqor miqdori m e’dadagi umumiy kislota miqdorining
ko'rsatkichi hisoblanadi.
B o'sh m e’da 10— 15 minut davomida muntazam qisqarib, ochlik his-
sini uyg'otadi. Ochlik hissi har 60— 80 minutda yana qaytariladi. Sifatsiz
ovqat iste’mol qilinganda qayt qilish sodir bo'lganda, m e’daga keluvchi
nervlar markazi (uzunchoq miyada) ta’sirlanib, murakkab refleks jarayoni
boshlanadi.
Qusish odamning chuqur nafas olishidan boshlanib, so'ngra m e’da
ning chiqarish qismidagi aylanma joylashgan muskulning kuchli qisqari
shi ro'y beradi. Bu holda m e’da va qorin devori muskullarining qisqarishini
zo'raytiradi va kirish qismidagi muskullar ochilib, me’da ichidagi ovqat
hamda suyuqlik aralashmasi tashqariga otilib chiqadi. Shuning uchun
qusish jarayoni murakkab himoya refleksi deb hisoblanadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |