nozintrifosfat kislota)ning parchalanishidan vujudga kelgan energiya orq
ali ta’minlanadi.
Hujayra membranasidan o 'ta olmaydigan yirik anionlar membrana
ichkarisida to'planib, manfiy zaryad hosil qiladi. Bunday zaryadlar mem
brana teshiklaridan chiqqan musbat К ionlarini
elektrostatik kuch bilan
ushlab turadi.
Shunday qilib, hujayradan tashqarida musbat zaryadli К ionlaridan,
sitoplazmada manfiy zaryadlangan anionlardan k o ‘p elektr zaryadi vu
judga keladi. Hayot to'xtaganda ionlar konsentratsiyasi baravarlashib,
moddalar almashinuvi to'xtaydi. To'qim alar, jumladan muskul to'qim asi
ta’sirlanganda hujayra membranasining o'tkazuvchanligi o'zgaradi. M em
brana tashqarisidagi natriy ionlarining konsentratsiyasi, uning ichkarisi-
dagiga qaraganda taxminan
8— 10
baravar ortiq bo'lgani uchun, ular
ichkariga intiladi. Natijada musbat zaryadlangan
natriy ionlari membranani
qayta zaryadlaydi. Shunday qilib, membrananing tashqi yuzasi manfiy
zaryadli, ichki yuzasi esa musbat zaryadli, ya’ni membrananing natriy
ionlari o'tkazuvchan bo'ladi. Ammo membrananing o'tkazuvchanligi tez
pasayib, К ionlari tez ortadi, oxiri musbat
zaryadli ionlar membranadan
tashqariga o'tadi, ya’ni uning qutblanishi tiklanib, tashqi yuzasi tag'in
musbat zaryadga, ichki yuzasi esa manfiy zaryadga ega bo'lib qoladi.
Shu tariqa, membrananing q o 'zg 'alish jarayonida hosil bo'lgan elektr
o'zgarishlari harakat potensiali deb ataladi. Q o'zg'alish odatda sekund-
ning mingdan bir bo'lagida sodir bo'ladi. Harakat potensiali q o'zg'alish-
ning asosiy qismi bo'lib, u qo'zg'algan joyda paydo bo'lib, muskul tolasi
ning qo'zg'alm ay qolgan qismlariga tarqaladi va o'tkazilishni ta’minlaydi.
Barcha to'qim alar ichki va tashqi muhitdan ta’sirlanish xususiyatiga
ega. Shulardan nerv, muskul va bez to'qim alari ta’sirlanish bilan birga
qo'zg'aluvchanlik xususiyatiga ham ega.
Q o'zg'alish vaqtida harakat qilishdan tashqari, moddalar va energiya
almashinuvi jarayonlari ham o'zgaradi. Jumladan, muskullar qisqaradi,
nerv hujayralarida biotok (elektr impulslar) hosil bo'ladi,
bezlarda esa
shira (sekret) ajralishi oshadi. Binobarin, to'qim alar qo'zg'alganida kis-
lorod ( 0 2) k o 'p sarf bo'lib, karbonat angidrid (C 0 2) va issiqlik ajralishi
oshadi. Natijada to'qim a tinchlik holatidan o'ziga xos faol fiziologik
holatga o'tadi. Shunday qilib, qo'zg'aluvchanlik to'qim alarning xossasi
bo'lsa, q o 'zg 'alish ichki yoki tashqi ta’sirotlarga
javoban yuzaga kelgan
mahsulot (reaksiya) dir. Q o'zg'alish bir joyda qolmasdan, q o 'zg 'aluv -
chan to'qim alar bo'ylab tarqaladi yoki o'tkaziladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: