O‘rta asrlardagi jodugarlar ustidan sud jarayonlar, hozirgi kunda ham olimlar va tarix faniga qizikuvchilarni aqlini hayajonga solmoqda


O‘rta asrlarda Germaniyada xalq tasavvurida va Cherkov



Download 60,27 Kb.
bet3/5
Sana09.07.2022
Hajmi60,27 Kb.
#766322
1   2   3   4   5
Bog'liq
ODILOVA MUMTOZA

O‘rta asrlarda Germaniyada xalq tasavvurida va Cherkov

yilnomalarida jodugarlar qiyofasi.
Jodugar qiyofasini tasvirlab berishdan oldin, O‘rta asrlardagi jodugarlik tushunchasini aniqlashimiz kerak. Jodugarlikka ishonch ko‘p ma’noga ega bo‘lib, uning alohida tushunchasi yo‘q, chunki bu so‘z turli madaniyatlarda va tarixning turli davrlarida har-hil tushunchaga ega bo‘lgan. Bu atama ham ijobiy, ham salbiy ma’noga ega bo‘lgan. Umumiy qilib aytganda – bu sehrgarlik, duolar va ruhlarni chaqirish yo‘li bilan bajaraladigan, g‘ayritabiiy kuchlarni afsun bilan boshqarishlik. Duolar yahshilik maqsadida ham, yomonlik maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Afsun va sehrgarlik tarixgacha ham tabiat kuchlari ustudan nazorat o‘rnatish va kunlik hayotni yahshilashda qo‘llanilgan. Lekin ko‘p uyushmalarda, jodugarlikka sexrgarlikni salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turi sifatida qaralgan. Antropologlar jodugarlikni tug‘ma tuhfa - yovuz kuchlarni ko‘llash, psixik ta’sir ko‘rsatish qobiliyati, zaruriyatsiz ma’rosim va duolarga murojaat qilish sifatida ta’riflashgan. Bu ta’rifni ayrim qabilaviy jamoalarga qo‘llasa bo‘ladi, ammo g‘arbiy jodugarlikda biz asosan sehr-jodu bilan ish olib boramiz. Jodugarlik Shuningdek - ko‘zga ko‘rinmaslik, qiyofasini o‘zgartirish, uchish qobiliyati, masofadan o‘ldirish qobiliyati, kelajakni ko‘rish va astral himoya singari g‘ayritabiiy qobiliyatlarni qo‘llashdi nazarda tutadi. Renessans (Uyg‘onish) davrida jodugarlikni qora magiya, bid’at va shaytonga sajda qilish sifatida ta’riflashgan. Yovuzlik va shayton tasavvuri G‘arbni zamonaviy madaniyatida ham bor. G‘arbda jodugarlikni tiklanishi uchun kurashchilar unga, xristianlik yoki shayton bilan xech qanday aloqasi yo‘q, shoxli xudoga sig‘inish degan yangi majusiylik dini sifatida ta’rif berishgan. Bundan tashqari yangi majusiylik dini, magiyani faqat yaxshilik yo‘lida ko‘llanishiga ruxsat beradi. Jodugarlikni asosiy ma’nosi duolar o‘kishdan iborat. Bu odatda, odamlarga yovuzlikni oldini olish va g‘am-qayg‘ulardan o‘zini olib qochishga imkon beradigan muhim ijtimoiy vazifani bajarsada, jamoatchilikda qo‘rquv va ishonchsizlikni o‘yg‘otardi. XIII asrdan boshlab, Xristian Cherkovi bid’atchilarga (yeretiklar) qarshi kurashni boshlab yubordi, birato‘la XV asrni o‘rtalaridan jodugarlarga ham tashlandi. Ikki yarim asr davomida jodugarlarni shaytonni izdoshchilari sifatida, bid’atchilar kabi ta’kib etishgan va qatl qilishgan. Jodugarlikni quvg‘in qilish kampaniya(tadbir)larning ko‘pchiligi ham katolik, ham protestant Cherkovlari tomonidan o‘tkazilgan.
Bugungi tarixchilarning ko‘pchiligi jodugarlikda ayblanib qatl qilinganlar sonini 150 000 dan 200 000 gacha bo‘lgan deb aytishadi, ulardan 100 000ga yaqini Germaniya xududiga to‘g‘ri keladi1.
Endi jodugar so‘zining ma’nosini ko‘rib chiqaylik. “Jodugar” deganda, odatda sochlari taralmagan, ko‘p tishi yo‘q va o‘tkir nigohga ega, atrofida mushuk va boshqa xayvonlar bor xunuk bir kampir (ba’zida chiroyli ayol qiyofasiga ham kira oladigan) tushuniladi. YOvuz kuchlar yordamida u ko‘shnilariga ziyon etkazadi, odamlarga kasalliklar va o‘lim yuboradi, mollarni sutini qochiradi, ob-havoni buzadi, damlamalar tayorlaydi, kechkurunlari esa supurgi yoki echkiga minib jodugarlar yig‘ilishi yoki shaytonlarni bazmlariga uchib boradi. Bunday obraz qisman Yevropa folkloriga, qisman esa yangi davr jin o‘rganuvchilarning (demonolog) ijodiga tegishli hisoblanadi. XV–XVI asrning ko‘plab rasm va gravyuralarida bir-hil syujet ta’svirlangan: atrofi sehrgarlik kitoblari, kalla suyaklar, ilonlar va baqalar bilan o‘ralgan yosh va qari yalong‘och ayollar, o‘zlarining yoqimsiz damlamasini qaynatishyotgan, yoki echki, it va supurgilarda o‘zlarining kechki yig‘ilishlariga uchib ketayotgan tarzda tasvirlangan.
Jodugarlar yig‘ilishlari xaqidagi ma’lumotlar birinchi marta IX asrlarda tilga olingan. U go‘yoki Ankvirda o‘tkazilgan diniy yig‘ilish qaroriga kiritilgan bo‘lgan; ammo gap shundaki, bu yig‘ilish haqida xech qanday ma’lumot qoldirilmagan, Shuning uchun ushbu qaror muallifi nomalum bo‘lib qolavergan. Lekin bu qaror o‘ziga hos jihatlarga ega. Unda aytilishicha, ba’zi ayollar, iblisning turli nayranglari bilan aldanib, kechkurunlari turli hayvonlarda Diana bilan birga, u boshlagan yo‘l orqali uzoq masofalarni uchib o‘tishgan. Agar bu kechki sayohatlar to‘g‘risida ular faqat o‘zlarigina bilishganda, bu muammo bo‘lmasdi, chunki ular faqat o‘zlarini jonini qurbon qilgan bo‘lardi, lekin ular bu to‘g‘risida boshqalarga ham aytib berishgan, va halq ham bu sayohatlarga ishongan. Shuning uchun o‘g‘itlarda, ruhoniylar bunga etibor qaratib, odamlarga buning barchasi safsata, shaytonning betavfiq ayollarga qilgan nayrangi, bunday sayohatlar sodir bo‘lmagan, bularning barchasi faqat tush deb targ‘ibot qilishlari tavsiya qilingan.
Shunday qilib bu qaror, jodugarlar va ularning yig‘ilishlariga ishonch halqda XV asrgacha ham bo‘lganligiga, lekin dastavval, keyinchalik singari ommaviy tarqalganmaganligini ko‘rsatadi. Bu e’tiqodni tarqalmaganligini sababi, ruhoniy va yuqori tabaqadagilar yuqorida keltirilgan qarordan ko‘rinib turganiday, bu safsatalarga ishonishmagan, Shuning uchun ularni ta’qib qilishmasdan, halqni ko‘z ongida ularga mamnun ne’mati sifatida jozibadorlik berishmagan. Jodugarlikga nisbatan bunday ehtiyotkor munosabat XV asr yozuvchilarida ham uchrab turadi, ammo bu yerda u qoida emas, balki istisno edi, chunki ko‘p sonli jodugarlar ustidan o‘tkazilayotgan sud jarayonlari tufayli, ularning kechki sayohat va shayton bilan bo‘lgan bazmlari Shunday batafsillik bilan tasvirlangan ediki, jodugarlikga ashaddiy ishonmaydiganlar ham bunga shubha qilmay qo‘ygan. Kechki sayohatlar bo‘lmagan degan “illyuziya”, aniqrog‘i shayton vasvasasi nazariyasi, ko‘p bo‘lmagan tarafdorlariga ega bo‘lsada, keskin o‘zgargan edi. Endi kuyidagicha izohlanardi: jodugarni tanasi shayton bazmlarga aniq uchib bormaydi, lekin jodugar o‘z tanasini maxsus sehrli malham bilan surtib olganidan so‘ng, shayton uni jonini o‘zining bazmiga olib ketgan. Demak, jodugar to‘laligicha bo‘lmasada shaxsan va bevosita bazmda qatnashgan; bu vaqtda uning tanasi esa behush holda bo‘ladi, shayton esa Shunday qiladiki uni xech kim ko‘rmaydi. Bazm tugaganidan so‘ng esa, shayton jodugarni jonini tanasiga qaytarib olib keladi, va jodugar bazmda bo‘lganligi va sayohatni barcha tafsilotlarini eslab qoladi.
Jodugarlarning qudrati, halqda ularga nisbatan qo‘rkuv va titroq o‘yg‘otishga etarli edi. Ammo har bir jodugarni boshqa jodugardan farqi bo‘lgan. Shayton o‘rganuvchi olim Shprenger ularni uch guruhga ajratgan: birinchidan, ularning ichida shunaqalari bo‘lganki, ular odamlarga yomonlik qilgan, ammo uni to‘g‘rilay ololmagan; ikkinchidan, yomonlikni to‘g‘rilay olgan, lekin yomonlik qilay olmaydiganlar; uchinchidan, yomonlik qila oladigan va uni to‘g‘rilay oladiganlar bo‘lgan. Ularning ichida eng havflisi bu uchuvchilar bo‘lgan, chunki (Shprengerni aytishicha), ular xudoni qahrini qanchalik ko‘proq chiqarsa, iblis ularga shunchalik ko‘p kuch va kudrat bergan. Agar bolalar cho‘qintirilgan bo‘lsa ularni o‘ldirib eganlar, agar cho‘qintirilmagan chaqalok qo‘liga tushib qolsa, ularni shaytonga qurbonlikka keltirishgan. Bunday chaqaloqlarni qoni, bazmlarga uchib borish uchun sehrli malham tayorlashda ham ishlatilgan. Bunday jodugarlarga, og‘ir oyoq xotinda bolasini tushib ketishi yoki emiziklik xotinlarni sutini qochirib yuborishi uchun, qo‘lini tekkizish kifoya edi. Jodugar to‘fon chaqirishi mumkin. Buning xar-hil usullari bor. Masalan, jodugar biron bir tayoqchani olib (unga shayton tomonidan bazmda berilgan) va uni suvga solib aylantira boshlaydi, natijada bo‘ron boshlanadi; yoki bir hovuch mayda tosh olib uni elkasidan orqasiga tashlaydi; yoki barmog‘ini biror bir qo‘lmakda aylantira boshlaydi. Bunday usullarni barchasi yordamida, butun bir viloyatlardagi bog‘lar, polizlar, dalalardagi hosil yo‘q qilinadigan bo‘ron, jala va do‘llar chaqiriladi. Dala va bog‘larga turli kurt-kumisqalarni tushishini ham jodugarlarni ishi deb hisoblangan. Ular ayol va erkaklarda bepushtlikni kelib chiargan. Shuningdek jodugarlarni faoliyat doirasiga sevgini o‘yg‘otish va so‘ndirish, o‘limga olib keluvchi kasalliklarni chaqirish, odamlarni chaqmoq bilan urish, ba’zida esa oddiy nigoh bilan ularni xayvonlarga alantirib ko‘yish va folbinlik ham kirgan. Turli hil sehrli kuknlarni tayyorlashni bilib, ular u bilan yaylov-o‘tloqlarga sepib chiqqan va hayvonlarni o‘limiga sabab bo‘lgan. Bularning barchasi jodugarlik bo‘yicha tergov ishlari olib borish uchun ko‘llanmalarda batafsil yozib chiqilgan. Jodugar, turli qiynoqlarga solinganidan so‘ng, so‘rayotganga unga kerakli javoblarni berishga tayyor bo‘lgan. Mana Shunday yo‘llar bilan, jodugarlarni turlicha faoliyati yuzasidan faktlar to‘plangan. Hozirgi kunda jodugarlarni yovuzliklari to‘g‘risidagi tafsilotlar kulgu o‘yg‘otishi mumkin, lekin biz unutmasligimiz kerakki, bu kabi sud jarayonlari sababli hozirgi kunga qadar aniq sanab bo‘lmaydigan ko‘p sonli qurbonlar gulxanlarda yokib yuborilgan1.
Jodugarlar orasida doyalar (bolalarni tug‘ilishida yordam beradigan ayol) bo‘lgan, aynan ular bu sohada faoliyat olib borishgan. Bazelda tutib olingan, keyinchalik yoqib yuborilgan, bunday jodugar-akusher ayollardan biri shunga iqror bo‘lganki, u qirqta yangi tug‘ilgan chaqaloqni liqildog‘iga(bosh qismidagi yumshoq joyiga) nina sanchib o‘ldirgan. Boshqa jodugar Strasburgda yoqib yuborilgan, u o‘zining qurbonlarini sanog‘ini ham yo‘qotib qo‘ygan. Agar jodugar-doyalar bolani o‘ldirmasa, iblis bilan bo‘lgan shartnoma bo‘yicha bolalarni unga bag‘ishlash kerak bo‘lgan. Inkvizitorlar bor kuchini, bolani iblisga bag‘ishlash bu marosimi qanday o‘tkazilishni bilishga sarflashgan, biroq aniq bir javob olaolmagan. Ammo bu bag‘ishlanish nimalarga olib kelishini aniqlashgan. Shaytonga bag‘ishlangan bolalar, biror bir g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lardi, va katta bo‘lgandan so‘ng kamdan kam hollarda jodugar yoki afsungarga aylanmasdi. Ona-jodugarlar o‘z farzandlarini, ayniqsa qizlarini, albatda iblisga bag‘ishlashgan. Bunday qizlar barchani hayratiga, to‘fon va yomg‘irlarni chaqira va to‘xtata olishga, odamlarni sehrlashga, xullas jodugarlar qila oladigan narsalarni ko‘pini qilishga qodir bo‘lgan. Bunday voyaga etmagan jodugarlar haqida xikoyalar, o‘rta asrlardagi jodugarlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlarini, xususan Germaniyadagi ko‘p sonli xronikalarida uchraydi. XV-XVI asrlarda jodugar-doyalar shunchalik ko‘p ediki, kamdan-kam qishloq bunday havfli ayolga ega bo‘lmagan.
XV–XVII asr teologlari asarlaridagi jodugar qiyofasi qadimdan qolgan meros asosida shakllangan – yovuz suyuqoyoq ayol qiyofasida tavrotga oid Lilit, antik xudosi Dianani, Odisseyning yo‘ldoshlarini cho‘chqaga aylantirgan Sirseyani, Medeyani va Vergiliy va Goratsiyni ayol personajlarini xususiyatlari ko‘rinadi. Bu qiyofaga qo‘shimcha bo‘lib jodugarning g‘ayritabiiy qobiliyatlarining yangicha ta’riflanishi bo‘ldi. Ba’zi bir odamlar g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega haqidagi g‘oya, yer yuzidagi barcha halqlarida mavjud. Lekin kechki o‘rta asrlar Yevropasida, bu qobiliyatlar iblis bilan bog‘langan, jodugar o‘z qobiliyatlarini shaytondan o‘zining mangu jonini sotish orqali olgan deb hisoblanardi. Natijada jodugarni tanasida “iblis belgisi” paydo bo‘lgan – og‘riq sezmaydigan qo‘zga tashlanmas dog‘ bo‘lgan. Bu dog‘ni izlab topish, jodugarlar ustidan sud jarayonlardagi tergov ishlari vaqtidagi odatiy holga aylandi. Boshqa “imtihonlardan” biri bu suvda sinash edi, taxmin bo‘yicha qo‘li bog‘langan jodugar, unga uyidagi jinlar va shayton yordam berganligi uchun suvda cho‘kmagan. So‘roqlardagi barqarorlik va yovuzliklarni tan olmaslik ham odamga hos bo‘lmagan notabiiy kuch ko‘rsatkichi deb hisolangan1.
Yevropalik dehqonlarni tasavvurida jodugar qiyofasi biroz boshqacharoq edi – bu albatda ayol kishi bo‘lmagan, asosiysi jinsi emas, uning tashqi qo‘rinishi va fe’l-atvori bo‘lgan. Tana nuqsoni bor, yolg‘iz, odamovi, jahldor va janjalkash, axloq normalariga beparvo yoki to‘satdan boyib ketgan odamlar jodugar yoki sehrgar obro‘sini qozonish xavfi ostida bo‘lgan. Ularni qahrini keltirmaslik uchun, ular bilan chiqishib yashashga va muloyim munosabatda bo‘lishga harakat qilishgan. Ammo biror qor-hol bo‘lishi bilan jodugarga do‘q qilishgan, duoni qaytarishga majburlashgan, hatto urib, qon chiqquncha timtalashgan (bu afsunni qaytarishga yordam beradi deb hisoblashgan). SHayton bilan aloqa yoki kechki sayohatlar emas, balki aynan jodugarni yovuzliklaridan, maleficia deb atalmish sehrli duolaridan qo‘proq qo‘rqishardi2.
Butun jamiyat uchun havfli yashirin dushman sifatidagi jodugar qiyofasi, tarqalgan stereotipga qarshi katolik Cherkovga emas, balki protestant jamoalarga, ularni g‘oyaviy tozalik uchun kurashi va biroz bo‘lsada joduni eslatadigan barcha narsani rad qilishi bilan, xos edi. Katolik Cherkov qishloq tabiblariga tinch munosabatda bo‘lib, u iblisni va uning xizmatkorlari mavjudligiga, shu orqali xristianlikka doir bo‘lgan tasavvurlarni moslashtirgan. Katolitsizmni o‘zida ham ko‘p sehr va butxona xori bo‘lgan, ular ibodatxonaga qatnaydiganlarga tez tuzalib ketish va jodugarlardan himoyalanish uchun turli hil sehrli vositalar taklif qilishgan. Reformatsiya bu barcha vositalarni va boshqacha fikrlovchilarga, na papa tarafdorlari, na jodugarlarga nisbatan tinchlikni man qildi. Inkvizitsiya jodugarlarni sehr-jodu uchun emas, balki bid’at – shayton bilan kelishuv va unga hizmat qilganliklari uchun gulhanda yoqishgan, protestantlar esa bunga nisbatan qat’iyroq bo‘lgan.


  1. Download 60,27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish