Buyuk geografik kashfiyotlar —15—17-asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr oʻrtalari — 16-asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin.
Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan.
B.g .k. 1yuz yillik davrining muhim voqealari . 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 1492-94 yillarda X. Kolumb Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.larini kashf qildi; 1497—99 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Jan. Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502 yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Jan. Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy (Braziliya) qirgʻogʻini va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar.
1513—25 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V. Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan ya.o.larini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Jan. Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar.
1519—22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar.
1526—52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Jan. Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar.
Fransuz dengizchilari J. Verratsano (1524), J. Kartye (1534-35) Shim. Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi togʻlarining jan.ni va Qoyali togʻlarning jan.ni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini oʻrgandilar (1540—42).
B.g .k. 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—84) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639 yil I. Moskvitin).
17-asr oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594 yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596 yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631 yillarda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606 yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606—44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.
Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari boʻylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Fargʻona vodiysining Koson shahriga kelgan, soʻngra Qizilqumdan oʻtib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Singin togʻlaridan oʻtib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan (15 ming km yoʻl bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil (629—645) davomida Chjan Syan yoʻlidan yurib, Balx shahrigacha borgan, soʻng Hindukush togʻlaridan oshib, Haybar darasidan oʻtib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni oʻrgangan, Panjobdan Bengaliyagacha boʻlgan yerlarni kezgan, soʻngra Amudaryo boʻyiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz boʻylab sayohatga chiqqan. Sumatra o.ga borgan, soʻng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va koʻrganlarini batafsil yozib qoldirgan.
9—10-asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, Oʻrta Osiyoning buyuk togʻlari, Shim. va Jan. Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya o.lari, Afrika, Madagaskar o. haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishgan. Faqat Yevrosiyoning shim. ularga uncha aniq emas edi. 10-asrning birinchi yarmida arab sayyohi, olim Masʼudiy butun Gʻarbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shim. Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava o. va Xitoyda ham boʻlgan degan maʼlumotlar bor. 13-asr boshida arab geografi va sayyohi Yoqut Hamaviy Oʻrta dengiz, Fors qoʻltigʻi, Eron togʻligi va Turkistonda boʻlgan. Yoqut Hamaviy "Mamlakatlar lugʻati"ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325 yil Iskandariyaga kelgan, soʻngra Nil daryosi boʻylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya (Shom), Kichik Osiyo ya. o., Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, soʻng Zanjibar o. orqali Hoʻrmuz boʻgʻoziga kelgan, Bahrayn o.laridan oʻtib, Jan. Eronda boʻlgan, u yerdan Misrga qaytgan. Soʻngra Suriya va Kichik Osiyo ya. o. orqali Kora dengiz boʻyiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin Oʻrda poytaxti Saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga oʻtgan. Jan.ga burilib Amudaryodan oʻtgan, Hindukush togʻlaridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342 yil Xitoyga bora turib Jan. Hindiston, Shri Lanka, Maldiv o.lariga oʻtgan, undan Xitoyga, Tayvan o.ga borib, 1349 yil vataniga qaytgan. Soʻng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi oʻrta oqimiga, Air, Axaggar togʻliklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi boʻlib (quruqlikda va suvda) 130 ming km yoʻl bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim maʼlumotlar qoldirgan.
Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo haritasini tuzdi, Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magʻrib shahriga, jan.da Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (14—15-asrlar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—20 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin.
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
XV
asming o ‘rtalariga qadar Yer sharining Yevropa, Markaziy va
Janubiy Osiyodagi ba’zi hududlaridan tashqari ko‘pgina qismi yevro-
paliklarga hali noma’lum edi. Ulaming aksariyati XVII asr o ‘rtalariga
qadar dengizda suzishning rivojlanishi tufayli amalga oshirilgan sayo-
hatlar natijasida kashf etilgan, Bunday sayohatlar dunyo taraqqiyoti
sur’atlarining keskin tezlashishiga olib keldi, albatta. Ulami geografiya
tarixiga oid ilmiy adabiyotlarda haqli ravishda “buyuk geografik
kashfiyotlar davri” deb atash qabul qilingan,
Mutaxassislaming fikricha, buyuk geografik kashfiyotlaming
amalga oshirilishida XV asr o ‘rtalarida Yevropa mamlakatlarida vu-
judga kelgan tarixiy-iqtisodiy sharoit muhim rol o ‘ynagan. Chunki
28
bu vaqtga kelib, Yevropada mahsulot ishlab chiqarish hajmi keskin
ko‘paygan va turli tabiiy resurslarga, jumladan, qimmatbaho metal-
larga bo‘lgan ehtiyoj oshgan. Bu esa, o‘z navbatida, yangi yerlami
qidirib topish va ulardagi mavjud tabiiy boyliklami Yevropaga kelti-
rish uchun qulay dengiz yo‘llarini kashf etishga intilishning kucha-
yishiga olib keladi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrini mutaxassislar shartli ravish-
da uchga bo‘lishadi:
XV asr oxiri - XVI asr o ‘rtalari;
XVI asming ikkinchi yarmi - XVII asr o‘rtalarigacha;
XVII asming ikkinchi yarmi - XVIII asrlarda amalga oshirilgan geografik
kashfiyotlar.
Birinchi davrda Amerika qit’asini o ‘rganish, Yevropadan Hindistonga dengiz
yo‘lini ochish va Yer shari bo‘ylab aylanma sayohat- lar amalga oshirilgan bo‘lsaikkinchi davr esa Shimoliy va Sharqiy Osiyo, Arktika, Tinch okean hamda
Avstraliya va Yangi Zelandiya- ga uyushtirilgan sayohatlami o ‘z ichiga oladi.
Uchinchi davrda esa Avstraliya kengroq tadqiq etilgan, Tinch okeanning turli
qismlari chuqur o ‘rganilgan.
Birinchi davrda amalga oshirilgan asosiy sayohatlar sifatida quyidagilami sanab
o’tish mumkin: XV asming 80yillarida portugal dengizchilari, jumladan Bartolomeu Diash birinchi bo‘lib Afrikaning g ‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarini o ‘rganib
chiqishgan va Atlantika okeanidan Hind okeaniga bo‘lgan dengiz yo‘lini aniqlashga.
1492-1494-yillarda X.Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi to-
monidan Bagama, Katta va Kichik Antil orollarining kashf etilishi yevropaliklaming Amerikaga intilishini kuchaytirgan bo‘Isa, 1497-1499 yillar davomida portugal sayyohi Vasko da Gama tomonidan arab yo‘lboshlovchilari yordamida uyushtirilgan sayohat Yevropadan Hindistonga dengiz yo‘lining
kashf etilishi va shu orqali yevropaliklaming Osiyo mamlakatlari bilan bo‘lgan savdo aloqalarini kengaytirishiga olib kelgan.
1498-1502-yillarda X.Kolumb, A.Vespuchchi va A.Oxeda kabi
ispan va portugal sayyohlari Janubiy Amerikaning shimoliy va Bra-
ziliya yonidagi qirg‘oqlarini ochishgan. Shunisi qiziqarliki, Atlantika
okeanidan Tinch okeanga o ‘tish mumkin b oigan X.Kolumb topa ol-
magan Panama bo'ynidagi eng qisqa yo‘l 1513-1525-yillarda ispan
sayyohi V.Nunye de Bilbao tomonidan kashf etilgan. Bu kashfiyot
butun Janubiy va Markaziy Amerikaning turli tomondan tadqiq etilishiga turtki berdi.
0 ‘rta asrlargacha mavjud bo‘lgan Yeming sharsimonligi haqida-
gi g ‘oya va taxminlar 1519-1522-yillarda portugal sayyohi Feman
Magellan tomonidan birinchilardan bo‘lib, Yer shari bo ‘ у lab amalga
oshirilgan aylanma sayohat natijasida o‘z isbotini topdi. Shundan
so‘ng bir qator ispan sayyohlari 1526-1552-yillarda Janubiy Ameri
kaning Tinch okean qirg‘oqlari, And tog‘lari, Orinoko va
Amazonka daryolarining quyilishi joylarini kashf etishgan. Shimoliy Amerika
ning sharqiy qirg‘oqlari fransuz sayyohlari J.Verratsano (1524) va J.Kartye (1534-1535), ingliz sayyohi J.Kabot (1494), ushbu materikdagi Appalachi tog‘lari, Kolorado va Missisipi daiyolari vodiylari ispan sayyohlari E.Soto va F.Koronado tomonidan 1540-1542-yillarda o‘rganilgan.
Buyuk geografik kadshfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o`rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi.
Georafik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma`lum bo`lgan yangi yerlarning qidirib topilishi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo`lishdi.
Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristafor Kolumb(1451-1506) edi.
U o`z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo`l ochishni maqsad qilib qo`ydi.
Italiyalik olim P.Taskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta`limotdan kelib chiqib,dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Bu xaritada Osiyo qit`asi qirg`oqlari Atlantika okeanining g`arbiy sohillarida ekanligi belgilangan
edi.
Shu tufayli P.Toskanelli Yevropa qit’alaridan G’arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin, deb ishonardi.
Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, kapital jamg’arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg’usi eng dadil rejalarni ham amalga oshiradigan qilib qo’ydi.
Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi savdi yo`li topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo`yadi.1492-yilda X.Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo`li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvvafaq bo`ladi.
X.Kolumb 1492-yilda 6-avgust kuni 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyani boshlaydi. X.Kolumb ekspeditsiyasi 12-oktabr kuni Amerika qit`asidagi San-Salvador oroliga kelib tushadi.
Shu tariqa Hindistonga olib boradiga suv yo`lini ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keladi.
Biroq X.Kolumb 1492-yilda Hindistonga emas,Amerikaga kelib qolganini anglamagan.
X.Kolumb Hindistonga 4 marta ekspeditsiya uyushtirgan.Bu ekspeditsiyalar natijasida juda katta hududlar va u yerlarda Ispaniya bayrog`i hilpiray boshlaydi.
X.Kolumb bu yerlarning vitse-qiroli etib tayinlangan. Yangi qit`aning Kolumbiya deb emas Amerika deb nomlanishi Italiya dengizchisi va astranomi Amerigo Vispuchchi (1454-1512)nomi bilan bog`liq. Amerigo Vispuchchi Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan.U 1499-1501-yillarda Portugaliyalik ekspeditsiya tarkibida Braziliya qirg`oqlarini tadqiq etdi. 1507-yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit`ani Amerigo Vispuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan.
1515-yilda Yangi dunyo “Amerika” deb atalgan deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratiladi.
1569-yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar “Amerika” deb yoziladigan bo`ldi.
Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo`li 1498-yilda kashf etilgan. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi vasko da Gama amalga oshirgan. 1519-yilda yana bir portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit`asini aylanib o`tib,Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |