O‘rta asrlardagi jodugarlar ustidan sud jarayonlar, hozirgi kunda ham olimlar va tarix faniga qizikuvchilarni aqlini hayajonga solmoqda


Germaniyada jodugarlikni quvg‘in qilinishi



Download 60,27 Kb.
bet4/5
Sana09.07.2022
Hajmi60,27 Kb.
#766322
1   2   3   4   5
Bog'liq
ODILOVA MUMTOZA

Germaniyada jodugarlikni quvg‘in qilinishi.

Rus tilida inkvizitsiya va jodugarlar ustidan sud jarayonlarini tarixiga oid adabiyotlar mavjud. Biroq ular ancha oldin nashr qilingan. 1911-1912 yillarda mashhur tarixchi S.G. Lozinskiy tahriri ostida, A.V. Bashkirov tarjimasida amerikalik olim Genri-Charl Lining “O‘rta asrlarda inkvizitsiya tarixi” nomli asari nashr qilingan.


Ko‘rsatilgan mavzuga oid, birinchi bor 1924 yilda nashr qilingan M.M.SHeymanning “Xudo nomi bilan olov va qon bilan” nomli yorqin publitsistik kitobi edi. Kelgusida u 20-yillarda rus va boshqa tillarda bir necha bor qayta nashr qilingan. 1927 yilda S.G. Lozinskiyni “Muqaddas inkvizitsiya” nomli mashhur kitobi chiqqan.
Jodugarlar ustidan ommaviy sud jarayonlarni vujudga kelishi borasida bir nechta farazlar bor, lekin birortasini ham etarlicha deb hisoblab bo‘lmaydi. Biri bo‘yicha, jodugarlarni quvg‘in qilish bid’atchilarga qarshi amaliy kurashni davomi bo‘lgan. Ushbu nuqtai nazar yoki qarash tarafdorlari, inkvizitsiya jodugarlarni uyushtirilgan iblis tarikati a’zolari sifatida qabul qilishgan deb ta’qidlaydi, va quvg‘un boshlanishini, katarlar tarikati haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan, XII asrga tegishli deb hisoblashadi. XI–XII asrlarda ma’lum bo‘lganiday - bogomil, albigoy va valdenslar bid’atchilik harakatining rivojlangan davri hisoblanadi, bunga qarshi katolik Cherkovi, bid’atchilarni izlash va jazolash maqsadida, 1215 yilda mahsus organ hisoblangan papa inkvizitsiyasini tashkil qilish bilan javob bergan. Lekin inkvizitsiya jodugarlarni yo‘q qilishni o‘z maqsadi qilib qo‘ymagan. Aksincha, jodugarlikda ayblanganlarni ular faqat bid’atchilik xarakatiga tegishli joyi bo‘lganida quvg‘in qilishgan, va ushbu hollarda oqlash qarorlari chiqarilish foizi nisbatan juda katta bo‘lgan.
Boshqa nuktai nazar bo‘yicha, yahudiy va moxovlar bilan bir qatorda, jodugarlar bir xayoliy “ichki dushman” sifatida quvg‘in qilingan. Haqiqatda ham, XI asrdayok Germaniyada yahudiylar uchun birinchi gettolar paydo bo‘lib, Ispaniyada ularning ommaviy o‘ldirilishlari boshlanadi. 1179 yilda Fransiyada moxovlar va besokollarga qarshi qonun chiqadi. XII asrning ohirida yahudiylar Fransiyadan quvib chiqariladi. Nihoyat XIV asrda, ushbu mamlakatda, moxovlarning ommaviy o‘ldirilishi sodir bo‘ladi. Lekin o‘tmishga bunday solishtirishlar bilan qarashlar, keltirilgan vokealardan ancha kechrok boshlangan jodugarlikni ommaviy quvg‘in qilishni sabablarini tushuntira olmaydi.
Nihoyat, eng ishonchli sabablardan biri bo‘yicha, jodugarlik vasvasasini tarqalishiga, jodugarlarni izlash va yo‘q qilish bo‘yicha, shayton o‘rganuvchilarning ilmiy yo‘riqnoma-asarlarini paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Bu turdagi eng obro‘li yo‘riqnomalardan biri, 1487 yili papa Innokentiy VIII topshirig‘i bilan nashr qilingan, mualliflari dominikanlik ruhoniylar YAkob Shprenger va Genrix Institorisning “Jodugarlar to‘qmog‘i” qitobi hisoblanadi. Kelgusi XVI asr va XVII asr boshlarida Jan Boden, qirol Yakov I Styuart, Nikolya Remin va boshqalarning bu qabi ko‘plab asarlari paydo bo‘ladi. SHayton o‘rganuvchi olimlarning asarlarini o‘qiyotgan odamlarning yuraklariga sekin-asta shayton xizmatkori bo‘lgan jodugarning qiyofasi kirib borgan1.
XVI asrning o‘rtalaridan, asosan Fransiya, Shveysariya va Germaniyada, jodugarlik vasvasasi dahshatli ko‘rinishlar oldi. Atiga 10 yil ichida, 1581 yildan 1591 yilga qadar, Lotaringiyani o‘zida 1000 ortiq jodugar yoqib yuborilgan edi. Shu kabi voqealar, Burgundiya va Gaskoniyada ham yuz bergan. Bu yerda mutaassib-sudyalar qisqa vaqt ichida 600ta jodugarni yoqib yuborgan. Qo‘shni Germaniyani Trir kurfyurstligida, 1603 yildan boshlab esa Fuld abbatligida ham jodugarlikni qo‘vg‘in qilish omadli kechgan. Lekin o‘ta shafqatsizlik bilan Bamberg, Vyursberg va Kyoln arxiepiskoplari ajralib turgan. Jodugarlarni qonli quvg‘inlari ularda deyarli bir vaqtda boshlangan: Bambergda 1626-1639 yillarda, Vyursbergda 1627-1631 yillarda va Kyolnda 1627-1639 yillarda bo‘lib o‘tgan. Bu quvg‘inlarning maqsadi bitta bo‘lgan, jodugarlik mazhablarni batomom yo‘q qilish edi. Odatda quyi tabaqadan bo‘lgan ayollardan boshlashgan. Lekin bu bilan ish cheklanmagan. Voqealar qanday rivojlanib borganligi haqida, Vyursburgda yoqib yuborilgan jodugarlar ro‘yxatidan bilsak bo‘ladi. Uchinchi gulxandayok, beshta ayol ichida, birinchi lekin ohirgisi bo‘lmagan bitta erkak bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, jodugarlarni qo‘vg‘in qiluvchilar yuqori tabaqadan bo‘lgan odamlarga ham qirishgan.
To‘rtinchi gulxanda burgomistrning hotini, beshinchisida esa ratusha(shaxar xokimiyati) a’zolaridan birining hotini yoqib yuborilgan. Tez orada, burgomistr va ratushaning boshqa a’zolari ham ularning ortidan ravona bo‘ldi. So‘ngra ularning bolalarining navbati keldi: o‘n ikki yoshli, to‘qqiz yoshli va nihoyat eng kenjasini yoqishgan. Keyin o‘quvchi va talabalarga kirishdilar. O‘n birinchi gulxanda birinchi bor ruhoniy lavozimiga ega bo‘lgan shaxs yoqib yuborilgan. Shunday qilib barcha yosh, kasb va tabaqadagi odamlarni tenglashtirgan tugalmas o‘lim raqsi davom etardi. Sud jarayonini aqldan ozgan episkop yordamchisi o‘tkazgan, Bambergdagi terror dahshatli bo‘lgan, ammo Kyolnda ishlar bundan ham battar edi. Bu ishlarni guvohi bo‘lgan odam, Shunday deb yozgan: “Chamasi shahar aholisini yarmi o‘lib ketdi. Professor, huquq nomzodlari, ruhoniy, kanonik, vikariy va rohiblik ordenlarining a’zolari turmaga tashlanib yoqib yuborilgan. Kansler ham hotini bilan yoqib yuborilgan. Uch-to‘rt yoshli bolalar SHayton bilan til biriktirmoqda. YUqori tabaqadan bo‘lgan to‘qqiz-o‘n to‘rt yoshli talabalarni yoqib yuborishmoqda...”. Qishloqlarda esa ba’zida bunday gulhanlar uchun o‘tin ham etishmagan. Dahshatda qolgan odamlar mamlakatni tark etardi. YOrdam so‘rab iltijolar bilan ular imperator va Rim papasiga murojat qilishgan. Imperator Ferdinand II, o‘zining ruhoniy otasini iltimoslariga quloq solib, boshida, bu terrorni qo‘llab quvvatlayotganlarga, nasihatlar bilan, so‘ngra do‘q-po‘pisa bilan murojat qilgan. Papa Urban VIII, qonli harakatlarni to‘xtatish uchun, Kyolnga o‘zining ikki kardinalini yuboradi. Biroq barcha sayi-harakatlarga qaramasdan xudojo‘y qotilliklar hali uzoq davom etgan. Faqat bir necha yil o‘tgandan so‘ng, g‘azablangan episkoplarga aql qayta boshladi. Xo‘jalik og‘ir ahvolga tushgan, g‘aznaga soliqlar tushishi to‘xtagan; ko‘p oilalar qatl ettirilgan, omon qolganlari esa boshqa joylarga ketib yuborgan. Bambergda, Vyursbergda kabi 600dan ko‘p, Kyolnda esa 1000dan ko‘p odam gulxanda yo‘q qilib yuborilgan.
Shayton o‘rganuvchi fanning ko‘p joylari, ular paydo bo‘lgan vaqtdan boshlaboq munozaralarga sabab bo‘lgan, va boshida ayrim olim va ruhoniylar ular bo‘yicha o‘z fikrlarini ochiqchasiga aytishgandi. Biroq odamlarning vasvasaga tushganligi kuchaygan sari, ommaviy qabul qilingan qarashlar bilan bahslashish xavfli tarz olgan. Ohirida faqat jasur insonlargina ularga qarshi chiqishga jurrat qilishgan. Eng mashhurlaridan biri, gollandiyalik vrach Iogannes Vir (1515 – 1588) bo‘lgan. Unga, hurfikr knyazning leyb-medigiga, 1563 yilda, bombani portlashi kabi bo‘lgan, kitobni nashr qilishga jasorat etgan. U “SHayton vasvasasi haqida” deb nomlangan. Nomidan, muallif nimani nazarda tutgani tushunarli bo‘lib turibdi: Xudoni barcha amrlarini buzib, jodugarlar ustidan sud jarayonlar boshlab “bugunohlarni qirg‘inini” keltirish maqsadida, jodugarlar haqida bu uydirmalarni hammasini odamlarda SHayton uyg‘otgan. Xukumatga esa iblis hiylalarini aniqlash va sud jarayonlarini beqor qilish lozim, va shu orqali shaytonni rejasini barbod qilish kerak. Nima bo‘lsada, jodugarlarni quvg‘in qiluvchilarni qarorgohida qahr va nafrat o‘yg‘otgan doktor Virning kitobi, vasvasaga chek ko‘ya ololmadi. Biroq Virning qarama-qarshiliklariga boshqalar ham qo‘shilishga jur’at qilisha oldi1.
XV asrning oxiridan boshlab, jodugarlar ustidan to‘satdan ro‘y bergan halq jazolashlari o‘rniga, ular bilan Cherkov va davlat faol qatnashgan, aniq tartibga solingan tizim keladi. Jodugarni aniqlash tartibida, faqat bitta usul –igna sanchish usuli qo‘llanadi. Bunga doir ma’lum bo‘lmagan sinov butun Yevropa bo‘ylab, SHvetsiyadan tortib Ispaniyagacha tarqala boshlaydi. SHuni aytish kerakki, bu jarayon barcha joyda bir xil usulda o‘tkaziladi. Ahir bu shubha o‘yg‘otmaydimi?
Bu taxminning qo‘shimcha dalili bo‘lib, jodugarlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlarning xususiyati hizmat qiladi (axir bekorga ularga bag‘ishlangan adabiyotlarda, ularni epidemiya deb atashmagan). Jodugarlarni butun G‘arbiy Yevropa bo‘ylab doimiy va bir xil tarzda quvg‘in qilishgan deb aytib bo‘lmaydi. To‘g‘risi, mahalliy va vaqt bilan cheklangan, jodugarlarni qo‘vg‘in qilish holatlari to‘g‘risida gapirsak bo‘ladi. Ba’zi shaharlarda gulhanlar yonayotgan vaqtda, boshqa shaharlarda esa ular to‘g‘risida eshitmaganga ham o‘xshaydi. Balkim bu, jodugarlikga qarshi kurash, aynan moxov kasalligi tarkalgan joylarda boshlanib, moxov bilan kasallanganlarni etarlicha soni yo‘q qilingandan so‘ng to‘htatilgan2.
Agar, o‘rta asrlardagi jodugar va afsungarlarni qiruvchilar nima bilan ish olib borayotganini bilishgan bo‘lsa deb taxmin qilsak, ular jodugarlikda ayblanganlarni jamiyatdan puxtalik bilan ajratib qo‘yishga harakatlarini mantiqan hisoblab chiqsak bo‘ladi. Ko‘p mualliflar (masalan, Ya. Kantorovich va N. Speranskiy) jodugarlar maxsus, alohida qamoqxonalarda saqlangan deb yozib o‘tishgan. Shayton o‘rganuvchi mutaxassislar esa, o‘zining qo‘llanmalarida jodugarlar bilan yaqindan aloqada bo‘lish xaf-hatari to‘g‘risida ogohlantiradi, sudyalarga esa so‘roqlar vaqtida jodugarlarni qo‘l tekkizishidan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida tavsiyalar beradi. Din bo‘yicha mutaxassislar, jodugarlar bilan kurashayotganlarda Cherkovni oq fotihasi bor va ularni afsunidan himoyalangan deb hisoblashsada, amalda esa aksincha bo‘lib chiqardi. Adabiyotdan ba’zi hollar ma’lumki, jodugarlikda, sud jarayonini olib borgan jallod va sudyalar ham ayblangan. Buni xech ajablanadigan joyi yo‘q, chunki ular zararlanish ehtimollari etarlicha bo‘lgan.
Albatta, zararlanib qolishni havfi asosan qarindoshlarida bo‘lgan. Ular esa, dahshatli kasallik alomatlarini birinchi bo‘lib payqab qolishlari mumkin bo‘lgan, va bu holatda o‘z hayoti uchun qo‘rkuv qarindoshiga bo‘lgan his-tuyg‘ulardan ustun kelishi mumkin bo‘lgan. Ko‘p hollarda ma’lumot berganlar asosan qarindoshlar bo‘lganligi (bu to‘g‘risida tarihiy hujjatlarda yozilgan) bekorga emas. Shunday bo‘lsa ham, bunday qadam ularni jodugarlikni yuqumlik kasalligiga mansubligi shubhasidan holis qilmagan. Shuning uchun, oiladagi biron kimsa jodugarlikda ayblanib qatl qilingan bo‘lsa, boshqa oila a’zolarni barchasi butun umrga shubha ostida qolishgan. Aksincha bo‘lishi mumkin ham emasdi: moxov kasalligini inkubatsion davri bir necha yilni tashkil qiladi, demak kasallangan bilan aloqada bo‘lgan har bir kimsa xavf keltirgan. Shuning uchun har ehtimolga qarshi bira to‘la butun oilani qatl qilishganlar ham bo‘lgan.
Eng qo‘rqinchli va dahshatga solgan hol – bu jodugarlikda ayblangan bolalarni qatl qilinishi bo‘lgan. XV-XVII asrladagi gulxanlarda hatto ikki yoshli bolalarni ham yoqib yuborishgan. Bunga, Bamberg shahrida bir vaqtning o‘zida 9 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 22ta qiz bola gulhanda yoqib yuborilganligi, misol bo‘la oladi. Oldin aytilganidek, jodugarlikka ishonch butun odamzodga xos, biroq jodugarlikda ommaviy ravishda bolalarni ayblash faqat XV-XVII asrning G‘arbiy Yevropasi uchun xos. Aytilgan taxminga yana bir ko‘shimcha dalil: moxov kasalligi yosh tanlamaydi, va har bir zararlangan yosh bolayu yoshi katta odam xavf tug‘diradi.
Ba’zida, juda kam holatlarda, jodugarlikda ayblangandan aybni olib tashlashgan. Ammo ozod qilinganidan so‘ng ham u hisobda tahqirlanib, qat’iy karantinda yashagan: unga Cherkovga kirish man qilingan yoki alohida joy ajratishgan; hatto o‘z uyida ham u boshqalardan ajralgan holda yashagan. Bularning barchasi zararlanish xavfiga qarshi ko‘rilgan to‘g‘ri choralar.
Bu tahminni isbotlovchi dalillardan yana biri, halq ongida paydo bo‘lgan jodugarni qiyofasi. Ingliz tarixchisi R.Xart, o‘zining “Jodugarlikning tarixi” deb nomlangan asarida, zamondoshlari hayolidagi jodugar qiyofasi qanday qo‘rinishda bo‘lganligi haqida guvohlik keltiradi. Mana ulardan biri: “Ular eg‘ri va bukri, ularning yuzida barchani dahshatga soluvchi melanxoliya (dilgirlik) tamg‘asi bosilgan. Ularning terisi qandaydir dog‘lar bilan qoplangan. Ko‘zlari cho‘kkan, tishlari yo‘q, doim bukilib yuradi. Tana a’zolari doim qaltirab turadi”.
Tibbiyotdagi adabiyotda, moxov kasalligiga uchragan odamning so‘nggi bosqichi xuddi mana Shunday tasvirlangan. Tibbiyot ensiklopediyasi yana shuni ma’lum qiladiki, “kasallik, ayrim o‘tkazib yuborilgan hollarda, qoshlar to‘kila boshlaydi, quloq solinchaklari kattayadi, yuz qo‘rinishi o‘zgaradi, qo‘rish qobiliyati qo‘r bo‘lgunga qadar susayadi, ovozi xirildoq bo‘lib qoladi”. Ertaklarga xos jodugar, hirillagan ovozga ega, yuzida esa uzun, oldiga chiqqan burni bor. Bu bekorga emas. Moxov bilan kasallanganda, “ko‘p hollarda burun shilimshiqligi zararlanadi, bu esa uni perforatsiya (teshilishi) va deformatsiyasiga (o‘zgarishiga) olib keladi. Ba’zida esa, xronik farangit rivojlanib, bo‘g‘izni zararlaydi va hirillashga olib keladi”1.
Albatta, shunga e’tibor berishimiz mumkinki, tarixiy manbalarda taxminni to‘g‘ridan-to‘g‘ri isboti topilmaydi. Haqiqatda ham, jodugarlarni quvg‘in qilishni moxov kasalligiga qarshi kurash haqida isbotlovchi hujjatlar yo‘q, va kelgusida uchramasa ham kerak. Biroq bunga bilvosita dalillarni topishimiz mumkin. Masalan, mashhur “Jodugarlar to‘qmog‘i” asarida.
Unda inkvizitorlar, Shprenger va Institoris, savol berishadi: jodugarlar turli qasalliklar, ular ichida moxovni ham, odamlarga yubora oladimi. Boshida, jodugarlar moxov yoki tutqanoqni yubora olishiga qodirligi haqida qiyinchiliklar borligi to‘g‘risida mulohaza qilishgan. Chunki ular, asosan odamning ichki a’zolarini etishmovchiliklari tufayli paydo bo‘lgan. Mualliflar keyinchalik shuni ma’lum qilishadi: “Kasalliklarni vaqti-vaqti bilan jodugarlar yuborishlarini aniqladik”.
Jodugarlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlarni o‘rganishda, jodugarlar oldida ommaviy qo‘rquv bor vaqtida ularga nisbatan himoya so‘zi aytishga jur’at qila olgan, shayton o‘rganuvchi mutaxassislarga qarshi chiqa olgan odamlarning asarlari katta qiziqish o‘yg‘otadi. Bunday noyob shaxslardan biri, jodugarlik muammolariga qarashlarini “Jinlar nayranglari haqida” asarida namoyon qilgan, germaniyalik vrach Iogann Veyer bo‘lgan. Unda u mashhur shayton o‘rganuvchi mutaxassislar bilan munozaralar olib borib, ularning qarashlari asossiz ekanligini isbotlamoqchi bo‘lgan. Ohirgilarni qarashlarini mazmuni nimada? Ulardan biri bo‘lgan Karpsov “jodugarlarni tezrok o‘limga mahkum etish, ularni o‘zlarini foydasiga bo‘lgan”. Veyer tahmin qilishicha, “Karpsovning dalili, galliyaliklar kasalligiga uchragan odamni qotilligini oqlay oladigan ajoyib bahona”. Shuni aytib o‘tish kerakki, galliyaliklar kasalligi deb moxovni atashgan. Bu so‘zlari orqali Karpsov, o‘zini va jamiyat oldida, jodugar-moxovlarni qirg‘ini mehr-shafqat vazifasi bo‘lgan deb oqlaydi.
Jodugarlar ustidan sud jarayonlari - XV-XVI asrlarda G‘arbiy Yevropada, din va xristian jamiyatiga qarshi jinoyat sodir etgan, go‘yo shayton bilan aloqador odamlar ustidan inkvizitsiya tomonidan o‘tkazilgan sud protsesslari hisoblanadi. Avvallari, jodugarlik bo‘yicha ayblov ishlar xususiy jinoiy tartib bo‘yicha ko‘rilgan. Jodugarlikga qarshi qaratilgan, papa Inokentiy VIII ning 1484 yildagi bullasi, joduga ishonmaslikni eng katta bid’at deb e’lon qilib, jodugarlikni yo‘q qilishga chaqirgan, nemis diniy mutaxassis-inkvizitorlar Istitoris va SHpengerni “Jodugarlar to‘qmog‘i” kitobi esa, qiynoq va gulxanda qatl qilishni jodugarlar ustidan sud jarayonlarni qoidasi sifatida tasdiqlagan1. Katolik va protestant mamlakatlarda jodugarlar ustidan ommaviy sud jarayonlar, jodugarlar oldida qo‘rkuvni oshirish, kontrreformatsiya davrining diniy toqatsizlik va irratsionalizmini ijtimoiy-psixologik sharoitiga xos bo‘lgan. Jodugarlar ustidan sud jarayonlarni ayblab, XVI-XVII asrlarda kuyidagi gumanistlar qarshi chiqqan: Pompanatssi, Agrippa Nettesgeymskiy, Vayer, Monten, Tomaziy. Masalan Fransiyada, jodugarlikka chalinganlarni jinni deb, jodugarlar ustidan sud jarayonlarni qonuniy ravishda Buyuk fransuz revolyusiyasi man qilgan (22 avgust 1791 yildagi dekret)2.
Germaniyada esa, jodugarlar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi qo‘llanmalar, yildan-yilga va davlatdan-davlatga nazariyasi va amaldagisi bilan farq qilardi. Germaniya tahminan 300ta kattayu-kichik avtonom viloyatdan tashkil topgan bo‘lib, ularni barchasi Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan, va rasman imperator Karl V (1532) imperatorlik jinoiy kodeksini tan olish kerak bo‘lgan. U bo‘yicha, jodugarlar qiynoqqa solinishi va qatl qilinishi talab qilingan. Aslida, har bir davlatda o‘zini qonunlari bo‘lgan. Nafaqat Saksoniya kabi protestant yerlar, balki Bavariya kabi katolik yerlar ham imperator kodeksini e’tiborsiz qoldirgan.
Bavariya gersogligi Germaniyada katolik Cherkovi tartiblarini qayta tiklashni faol tarafdorlari bo‘lgan. XVI asr o‘rtalarida, Albrext V (1530-1579) o‘zining mulklarida protestantlikga keskin kurashni olib bordi, natijada Baden gersogligida katolik tartiblarida qayta o‘rnatdi3.
Ba’zida bu yaxshi bo‘lgan. Masalan, Myunsterlik qudratli episkop Bernard fon Resfeld jodugarlar ustidan sud jarayonini o‘tkazishga ruhsat bergan, biroq kelgusi quvg‘inlar unda shunchalik e’tiroz uyg‘otganki, 1566 yilda u o‘z lavozimini tashlab ketgan. 1582 yilda Kassel protestantlarining bosh sinodi, odamlar faqat jodugarlikdan qo‘rqqanida, shayton o‘z xukmini o‘tkazollaydi, va xech kimga jodu bilan zarar etkazish mumkin emas, deb e’lon qilgan.
Xukmdorlar qonunlarni o‘z xohishiga qarab kiritishgan yoki o‘zgartirishgan. Protestant gersogi Yuliers-Berga Vilgelm III skeptik (ishonmovchi) bo‘lgan vrachi Iogann Veyerning kuchli ta’siri ostida bo‘lgan, Shuning uchun gersoglikda boshqa atrofdagi erlarga nisbatan, jodugarlarni quvg‘in qilishlar bo‘lmagan; biroq gersog qarib qolganida unda yurak huruji bo‘ladi va u Veyerni haydab yuboradi, va 1581 yilda esa jodugarlarni qiynoqqa solishlarga ruxsat beradi. Vyursberg episkopi Filipp Adolf fon Erenberg yuzlab jodugarlarni ayovsiz yoqib yuboradi, u hatto o‘zining merosxo‘rini (iezuitni maslahati bilan) ayamadi; biroq bu yo‘qotishdan so‘ng, episkopni qarashlari chamasi o‘zgarib, 1630 yillarda merosho‘riga bag‘ishlangan hotira marosimi o‘tkazib, sud jarayonlarni to‘xtatadi. 1700 yilda Fridrix I Prusskiy nemis faylasufi Kristian Tomazelning Shunday kuchli ta’siriga tushib qoldiki, shayton bilan aloqadarligini tan olganligiga asosan, o‘n besh yoshli qizni qatl qilgan baronlaridan biriga nisbatan, shaxsan o‘zi chora ko‘rdi.
Jodugarlarni quvg‘in qilishni eng kuchaygan davri Kontrreformatsiyadan (1570 yil) so‘ng boshlanib, O‘ttiz yillik urush (1618-1648 yy) vaqtida davom etgan. Katolik yerlar to‘satdan protestant yerlariga va teskarisiga o‘zgargan bu davrda, jodugarlikka nisbatan qo‘llangan jazo usullari har yili almashgan. Xagenauda (Elzas) 1573 yili, sudya protestant bo‘lgan davrda, jodugarlikda ayblangan ayolni qiynoqqa solmasdan ozodlikka qo‘yib yuborishgan. 1577 yilda esa bu ayolni qayta ayblashgan, lekin sudyalar endi katoliklar bo‘lgan. U bo‘yicha sud jarayon bir yil davom etgan, uni etti marotaba qiynoqqa solishgandan so‘ng, nihoyat u o‘z aybini tan olgan va yoqib yuborilgan. Yana uni sherigini yondirib yuborishgan, boshqa olti nafar ayol esa jodugarlikda ayblangan. Bamberg katolik eparxiyasi 1623 yilda, episkop Gotfrid Iogann Georg II davrida jodugarlarni qo‘vg‘in qilish markazi sifatida nom qozongan, ammo halq qo‘zg‘olon qo‘tarib protestant shved armiyasini hursandchilik bilan kutib olganda, jodugarlar ustidan sud jarayonlar 1632 yilda 1636 yilgacha vaqtinchalik to‘htatilgan1.
Ko‘pincha bitta e’tiqod vakillari ham, jodugarlarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi usullarda kelisha olmagan. Iezuitlar boshida jodugarlarga qarshi juda faol kurashgan, va hatto ularning etakchi din mutaxassislari ham, masalan Martin del Rio, o‘z asarlarida ularni qirib tashlashga chaqirgan. Keyinchalik iezuitlar ozchilik tarafiga o‘tishgan, ota Adam Tanner (1617 y.) va ota Fridrix fon Shpeelar (1631 y.) esa jaholatparastlik bilan kurashgan. “Saksoniyani qonun chiqaruvchisi” lyuteran Benedikt Karpsovni esa, liberal usullar tarafdori bo‘lgan Kristian Tomaziy almashtirgan. Bosh ruhoniy Baltazar fon Dernbax esa, o‘zining qonho‘rligi bilan mashhur bo‘lgan sudya Baltazar Rossaga, jodugarlarni qirib tashlashga buyurgan, u shu orqali protestantlarni qo‘rqitish va bo‘ysundirishga uringan. Rossa 1603 yildan 1606 yilgacha 300ta odamni qatl qilgan. Lekin yangi abbat Iogann Fridrix fon Shvalbax 1606 yilda sud jarayonlarini to‘xtatib, Rossani esa, sud harajatlaridan katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib olganligi sababli, 1618 yilda qatl etilishiga doir qamoqda saqlagan.
Qo‘shimcha kelishmovchiliklar shubhali ishlarni arbitraj uchun universitetlarni yuridik yoki din o‘rganish fakultetlariga yuborish odatidan ham kelib chiqardi. Lekin universitetlar ham yagona fikrda bo‘lishmagan. Masalan, gersog Maksimilian I Bavarskiy (1597-1651yy.), jodugarlarni qiynoqqa solishni qonunlashtirmoqchi bo‘lganda, uning maslahatchilaridan uch nafari bunday fikrga qarshi chiqqanlar. SHunda u universitetlarga murojat qiladi; Kyoln qiynoqlarga qarshi chiqqan, Frayburg va Ingolshtadt esa ularni qo‘llanishini maqullagan. O‘n-yigirma yil ichida bitta universitetning zakovati keskin o‘zgarishi mumkin bo‘lgan. 1676 yili Blankenshteyn oilasini ishi vaqtida, jodu yordamida qotillikda ayblanayotgan ayol uchun avf etishni so‘ragan. Oradan 13 yil o‘tib, 1689 yili esa, xudda shu jinoyat uchun uning qizini yondirib yuborishni tavsiya qilgan1.
Jodugarlarni quvg‘in qilish Germaniyaga kech kirib kelgan, va XVI asrning 70-80 yillarigacha jodugarlar ustidan sud jarayonlar uncha ko‘p bo‘lmagan. Boshqa Yevropa mamlakatlarida esa jodugarlarni XV asrdan boshlaboq sud qilishgan, ayniqsa Janubiy Fransiya va Italiyani alp xududlarida. Bu yerlardan esa ko‘rinish fransuz Alpi, Shveysariya va Tirolga qo‘chib o‘tgan. Konstanslik yurisprudensiya professori Uilrix Molitor ersgersog Sigizmund Avstriyskiyga jodugarlikqa bag‘ishlangan kitobni yo‘llaydi, bu kitobga inkvizitor Genrix Institorisni 1485 yilning avgustidan oktyabrgacha Tirolda jodugarlar ustidan o‘tkazgan sud jarayonlari haqidagi ma’lumotlar asos bo‘lgan. Bu yerdan jodugarlik xech qanday yordamsiz Janubiy Shvabiya orqali Vyurtenberg va Frankoniyaga, keyinchalik esa Reyn yerlariga tarqaladi. Jodugarlar ustidan ayrim sud jarayonlari 1475 yilda Geydelbergda, 1488 yilda Metsda, 1518 yilda Valdzeeda, 1521 yilda Gamburgda bo‘lib o‘tadi.
Qatl qanday o‘tkazilgan. Jodugarni yondirilishi ommaviy tomosha edi, uning asosiy maqsadi - to‘plangan tomoshabinlarni ogohlantirish va qo‘rqitish edi. Qatl joyiga halq uzoq-uzoqlardan kelgan. Bayramona kiyingan xolda mahalliy xukumat a’zolari to‘planishgan: episkop, kanonik va ruhoniylar, burgomistr va ratusha a’zolari, sudya va sud maslahatchilari. Nihoyat jallod kuzatuvida, aravalarda bog‘liq xolda jodugar va afsungarlarni olib kelishgan. Qatlga safar juda qiyin sinov bo‘lgan, chunki yo‘l bo‘yidagi bekorchilar, o‘zini oxirgi safarini qilayotgan jodugar ustidan, kulib ularni masxara qilardi. Bechoralar nihoyat qatl joyiga etib kelganidan so‘ng, xizmatkorlar ularni ustunlarga zanjirband qilib, atrofini o‘tin va somon bilan o‘rab chiqishgan. Shundan so‘ng tantanali marosim boshlangan, unda ruhoniy halqni yana bir bor Shayton makridan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. So‘ngra jallod gulxanga mash’alni yakinlashtirlgan. Rasmiy shaxslar uylariga tarqab ketganidan so‘ng, xizmatkorlar, “jodugarni gulxanidan” faqat kul qolmaguncha, olovni ushlab turishgan. Jallod kulni yahshilab sidirib olib, uni biron-bir joyga tashlab yuborgan. 1517 yilning oktyabr oyida Vittenberg universitetida indulginsiyalarga qarshi o‘zining 95 tezisi bilan doktor Martin Lyuter chiqdi. Rim papasini elchilari aytishicha, e’tikodli odam indulginsiyani sotib olish orkali, o‘zining a’rofatda bo‘lish muddatini qiskartiradi. Ushbu “indulginsiyalar to‘g‘risidagi bahs” Reformatsiyani boshlanishiga, ya’ni xristian ta’limotini o‘zgarishiga olib keldi. Kelgusida bu, Lyuter va uning tarafdorlari, ya’ni protestantlarni, katolik Cherkov va Rim papasidan uzoqlashishiga sabab bo‘ldi. Xozirda “Reformatsiya” so‘zi, aqlni O‘rta asrlardagi eskib ketgan urf-odatlar va fikrlash tarzi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida eslatib turadi. Haqikatda ham, Reformatsiya hayot tarzini ko‘plab sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Lekin demonologiya (shayton o‘rganuvchi fan) ular qatoriga kirmagan. Bu yerda Lyuter eski urf-odatlar tarafdori edi. Lekin ularni ba’zilari, masalan shayton bazmi va jodugarlarni kechki sayohatlari, unda shubha o‘yg‘otgan. Ammo SHayton bilan tuzilgan kelishuv va jodugarlarni kulfat keltirishiga u ishongan. U 1522 yilda yozishicha: ““Jodugar va sehrgarlar shayton avlodidir. Ular sutni qochiradi, ob-havoni aynitadi, odamlarga ko‘z tegdiradi, oyoqlarni kuvvatini ketkizadi, belanchakdagi bolalarni qiynashadi..., shaytonni hiylalari ko‘p”. Lyuter, katolik bo‘lgan raqiblariga o‘hshab, jodugar va afsungarlarga nisbatan qat’iy jazo qo‘llash tarafdori edi. Xudda buni isboti sifatida, 1540 yili “Reformatsiyani poytaxti” Vittenbergda, bitta jodugar va uchta afsungarni yondirib yuborishgan. Lyuterni o‘limidan so‘ng, protestant yerlaridagi jodugarlarni quvg‘in qiluvchilar ham, katolik yerlaridagilar kabi katta vajohat bilan ish olib borishgan. Ayrim islohotchilar, jodugarlarni quvg‘in qilishni xukmdorlarni Xudo oldidagi muqqaddas burchi deb bilishgan. Shunday qilib, 1567-1582 yillarda lyuteranlar kurfyurstliklari Saksoniya va Pfalsda, Shuningdek Vyurtenberg knyazligida, “Karolina” moddalaridan ham shafkatsizlirok bo‘lgan jodugarlikga qarshi qonunlar qabul qilingan. Bularning barchasi jodugarlarga qarshi sud jarayonlarini bayonnomalarida aks etgan.
Bir din e’tikodi a’zolari, boshqa din e’tiqodi a’zolariga karaganda jodugarlarni quvg‘in qilishda shafkatsizroq bo‘lgan deb bo‘lmaydi, chunki hamma ish aslida barcha dinga befark, zavol topgan insonlarni shaxsiy munosabatida bo‘lgan. Bunday ta’sirni, Bambergli episkop Gotfrid Iogann Georgga, Leypsig universitetini professori Benedikt Karpsov ko‘rsatgan. Nima bo‘lsada, Shunday ta’surot paydo bo‘ladiki, qurbonlar soni va uzoq davom etganlik bo‘yicha, quvg‘inlar katolik yerlarda shafkatsizlirok bo‘lgan. Masalan, Trir yaqinidagi muqaddas Maksimin abbatligi qaramog‘idagi yigirma ikkita qishloqda, 1587 yildan 1594 yilgacha 368 ta jodugar qatl ettirilgan; ikkitasi umuman yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketgan, ikkitasida esa 1586 yilga kelib faqat ikkita ayol tirik qolgan. 1615-1635 yillar oralig‘ida Strasburgda 5000 jodugar qatl qilingan.

Xulosa

Ushbu bitiruv malakaviy ishiga yakun yasab kuyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin::


1. XV asrning uchinchi choragi - XVI asrning birinchi yarmida Germaniyada, demografik ko‘tarilish va shaharga qishloqdan, asosan honavayron bo‘lgan, aholi ko‘chishi natijasida, shahar aholisini keskin ortishi kuzatiladi. Bu jarayonlar uy-joy muammosini sezilarli darajada keskinlashtirib, shaharda ijarachi yoki “sig‘indi” kabi yashovchilar qatlamini paydo qildi.
2. Jodugarlarga qarshi sud jarayonlar, inqiroziy hodisalar (hosilsizlik, urushlar, vabo va tanosil epidemiyalari) bilan zich ravishda, to‘lqin kabi tarqalgan. Ular esa odamlarni tushkunlikga uchratib, hodisalarni sirli sabablarini izlash ishtiyoqini oshirardi. Tarixchilarni fikricha, XVI asrni ohirlarida sud jarayonlarni ortishini sababi, demografik va iqtisodiy inqirozlar bo‘lgan. Aholi sonini ortishi va bu yuz yillikdagi ob-havoni uzoq vaqt yomonlashuvi, shu orada amerika mustamlakalardan kumush kelishini ko‘payishi bilan birgalikda, narxlarni revolyusiyasi, ochlik va ijtimoiy keskinlikni ortishiga olib keldi.
3. Jodugarlik vasvasasi markazi bo‘lgan Germaniyada, bu qo‘vg‘in o‘n minglab kishilarni hayotini olib ketgan. 1532 yildagi Karolin to‘plamiga kirgan, jodugarlikga qarshi qonunlar, qiynoqlar va o‘lim jazosini nazarda tutgan, eng tarqalgan qatl turi esa tiriklayin yondirib yuborish bo‘lgan. Ommaviy sud jarayonlari bu yerda XVI asrning ikkinchi yarmida, Reformatsiya va O‘ttiz yillik urush ta’siri ostida boshlangan, jodugarlik ustidan oxirgi xukm esa 1775 yilda chiqarilgan.
4. O‘rta asrlardagi mashhur asar “Jodugarlar to‘qmog‘i” XV asrning oxirida dominikanlik diniy mutaxassislar Ya.Shprenger va G.Institoris tomonidan yozilgan. Bu asar o‘zida inkvizitsiyani ko‘plab bid’atlar bilan kurash tajribalarini birlashtirgan bo‘lib, o‘sha vaqtning eng ahamiyatli hujjati bo‘lgan. Kitobni mundarijasi shuni yana bir bor isbotlaydiki, Yevropa va Lotin Amerikadagi barcha totalitar tuzumlarni negizi Cherkov ko‘ksida. Yo‘q qilingan jodugarlar soni bo‘yicha protestantlar katoliklardan qolishmagan, ammo protestantlarda u ko‘proq kutilmagan tarzda bo‘lgan. Katoliklarda Cherkov dushmanlarini yo‘q qilish uchun mahsus tashkilot – inkvizitsiya tashkil qilingan, kurashni o‘ziga esa ilmiy asos berilgan (“Jodugarlar to‘qmog‘i”dan ilgariroq uncha mashhur bo‘lmagan “Bid’atchilar to‘qmog‘i” va “Yahudiylar to‘qmog‘i” asarlari chiqqan). Ayblanuvchi o‘z aybini tan olganidan so‘nggina, Cherkov unga o‘lim jazosi chiqarishi mumkin bo‘lgan. Aklga sig‘dirib bo‘lmas ayblarda ayblanuvchini tan oldirish juda kiyin bo‘lgan. Shuning uchun muallif jodugarlarni so‘roq va qiynoq qilish usullari haqida batafsil yozib o‘tgan. Shunisi qiziqarliki, sudya, jodugar ko‘rsatma berishi uchun unga ozodlik va’da qilishi mumkin bo‘lgan, va kerakli ko‘rsatmalarni olib bo‘lganidan so‘ng, ishni uni bemalol gulxanga jo‘natgan boshqa sudyaga topshirgan. Mualliflar, jodugarlar turlari va ular sodir qiladigan jinoyatlarni batafsil ta’riflab beradi. “Jodugarlar to‘qmog‘i” uzoq yillarga butun Yevropa inkvizitorlari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib qoldi.
5. Bu kitob o‘rta asrlar fikrlash tarzini yaxshi tavsiflab beradi. Albatta, bu kitobdagi keltirilgan dalillar, hozirgi kitobxonlar uchun kulgili bo‘lib tuilishi mumkin, faqat agar ular kitob kaysi davrda yozilganini eslay olmasa. Bu kitob, o‘sha zamonning yuridik nuktai nazar tomonidan jodugarlarni nima qilish kerakligi, ularni nayranglari, turlari, nimaga qodirligi va boshqalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot bergan.
6. Jodugarlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlar o‘zining o‘ta shafkatsizligi ajralib, XV – XVI asrlarda Germaniyani iqtisodiy va madaniy inqirozga olib keldi.
Hulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jodugar va afsungarlarni quvg‘in qilish, asosan halq madaniyatida chuqur va uzoq vaqtgacha o‘rnashib olgan, majusiylik qoldiqlarini quvg‘in qilish bo‘lgan. Bu quvg‘in xukmronlik qilayotgan Cherkov tomonidan barcha joylarda va aniq bir maqsadni ko‘zlab o‘tkazilgan. Majusiylik vaqtida qohinlar rolini o‘ynagan afsungarlar, xristianlarni dunyoqarashida, shayton bilan aloqador bo‘lgan chehralarga ega bo‘lgan. XVI-XVII asrlarda Yevropa jamiyatini qamrab olgan ins-jinslar oldidagi ko‘rkuv, va davlat tomonidan nazoratga olinmagan katolik Cherkovini faoliyati, shunga olib keldiki, butun Yevropa xududida, sanoqsiz ravishda jodugarlar yondirilgan gulhanlar o‘t olishiga olib keldi.


Download 60,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish